61
mushaklar
qisqarib, suyak richaglarga ta’sir qiladi va ularni hara-
katga keltiradi. Tayanch-harakat a’zolar tizimi organizmning ko‘p
qism (gavdaning umumiy og‘irligini 72,5 %)ini tashkil qiladi.
Skelet
(skeleton) grekcha «skeletos»
–
«quritilgan» degan
so‘zdan olingan. U (15-, 16-rasm) 200
ortiq alohida suyakdan
iborat, undan 95 tasi juft suyaklardir. Skeletning og‘irligi 5–6 kg
bo‘lib, erkaklarda u gavda umumiy og‘irligining 10 %ini, ayollar-
da 8,5 %ini tashkil qiladi. Skelet tayanch-harakat,
himoya va bio-
logik vazifalarni bajaradi.
1. Tayanch-harakat vazifasi suyaklar yumshoq to‘qima va
mushak lar vositasida birikib skeletni hosil qiladi. Skelet suyakla-
ri uzun va qisqa richaglar hosil qilib,
mushaklar qisqarganida ha-
rakatga keladi.
2. Himoya vazifasi skelet hayot uchun zarur a’zolar uchun
bo‘sh liqlar hosil qilib ularni tashqi ta’sirotlardan saqlaydi. Ma-
salan: umurt qa kanali ichida orqa miya, kalla bo‘shlig‘ida bosh
miya, ko‘krak qafasida o‘pka
va yurak va yirik qon tomirlar, cha-
noq bo‘shlig‘ida siydik tanosil a’zolari joylashgan.
3. Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda mineral
modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy, fosfor,
magniy va
bosh qa elementlar bor. Bundan tashqari suyaklarning epifizlarida
joylash gan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini baja-
radigan qon elementlarini ishlab chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: