34
gan oziqa moddalarni, kislorodni tananing barcha to‘qimasiga yet-
kazib beradi va modda almashinuvida hosil bo‘lgan keraksiz mod-
dalarni ajratuv a’zolariga olib boradi.
4. Endokrin (ichki sekretsiya) a’zolar organizmdagi barcha
kimyo viy o‘zgarishlarni tartibga solib turadi. Bu a’zolar
ishlab
chiqargan gormon qon orqali organizmga tarqalib boshqa a’zolar
faoliyatini boshqarib turadi.
5. Organizmni tashqi muhitga harakat vositasida moslovchi a’zo-
lar: suyaklar, bo‘g‘imlar va mushaklar.
6. Sezgi a’zolari tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlar-
ni qabul qiladi.
7. Nerv tizimi a’zolari organizmda turli a’zolarni bir-biriga
bog‘lab, ularning faoliyatini idora etadi.
Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi a’zolar o‘zaro birla shib,
a’zolar tizimini hosil qiladi. Odam organizmida quyidagi a’zo lar
tizimi tafovut qilinadi:
1. Tayanch-harakat a’zolari tizimi:
a) nofaol qism – suyaklar
va ular ning birlashmalari,
b) faol qism – mushaklar.
2. Ichki a’zolar tizimi:
a) hazm a’zolari tizimi;
b) nafas a’zolari tizimi;
d) siydik ajratish a’zolari tizimi;
e) ko‘payish yoki jinsiy a’zolar tizimidan iborat.
Siydik ajratish va jinsiy a’zolarning faoliyati turlicha bo‘lgani
bilan, ularning rivojlanishi o‘zaro bog‘langanligi uchun ular bitta
siydik-tanosil a’zolari tizimiga birlashtiriladi.
3. Ichki sekretsiya bezlari tizimi.
4. Yurak-qon tomirlar va limfa tomirlar tizimi.
5. Nerv tizimi – bosh miya, orqa miya va ulardan chiquvchi nerv-
lardan iborat.
6. Sezgi a’zolari tizimi tarkibiga ko‘rish,
eshitish, hid bilish, ta’m
bilish, og‘riq va harorat sezgisi a’zolari kiradi.
Hazm, nafas olish, siydik ajratish va qon aylanish a’zolari
tizim lari o‘simlik hayoti (vegetativ) a’zolari deb ataladi,
chunki bu
jarayonlar o‘simliklarda ham uchraydi.
Tayanch-harakat a’zolari, sezgi a’zolari va nerv tizimi hayvo-
niy a’zolar tizimi deb ataladi, chunki bu faoliyatlar faqat hayvon-
larga xos.