55
Nekrozning organizm uchun ahamiyati faqat nekroz yuz
bergan a’zo funksiyasining buzilishida emas. O‘lgan to‘qima-
ning parchalanish mahsulotlarning so‘rilishi butun organizm-
ning zaharlanishiga sabab bo‘lib u, ko‘pincha, og‘ir umumiy
hodisalar, moddalar almashinuvining chuqur buzilishlari va
uzoq davom etadigan isitma holatlari bilan o‘tadi.
Atrofiya
To‘qimalar oziqlanishining buzilishlaridan biri atrofiya –
to‘qima va a’zolar hajmining kichrayishi
hamda ular hujayralari-
ning sifatini o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. A’zoning tug‘ma ri-
vojlanmagan bo‘lishini – gipoplaziya tug‘ma bo‘lmasligini esa –
ageneziya yoki ap laziya deb ataydilar.
Atrofiya – ko‘pincha, kasallikda rivojlanuvchi hayotiy jarayon-
dir. Fiziologik atrofiyada, masalan, ayrisimon bez yoshga qarab
atrofiyaga uchrab yog‘ to‘qimasi bilan almashinadi. Laktatsiya tu-
gagach, sut bezlari ham atrofiyaga uchraydi. Fiziologik atrofiyasi-
ni embrional davrdagi rivojlanishda ham kuzatish mumkin.
Qarilikda involyutsion jarayonlar ko‘pchilik a’zolarda
rivojla-
nadi. Bu jarayonlarning boshlanishi birday bo‘lmay, surati ham
har xildir. Ular organizm hayot faoliyatining pasayishi tufayli yuz
beradi. Qarilik atrofiyasiga bezlar hajmining keskin kamayishi,
teri elastikligini pasayishi, ichki a’zolar hajmining kichiklashishi,
miya pushtasi qalinligining kamayishi
bilan birga kechuvchi bosh
miya atrofiyasi misol bo‘la oladi.
Patologik atrofiya – fiziologik atrofiyadan asosan kelib chiqish
sabablari bilan farq qiladi.
Yetarli darajada ovqatlanmaslik tufayli yuz beradigan atro-
fiya – umumiy va mahalliy bo‘lishi mumkin. Umumiy atrofiya
yoki kaxeksiya mun tazam ochlikda yoki modda almashinuvining
kuchli buzi lishlari natija si da rivojlanadi. Kaxeksiya holdan toydi-
radigan og‘ir kasalliklarda: sil, xavf li o‘smalar,
surunkali intoksi-
katsiyalarda kuza tilib, umuman ozib cho‘p – ustuxon bo‘lish va
ichki a’zolarning atrofiyasi bilan davom etadi.
Mahalliy atrofiya arteriya ichi torayganda yetarli oziqlanmas-
lik tufayli rivojlanadi. Miya arteriyalarining aterosklerozi bosh
miyaning atrofiyasiga, buyrak tomirlariniki esa – buyrak to‘qima-
sining atrofiyasiga va bujmayishiga olib keladi.
56
Nevrotik atrofiya yoki faoliyatsizlik natijasidagi atrofiya a’zo-
lar faoliyatini pasayishi tufayli rivojlanadi va mahalliy xarakterga
ega bo‘ladi. Harakatsiz a’zoga
qon kelishi kamayadi, modda al-
mashinuvi pasayadi, bu esa atrofiyaga olib keladi. Bunday atro-
fiya oyoq – qo‘l suyaklari singanda yoki bo‘g‘imlari shikastlan-
ganda uzoq vaqt immobilizatsiya holatida bo‘lganida vujudga ke-
ladi. Ba’zan parenximaning atrofiyasi
bilan bir qatorda birikti-
ruvchi to‘qima elementlari o‘sib ketadi va biriktiruvchi to‘qima
atrofiyalangan parenximaning o‘rnini qoplaydi. Bunday hollarda
a’zo hatto kattalashishi ham mumkin. Bunday jarayon soxta gi-
pertrofiya nomi bilan yuritiladi.
Atrofiya – qaytishi mumkin bo‘lgan jarayon. Atrofiya sababini
bartaraf qilinganda a’zo qayta tiklanadi. Masalan, singan joy bit-
gach, qo‘l-oyoqning funksiyasi tiklanishidan oldin atrofiyalangan
mushaklar tiklanadi. Ammo og‘ir hollarda a’zoning to‘la tikla-
nishi yuz bermaydi.
Dostları ilə paylaş: