Anatomiya 2014. indd


Kazalliklarni paydo bo‘lish sabablari (etiologiyasi)



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Kazalliklarni paydo bo‘lish sabablari (etiologiyasi)
Etiologiya – patologiyaning kasalliklar va patologik jarayon-
larining sabablari hamda paydo bo‘lish sharoitlarini o‘rganuvchi 
bo‘lim dir.
Kasallik jarayonini keltirib chiqaruvchi sabablar nihoyatda 
turli-tumandir, ammo ularning barchasini tashqi muhitning ta’si-
ri birlashtirib turadi. 
Kasallikni rivojlanishiga juda ko‘p sharoitlar imkon beradi. 
Ma’ lum mikroorganizmlar faqat ularning o‘zlariga xarakterli xu-
susiyatlar yoki belgilarga ega bo‘lgan ma’lum kasalliklarni qo‘z-
g‘atadi. Kasallikni kelib chiqishida o‘rganishda, ko‘pincha, ular-
ning asosiy sabab larini aniqlash qiyin bo‘ladi. Masalan, yurak kla-
panlari strukturasining buzilishi tufayli qon aylanishining og‘ir bu-
zilishlari (qon aylanishini yetishmovchiligi) yuzaga kelishi mum-
kin. Kasallikni sabab chisi – qon aylanishining yetish movchiligi, 
ayni hodisada, so‘zsiz klapanlardagi nuqsondir. Ammo bu nuqson 
o‘z-o‘zidan yuzaga kelmagan. Ba’zan bemorning qachonlardir re-
vmatizm yoki boshqa kasalliklarni boshidan kechirganligini aniq-
lashga muvaffaq bo‘linadi, ammo qator hollarda nuqsonning sa-
babi shifokor uchun muammo bo‘lib qoladi. Endokrin va nerv ti-
zimi kasalliklarni kelib chiqish sababini tashqi muhit ta’siri bilan 
bog‘lash oson emas. Bu sohada ilmiy bilimlarimiz hali mukammal 
emas, o‘smalar, qator ruhiy kasalliklar va ayrim yurak-tomir tizi-
mi kasalliklarining sabablari haqidagi ma’lumotlar yetarli emas.
Kasallikning oqibatlari
Kasallik, ko‘pincha, butunlay sog‘ayib ketish bilan tugaydi, am-
mo butunlay sog‘ayib ketmaslik, yoki o‘lim ro‘y berishi ham mum-
kin.
1. Butunlay sog‘ayib ketish deganda, kasallikning barcha bel-
gilari yo‘qolib, organizmni mo‘tadil funksiyalarining tiklanishiga 
tushuniladi. Ammo shuni bilish kerakki, har qanday kasallik orga-
nizmda iz qoldiradi. Ko‘pincha, yuqumli kasalliklarni boshdan ke-


39
chirgandan so‘ng organizmda shu kasallikka nisbatan yuqtirmas-
lik qobiliyati vujudga keladi, boshqalaridan so‘ng esa, aksincha, 
ularga nisbatan sezuvchanlik ortadi. Ba’zan odam o‘zini butunlay 
sog‘ayib ketgandek his qiladi, ammo kasallikdan uzoq vaqtgacha 
sezilmaydigan o‘zgarishlar qoladi.
2. Butunlay sog‘ayib ketmaslik shunday hollarda ro‘y bera-
diki, bunda kasallik oqibatida funksiyalarning buzilishi butunlay 
yo‘qolib ketmaydi. Masalan, ko‘k yo‘taldan so‘ng uzoq vaqtgacha 
yo‘tal, skarlatina, bo‘g‘ma va boshqa kasalliklardan keyin vaqtin-
cha yurak faoliyatining susayishi qoladi. Kasallikning bu qoldiq 
holatlari turg‘un bo‘lmay vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi.
3. Agar organizm biror shikastlanish tufayli vujudga kel-
gan yashash sharoitlarining o‘zgarishiga moslasha olmasa, uning 
yasha shi mum kin bo‘lmay qoladi va o‘lim yuz beradi.
O‘LIM
O‘lim deganda, organizm funksiyalarining o‘zgarishi, yashash-
ga iloj qolmaydigan darajada butunlay to‘xtashi tushuniladi. O‘lim-
ning uch bosqichi tafovut etiladi: agoniya, klinik o‘lim va biologik 
o‘lim. O‘limning bu bosqichlarida organizmning funksiyalari as-
ta-sekin to‘xtaydi.
1. Agoniya organizmning barcha hayotiy funksiyalarining bu-
zilishi bilan xarakterlanadi: nerv tizimining faoliyati buziladi, 
ba’zan hushdan ketadi, qo‘zg‘alish tormozlanish bilan almashi-
nadi, to‘xtab-to‘xtab nafas oladi, yurak ishi zaiflashadi, arterial 
bosim bir ko‘tarilib bir pasayib ketadi, taxikardiya bradikardiya 
bilan almashinadi, harorat pasayadi, reflekslar susayadi. Agoniya 
birnecha minutdan to 2–3 kungacha davom etishi mumkin.
2. Klinik o‘lim agoniyadan so‘ng boshlanib, qon aylanishi, na-
fasning butunlay to‘xtashi va reflekslarning yo‘qolishi bilan xa-
rakterlanadi. Ammo klinik o‘limdan keyin birmuncha vaqt davo-
mida ichak peristaltikasi kuzatiladi, soch, tirnoqlar o‘sib turadi va 
moddalar almashinuvining to‘xtamaganligini ko‘rsatuvchi boshqa 
belgilar ham bo‘ladi.
3. Biologik o‘lim deganda ayrim a’zo va to‘qimalarning hayo-
tini tiklab bo‘lmaslik holati tushuniladi va to‘qimalarda qayta-
rib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu haqiqiy o‘lim. Bu 
davr organizm faoliyatini tiklab bo‘lmaydigan holat.


40
Klinik o‘limdan so‘ng bir qancha vaqtgacha ayrim a’zolar-
nigina emas balki butun organizmning hayotini tiklash mumkin. 
A’zolar ma’lum vaqt ichida hayotga qayta olish holatida bo‘ladi. 
Hayot ga qayta olish davri turli a’zolar va to‘qimalar uchun turli-
cha. Teri, suyaklar, mushaklar hayotini birnecha soatdan so‘ng va 
hatto bir sut kadan ko‘proq vaqtdan keyin ham tiklash mumkin.
Bosh miya po‘stlog‘i hujayralarning biologik o‘limi ularga arte-
rial qon kelishi to‘xtaganidan birnecha minut keyin yuz beradi.
Organizm va uning ayrim a’zolarining hayotini tiklash g‘oyat-
da muhim masaladir. Ayrim a’zolarning hayotga qayta olish im-
koniyatini aniq lash o‘lganlarning tiriltirish bo‘yicha o‘tkazilgan 
ko‘p taj ribalarga asos bo‘ladi. So‘nggi yillarda to‘qimalarni chu-
qur muzlatib yoki kuchsiz konsentratsiyadagi formalin eritmasini 
ta’sir ettirib paydo qilingan anobioz holatidan transplantatsiya-
ga mo‘ljallangan to‘qimalarni saqlash, to‘qimalarni konservatsiya 
qilish uchun foydalaniladi.
Klinik o‘limdan so‘ng 5–7 minut o‘tgach, hayotni tiklash 
mum kin, bunda sun’iy nafas qilinadi, yurakka massaj qilinadi, 
u yordam qilmasa, yurakka adrenalin yuboriladi. U ham yordam 
qilmasa, elektroshok ko‘krak qafasiga elektrodlar bilan tok yubo-
riladi. O‘lim ga olib keladigan sabablarni va shart-sharoitlarni pa-
tologik anatomiyaning tanatologiya deb ataluvchi sohasi o‘rgana-
di. O‘lish dinamikasini bilish, tiriltirish choralarini ishlab chiqish 
va sud tibbiyotning maqsadlari uchun zarurdir.
O‘limni birnecha turlari bo‘ladi:
Tabiiy o‘lim juda ham keksayganda organizmning ishdan chi-
qishi va funksiyalarining asta-sekin so‘nishi tufayli yuz beradi. 
Bunday o‘lim kamdan kam uchraydi, chunki hatto juda qari kishi-
lar ham ko‘pincha, kasalliklardan o‘ladi.
Patologik yoki bevaqt o‘lim g‘ayritabiiy yoki kasalliklar oqi-
batida bo‘ladi.
To‘satdan yoki birdan o‘lish deb kutilmaganda ya’ni butun lay 
soppa-sog‘ yurgan vaqtda yuz beradigan o‘limga aytiladi. Ko‘pin-
cha, bosh miya yoki yurakda birdan qon aylanishining buzilishi 
tufayli ular funksiyalarining to‘xtashi oqibatida yoki aorta va yi-
rik arteriyalarning yorilishi natijasida tez qon yo‘qotilganda to‘-
satdan o‘lim yuz beradi.
O‘limdan so‘ng bir qancha vaqt o‘tgach, murdada o‘limdan 
ke yingi yoki murdaga xos o‘zgarishlar rivojlanadi, bu atrof-mu-


41
hitning ta’siriga va murdada yuz beradigan turli jarayonlarga 
bog‘liq.
1. Murdaning sovushi murda bilan atrof-muhit haroratining 
baravarlashishi natijasida ro‘y beradi. Ba’zi kasalliklar oqibatida 
o‘lim sodir bo‘lganda, tana harorati darhol vaqtincha birmuncha 
ko‘tariladi.
2. Murda terisi va shilliq pardalar o‘limdan so‘ng tez orada 
quriydi. Ko‘zning muguz pardasining qurishi uning xiralashishi 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
3. Murda, odatda, o‘limdan 4–6 soatdan keyin qotadi: ko‘nda-
lang tar g‘il va silliq mushaklar qisqarib qattiq bo‘lib qoladi. Mur-
da issiq xonada sovuq xonadagiga qaraganda tezroq qotadi. Chan-
gak bo‘lib tirishib qo‘lgan shaxslar murdasi, ayniqsa, tez va ku-
chli darajada qotib qoladi. O‘lim uzoq davom etgan agonal davr-
dan so‘ng yuz berganda, ayniqsa, oriqlab ketgan kasallar o‘lganda, 
shuning dek, sepsisdan o‘lganda juda sekin qotadi yoki butunlay 
qotmaydi. Agar qotib qolgan mushaklar tortilsa, murda yumshay-
di. Qotgan murda, odatda, 24 soatdan keyin yum shaydi.
4. Murdada qonning ivishi yurak va yirik qon tomirlar bo‘sh-
lig‘ida sodir bo‘ladi. U odam o‘lishi bilanoq boshlanadi. Qonda 
qattiq qizil elastik yuzi silliq yaltiroq ivindilar hosil bo‘ladi. Ti-
riklikda hosil bo‘ladigan, odatda, qon tomirlar devoriga yopish-
gan xira va g‘adir-budur ivindilardan farqli o‘laroq, ular tomir-
larda erkin yotadi. Kislorod kam bo‘lgan qon (masalan, bo‘g‘ib 
o‘ldirilganda) ivimasligi mumkin.
5. Gavdaning pastki tomonlariga qon oqib kelishi tufayli teri-
da qora-ko‘kimtir murda dog‘lari paydo bo‘ladi.
6. Murdaning aynishi murdadagi fermentlar ta’sirida va mik-
roorganizmlarning hayot faoliyati natijasida yuz beradi. Issiqliq va 
namlik murdaning aynishini kuchaytiradi. Quruq muhit, murda-
ning qurib qolishi va sovuq murdaning aynishini to‘xtatib turadi. 
Yum shoq to‘qimalarning yemirilishi murdaning qanday muhitda 
bo‘lishiga ko‘ ra turli muddat ichida sodir bo‘ladi.
Murda o‘zgarishlarini xarakteriga qarab o‘limning sabablarini-
gina emas, balki vaqtini, o‘lim vaqtida odam qay holatda bo‘lga-
nini aniq lash va sud tibbiyoti amaliyoti uchun muhim bo‘lgan qa-
tor savollarga javob berish mumkin.


42

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin