43
Organizmning sezuvchanligi yuqori bo‘lganida kuzatiladigan
jadal boruvchi yallig‘lanish
reaksiyalari giperergik, kuchsiz reak-
tivlikda ro‘y beradigan reaksiyalar anergik, gipoergik reaksiyalar
deb ataladi. Yallig‘lanishning kuchsiz bo‘lishi yoki reaksiyalar-
ning butunlay bo‘lmasligi bilan xarakterlanadigan anergetik ho-
lat ikki xil kelib chiqadi. Anergiya ba’zan
organizmda mazkur
agent ga nisbatan immunitet borligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa ho-
latlarda esa u organizm reaktivlik qobilyatini butunlay tushib ke-
tishi oqibati hisoblanadi. Normergik yallig‘lanish reaksiyasi orga-
nizmda oldindan sensibilizatsiya bo‘lmay turib yuz beradi: bu –
organizm ning odatdagi reaksiyasidir.
Allergik yallig‘lanishlarning asosiy xususiyati shundan iborat-
ki, reaksiya o‘z surati va jadalligi bilan na o‘zi paydo bo‘lgan sha-
roitga to‘g‘ri keladi, balki u organizmning ma’lum ta’sirlarga bo‘l-
gan sezuv chanligiga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: