53
trofik yoki nekrobiotik jarayonning oqibati deb hi soblash lozim.
Nekrozlar markaziy yoki pereferik nerv tizimidagi nevro gen buzi-
lishlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Nekroz a’zoda tashqaridan kiritilgan kuchli yadro toksinlari,
yallig‘ lanishda mikrob toksinlari, nur energiyasi,
yuqori harorat,
sovuq, kuchli kislotalar, ishqorlar ta’sirida paydo bo‘lishi mum-
kin. Nekroz sohasida namlikning yo‘qolishi, qurishi yoki aksin-
cha bo‘kishi va o‘lgan to‘qimalarning irishi yuz berishi mumkin.
Nekrozda asosiy gistologik o‘zga rishlar, dastavval, hujayra yadro-
sida bo‘ladi. O‘lgan to‘qima asta-sekin yadrosiz to‘qimaga ayla-
nadi. Yadro erib ketadi – kariolizis yoki kichrayib zichlashadi va
ancha to‘q rangga bo‘yaladi – piknoz, so‘ngra ayrim bo‘lakcha-
lar parchalanadi – karioreksis yuz beradi. O‘lgan to‘qimalarning
autolizi
natijasida nekrotiq detrit, ya’ni hujayra parchalanishining
mahsulotlari – oqsil va yog‘ donachalaridan tashkil topgan, tar-
kibsiz donador massa qoladi.
O‘lgan to‘qimalarning tashqi ko‘rinishi turli-tuman. Nekroz-
ning birnecha shakllari tafovut qilinadi. Quruq koagulyatsion
nekroz – o‘lgan to‘qimada ivish, zichlanish va suv yo‘qotish-
ning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. O‘lgan to‘qimalar, odatda,
kulrang – sariq tusli qoramoyga yoki suzmasimon massaga o‘x-
shaydi.
Quruq nekrozga ayrim infeksion kasalliklarda ayniqsa ko‘proq
ich terlamada uchraydigan mushaklarning qoramoysimon nekro-
zi va o‘lgan to‘qimalarning suzmaga o‘xshab maydalanadigan ka-
zeoz yoki suzmasimon jonsizlanish tipik misollar bo‘lib hisoblana-
di. Nekroz ning bu turi ko‘pincha, spetsifik yallig‘lanish o‘choqla-
rida – sil, zahm da uchratiladi.
Nam
yoki kollikvatsion nekroz, nami ko‘p to‘qimalarda va
o‘lgan soha qurimaydigan va suyuqlik bo‘lgan hollarda kuzatiladi.
Ba’zan quruq nekroz sohasi ham suyuqlanadi.
Gangrena – o‘lishning shunday turidirki, bunda o‘lgan to‘qima-
lar tash qi muhitga yondashib kulrang-qo‘ng‘ir yoki qora tusga kira-
di. Nek roz qismining bunday rangga kirishi ularning qonga singishi
va ularda gemo globinning parchalanishi tufayli yuz beradi.
Quruq gangrena yoki mumifikatsiya – tananing yuza sathiga
joy lash gan o‘lgan qism tashqi muhitga o‘z namligini berganda ri-
vojlanadi, quriydi va qattiq bo‘lib qoladi.
Bunday gangrena sovuq
olishidan so‘ng kuzatiladi.
54
Nam, chirigan yoki septik gangrena – o‘lgan to‘qimaga kirib,
parchalanishni, o‘lgan to‘qimalarning chirishini keltirib chiqa-
ruvchi mikroblarning tushishi bilan bog‘liq asoratdan iborat.
Bunday gangrena, odatda, tashqi muhitdan osongina mikroblar
tushadigan o‘lgan ichki a’zo lar – o‘pkalar, ichak, bachadonda
rivojlanadi.
Gangrenaning gazli yoki anaerob gangrena deb atalgan max-
sus turini chirigan gangrenadan farq qila bilish kerak.
Gangrenaning boshqa bir turi yotoq
yara hisoblanib bu uzoq
vaqt bosilib yotgan joylarda hosil bo‘ladigan nekroz qismidir.
Yotoq yaralar dumbada, dumg‘aza, kuraklar sohasidagi terida
sillasi qurigan, yotib qolgan bemorlarning boshqa joylarida ham
hosil bo‘ladi. Yotoq yaralar orqa miyaning shikastlanishida tro-
fik innervatsiyaning keskin buzilishi tufayli ayniqsa,
tez va oson-
lik bilan rivojlanadi. Yotoq yaralarining oldini olish maqsadida
og‘ir yotgan bemorlarni to‘g‘ri parvarish qilishning nechog‘lik
ahamiyatli ekanligi ana shu bilan izoh lanadi.
Dostları ilə paylaş: