26
ra tanasi va dendritlarda joyla-
shadi. U hujayralarning funksio-
nal holatiga qarab o‘zgarib tura-
di. Haddan tashqari qo‘zg‘alish,
shikastlanish, kislorod yetishmo-
vchiligi bo‘lganida u parchala-
nadi va yo‘qoladi. Neyrofibrillar
hujayra tanasida to‘r hosil qilsa,
o‘siq larda tolalar yonida bir-bi-
riga parallel yotadi.
Neyrogliya turli shakl va ha-
jmdagi hujayralardan iborat bo‘-
lib, ikki guruhga: makrogliya
(gliositlar) va mikrogliyaga (glial
makrofaglar) bo‘linadi. Gliosit-
lar ichida ependimositlar, astro-
sitlar va oligodendrositlar tafovut
qilinadi. Ependimositlar orqa miya kanali va bosh miya qorincha-
larini qoplaydi.
А
strositlar markaziy nerv tizimining tayanch ap-
paratini hosil qiladi. Oligodendrositlar markaziy va periferik nerv
tizimi nerv hujayralari tanasini o‘rab, nerv tolalari pardasini hosil
qiladi va nerv oxirlari tarkibiga kiradi. Mikrogliya hujayralari yoki
glial makrofag lar harakatchan bo‘lib fagositoz qiladi.
Pardalar bilan o‘ralgan nerv hujayralarining o‘siqlari nerv to-
lalari deb ataladi. Nerv tolalarining pardalari neyrolemmositlar
yoki shvann hujayralaridan hosil bo‘ladi. Pardasining tuzilishiga
qarab mielinli va mielinsiz nervlar tafovut qilinadi. Biriktiruvchi
to‘qima bilan qoplangan mielinli va mielinsiz nerv tolalari dasta-
si nerv poyalari yoki nervlarni hosil qiladi. Nervlarni o‘ragan bi-
riktiruvchi to‘qima epinevriy, nerv dastalarini o‘ragani – peri-
nevriy, alohida nerv tolasini o‘ragani – endonevriy deb ataladi.
Nerv tolalari oxirgi apparat – nerv uchlari bo‘lib tugaydi. Fao-
liyatiga qarab uch guruh nerv uchlari: sezuvchi yoki retseptorlar,
harakatlantiruv chi va sekretor yoki effektorlar va boshqa neyron-
larda tugovchi uchlar – neyronlararo sinaps tafovut qilinadi.
Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar) sezuvchi neyronlarning
dendritlari shoxlarida hosil bo‘ladi. Joylashgan joyiga qarab ret-
septorlarning quyidagi turlari tafovut qilinadi:
1. Eksteroretseptorlar tashqi muhitdan ta’sirotlarni qabul
Dostları ilə paylaş: