Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

11-rasm. Silliq mu-
shak to‘qimaning
tuzilishi:
1–miosit; 2–sarkopla-
zmadagi miofibrillar;
3–miositning yadrosi; 
4–sarkolemma;
5–endomiziy; 6–nerv 
tolasi.
12-rasm. Ko‘ndalang targ‘il mushak 
to‘qima. 
1–mushak tola.


25
ma va boshqalar) nafas markazidan kelayotgan impulslar ta’si-
ri ostida, halqum va qizilo‘ngach mushaklari ixtiyordan tashqa-
ri qisqaradi.
Yurak mushagi (miokard) ham mushak hujayralari (kar-
diomiositlardan) iborat. Ular oraliq disklar vositasida mu-
shak maj muiga yoki yurak mushak tolalariga birikadi. Bunday 
birlashuv miokardni bir butun bo‘lib qisqarishini ta’minlaydi, 
ammo yurak mushagini qisqarishi ixtiyordan tashqari. 
А
tipik 
kardiomiositlar yurakning o‘tkazuv tizimini hosil qilib, uning 
ritmik qisqarishini ta’minlaydi.
Nerv to‘qima
Nerv to‘qimasi nerv hujayralari (13-rasm) va neyrogliyadan 
iborat. Nerv hujayralari ta’sirlanish natijasida qo‘zg‘alish holati-
ga kelish, impulslar hosil qilish va ularni uza tish qobiliyatiga ega. 
Neyrogliya trofik, tayanch, himoya va chegaralash faoliyatiga 
ega. Nerv hujayralari va neyrogliya morfologik va funksional bir 
tizimni hosil qiladi. U orga nizmni tashqi muhit bilan aloqasini 
o‘rnatib, organizm ichidagi faoliyatlarni muvofiq lashtirib, uning 
bir butunligini ta’ 
minlay di. Nerv tizimining mor 
fo funksional 
birligi nerv hu jay rasi – neyron yoki neyrosit bo‘lib, unda tanasi 
va turli uzun likdagi o‘siqlari bor. Neyron tanasining o‘lchamla-
ri 3–4 dan 130 mkm gacha. Nerv hujayrasi o‘siqlari nerv impul-
sini o‘t kazib berib, uzunligi birnecha mikrondan 1–1,5 m ga-
cha. Nerv hujayrasida ikki xil o‘sig‘i tafovut qilinadi. 1. 
Ак
son 
yoki neyrit – uzun o‘siq bitta bo‘lib, hujayra tanasidan impulsni 
bosh qa hujayraga yoki ishchi a’zoga o‘tkazib beradi. 2. Dendrit-
ning soni turli xil neyronlarda turlicha. Ular qisqa va shoxlangan. 
Dendrit lar impuls ni nerv hujayrasi tanasiga o‘tkazadi. Sezuvchi 
neyronlarning dendritlarini periferik uchida retseptorlari bo‘ladi. 
Neyronlar o‘siqlari ning soniga qarab bipolyar (ikkita o‘siqchali), 
multipol yar (ko‘p o‘siq cha li) va soxta unipolyar (bitta o‘siq chali) 
turlarga bo‘linadi. Soxta unipol yar neyronlar tanasidan bitta umu-
miy o‘siq chiqib, keyinchalik T – shakli da akson va dendritga 
bo‘linadi. Bu shakl sezuvchi neyronlarga xos. Nerv hujayrasida 
bitta yadro bo‘lib, ichida 2–3 yadrochalari bor. Nerv hujayrasi 
sitoplaz masida barcha hujayralarga xos kiritmalardan tashqari ti-
groid modda va neyrofibrillyar apparat bor. Tigroid modda hujay-


26
ra tanasi va dendritlarda joyla-
shadi. U hujayralarning funksio-
nal holatiga qarab o‘zgarib tura-
di. Haddan tashqari qo‘zg‘alish, 
shikastlanish, kislorod yetishmo-
vchiligi bo‘lganida u parchala-
nadi va yo‘qoladi. Neyrofibrillar 
hujayra tanasida to‘r hosil qilsa
o‘siq larda tolalar yonida bir-bi-
riga parallel yotadi.
Neyrogliya turli shakl va ha-
jmdagi hujayralardan iborat bo‘-
lib, ikki guruhga: makrogliya 
(gliositlar) va mikrogliyaga (glial 
makrofaglar) bo‘linadi. Gliosit-
lar ichida ependimositlar, astro-
sitlar va oligodendrositlar tafovut 
qilinadi. Ependimositlar orqa miya kanali va bosh miya qorincha-
larini qoplaydi. 
А
strositlar markaziy nerv tizimining tayanch ap-
paratini hosil qiladi. Oligodendrositlar markaziy va periferik nerv 
tizimi nerv hujayralari tanasini o‘rab, nerv tolalari pardasini hosil 
qiladi va nerv oxirlari tarkibiga kiradi. Mikrogliya hujayralari yoki 
glial makrofag lar harakatchan bo‘lib fagositoz qiladi.
Pardalar bilan o‘ralgan nerv hujayralarining o‘siqlari nerv to-
lalari deb ataladi. Nerv tolalarining pardalari neyrolemmositlar 
yoki shvann hujayralaridan hosil bo‘ladi. Pardasining tuzilishiga 
qarab mielinli va mielinsiz nervlar tafovut qilinadi. Biriktiruvchi 
to‘qima bilan qoplangan mielinli va mielinsiz nerv tolalari dasta-
si nerv poyalari yoki nervlarni hosil qiladi. Nervlarni o‘ragan bi-
riktiruvchi to‘qima epinevriy, nerv dastalarini o‘ragani – peri-
nevriy, alohida nerv tolasini o‘ragani – endonevriy deb ataladi. 
Nerv tolalari oxirgi apparat – nerv uchlari bo‘lib tugaydi. Fao-
liyatiga qarab uch guruh nerv uchlari: sezuvchi yoki retseptorlar
harakatlantiruv chi va sekretor yoki effektorlar va boshqa neyron-
larda tugovchi uchlar – neyronlararo sinaps tafovut qilinadi.
Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar) sezuvchi neyronlarning 
dendritlari shoxlarida hosil bo‘ladi. Joylashgan joyiga qarab ret-
septorlarning quyidagi turlari tafovut qilinadi: 
1. Eksteroretseptorlar tashqi muhitdan ta’sirotlarni qabul 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin