UO‘
К
616.8-091(075)
К
B
К
52.5
я
722
ISBN 978-9943-13-318-1
ISBN 978-9943-13-463-8
ISBN 978-9943-13-515-4
© «IQTISOD-MOLIYA», 2012
© «IQTISOD-MOLIYA», 2013
© «
Fan va texnologiya
», 201
6
UO‘
К
616.8-091(075)
К
B
К
52.5
я
722
A
98
3
KIRISH
Anatomiya, fiziologiya va patalogiya tibbiyot xodimlarini na-
zariy va amaliy tomondan tayyorlovchi asosiy fanlardan biri bo‘lib
hisoblanadi. Odam anatomiya si – odam organizmining taroqqiyo-
ti, shakli va tuzilishini o‘rganadi. Bun da, yoshga qarab o‘zgarish,
jinsiy va shaxsiy o‘zgarishlarni hisob ga olish kerak. Bolalik, ba-
log‘at, hatto, o‘smirlik davr larida ham a’zolar o‘sib, to‘ qima ele-
mentlari ta komillashayotgan bo‘ladi. Kattalarda ham yashash sha-
roiti va tash qi muhit ta’siriga mos ravishda a’zolarda o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi. Odam organizmi bir butun tizim bo‘lib, unung bar-
cha qism lari o‘zaro va tashqi muhit bilan bog‘langan.
Odam organizmining tuzilishini, unung alohida a’zolarining
qism lari, shakli, ko‘rinishi va ularning o‘zaro munosabatini oddiy
ko‘z bilan
makroskopik anatomiya
o‘rganadi.
Mikroskopik anatomiya
esa a’zolarning nozik tuzilishini, tarki-
biy ele mentlarini mikroskop yordamida o‘rganadi.
Anatomiya fani rivojlanishining dastlabki davrlarida, o‘likni
yorgan vaqtda o‘rganilgan odam tanasi a’zolarini faqat tasvirlab
berilgani uchun
tasviriy anatomiya
termini paydo bo‘lgan.
Sistematik anatomiya
odam organizmini tizimlarga bo‘lib
(suyak, mushak, ovqat hazm qilish va boshqalar) o‘rgangani uchun
u
mo‘ tadil anatomiya
deb ham ataladi.
Topografik anatomiya odam gavdasini sohalar bo‘yicha, a’zo-
larning joylashishini, ularning o‘zaro va skelet bilan munosabati-
ni o‘rganadi.
Odam organizmining tug‘ilishgacha bo‘lgan davrdagi (prenatal
davr) rivojlanishi va o‘sishini embriologiya, tug‘ilgandan keyin gi
davr ni (post natal davr) yoshli anatomiya o‘rganadi.
Odam tanasi tuzilishini uning faoliyatiga bog‘lab o‘rganadigan
hozirgi davr anatomiyasi funksional anatomiya deb ataladi.
Gistologiya organizm to‘qimalarini ularning faoliyatiga bog‘lab,
moddalar almashinuvi va tarkibiy elementlarini to hujayra ichi tar-
kibigacha o‘zaro munosabatini o‘rganadi.
Fiziologiya bir butun tirik organizmni, uning a’zolarini, hu-
jayra va hujayraning tarkibiy elementlarini hayot faoliyati jara-
yonlarini, shuning dek, faoliyatlarning taroqqiyoti, ularning o‘z-
aro aloqasi va tashqi muhit ning turli sharoitlarida va organizm-
ning turli holatlaridagi faoliyatini o‘rganadi.
4
Fiziologiya umumiy va xususiy qismlarga bo‘linadi.
Umumiy
fiziologiya
barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan asosiy hayot
jarayonlarini, jonli materiyani atrof-muhit ta’siriga reaksiyalari-
ni umu miy qonuniyatlarini o‘rganadi. Umumiy fiziologiyaning
hujayra lar fiziologiyasini o‘rganadigan qismi – sitofiziologiya deb
ataladi. Har xil turlar organizmining taroqqiyotini yoki bir tur-
ning shaxsiy rivojla nish jarayoni xususiyatlarini
o‘rganuvchi fan –
qiyosiy fiziolo giya
ajrati ladi. Qiyosiy (evolyu tsion) fiziologiyaning
vazifasi ayrim tur lar shaxsiy fao liyatlari taroqqiyoti qonuniyatla-
rini o‘rganishdir.
Umumiy va qiyosiy fiziologiya bilan bir qatorda fiziologiya-
ning ayrim qismlari: mehnat, ovqatlanish, jismoniy mashqlar va
sport, yosh li fiziologiya bo‘limlari ham mavjud. Fiziologiya tib-
biyotning barcha mutaxassisliklari bilan yaqin bog‘langan bo‘lib,
uning yutuq lari o‘z navbatida fiziologik izlanishlar uchun material
yetkazib beruv chi tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Fiziologiya eksperimental fan. Fiziologik laboratoriyalarda fi-
zik, kim yoviy va texnik usullarning qo‘lanilishi organizmda bo‘lib
o‘tayot gan murakkab jarayonlar haqida ma’lumotlar olishga imkon
beradi. Fiziologik tajribalarning usullari turlicha. Ularga ta’sir-
lash, ekstrepatsiya, trans plantatsiya, biotoklarni ro‘yxatga olish,
denervatsiya va fistula usullari kiradi.
Patologiya
grekcha «pathos» – «kasallik», «logos» – «ilm» so‘zlari-
dan olingan bo‘lib, kasallikning asosini va kelib chiqishini o‘rganuv-
chi fan. Umumiy va xususiy patologiya tafovut qilinadi.
Umumiy patologiya kasallik va patologik jarayonlarni rivojla-
nish qonuniyatlarini: ularning sababi (etiologiya), mexaniz mi (pa-
to genez), kechishi va oqibatini o‘rganadi. Umumiy patologiya-
ni o‘rganish turli kasallikni rivojlanish qonuniyatlarini, ularning
irsiyat ga va immunitetning holatiga bog‘liqligini tushunishga asos
soladi.
Xususiy patologiya kasalliklar tasnifini, ayrim kasalliklarni
rivoj lanish qonuniyatlari, ularning asorati va oqibatini o‘rganadi.
Patologiya patologik fiziologiya va patologik anatomiyaga
bo‘li nadi. Patologik fiziologiya, fiziologik usullardan foydalan-
gan holda kasal organizmdagi funksional o‘zgarishlarni o‘rgana-
di, patologik jarayonlarning kelib chiqish, paydo bo‘lish, kechish
va oqibatlarining umumiy qonuniyatlarini belgilaydi.
Patologik fiziologiyaning usullari.
Butun organizmning, shu-
5
ning dek, uning ayrim tizimlari va a’zolari faoliyatining kasallik
holatida buzilishini kasal odamda o‘rganiladi. Klinik kuzatishlar,
a’zolar va tizimlar faoliyatini turli kasalliklar vaqtida tekshirish
har qaysi ka sallikka xos bo‘lgan funksional buzilishlarni belgilab
beradi.
Patologik anatomiya kasallik vaqtida va sog‘aygandan so‘ng or-
ga nizmda vujudga keluvchi to‘qima va a’zolar tuzilishining o‘zga-
rishlarini, shuningdek, kasallikning rivojlanish qonuniyatlarini
o‘rganadi.
Patologik fiziologiya va patologik anatomiyada yoshga aloqa dor
patologiya katta ahamiyatga ega, chunki u bir xil kasallikning ni-
ma uchun bolalarda, kattalarda va qariyalarda turlicha kechishi ni
aniq lashga yordam beradi. Patologiyaning bu qismiga so‘nggi bir-
necha o‘n yillar mobaynida ko‘p e’tibor berilmoqda. Qariyalar pa-
tologiyasi – gerontologiya maxsus fan sifatida ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: |