57
digan gipertrofiya ishchi gipertrofiya deb ataladi. Ishchi giper-
trofiya mutlaqo sog‘ lom kishilarda kuzatilishi mumkin.
Bunday
hollarda uning paydo bo‘lishi patologik jarayonga bog‘liq emas.
Gav da mushaklarining bunday gipertrofiyasi jismoniy mehnat bi-
lan shug‘ullanadigan shaxslarda, sportchilarda kuzatiladi.
Patologiya sharoitida ishchi gipertrofiya qandaydir patologik
ko‘ rinish tufayli mazkur a’zoning zo‘r
berib ishlashga ehtiyoj tu-
g‘ilganda kompensator jarayon sifatida rivojlanadi. Bunday giper-
trofiya kompensator gipertrofiya deb yuritiladi.
Ishchi va kompensator gipertrofiyaning ko‘p uchraydigan
ko‘rinish laridan biri yurak gipertrofiyasidir. Yurak zo‘r berib ish-
lashi natijasida har bir mushak tolasining o‘lchami
ortadi va yu-
rak kattalashadi. Yurak har ikki bo‘lagining keskin gipertrofiyasi-
da yurak birnecha marta kattalashgan bo‘ladi: bunday yurak «nov-
vos» yuragi deb ataladi. Uning og‘irligi 700–900 g chap qorincha
devorining qalinligi esa 2,5–2,8 sm ga yetishi mumkin. Ishchi gi-
pertrofiya silliq mushakli a’zolarda va bezli a’zolarda
ham sodir
bo‘lishi mumkin. Bir buyrak o‘sib yetilmaganda yoki patologik
jarayon bilan shikastlanganda ikkinchi buyrakning gipertrofiya-
si rivojlanadi. Yo‘q bo‘lgan a’zo yoki uning qismi funksiyasining
o‘rnini bosish bilan yuzaga kelgan gipertrofiya vikar gipertrofiya
deb ataladi. Agar miokard gipertrofiyasining
rivojlanishiga olib
kelgan sabab yurak dekompensatsiyasi rivojlanishiga qadar barta-
raf etilsa, yurak o‘lchamlari va og‘irligi asta-sekin kamayib mo‘ta-
dillanishi mumkin. Bu esa aslida miokard gipertrofiyasi qaytar ja-
rayon ekanligini ko‘rsatadi. Moddalar almashinuvining neyro –
gumoral idora etilishining buzilishi oqibatida kelib chiqqan giper-
trofiyalar bir vaqtda ko‘pchilik a’zolarda
yoki ularning ayrimlari-
da rivojlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: