2. Xatoliklar funksiyasi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.08.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#63273
  1   2   3   4
2. Xatoliklar funksiyasi



9-Mavzu. Sun’iy neyron to‘rlari va funksiyalarni
approksimatsiyalash 
Reja: 
1. Sun’iy neyron to‘rlari
 
 
2. Xatoliklar funksiyasi

3. Turli toifadagi alomatlar bilan tavsiflangan berilganlar uchun 
neyron to‘ri
 
 
 
Tayanch so’z va iboralar
. BIT, alomat, qurg‘oqchilik, tanlanma fayl, intervallarga 
ajralish, vaznlar, umumlashgan baholar, bashorat qilish. 
Tirik mavjudotlar ichida eng oliysi bo‘lgan inson har qadamda anglash
o‘rganish va qaror qabul qilishga duch keladi. Neyroto‘rli yo‘nalish nisbatan 
murakkab masalalarni miya qay tarzda yechishi va uning tamoyillarini avtomatik 
qurilmalarda qanday amalga oshirili-shini tushunishga harakatdan paydo bo‘ldi. 
Hozircha sun’iy neyron to‘rlari (artificial neural networks, ANN) tabiiy neyron 
to‘rlarning imkon doirasida soddalashgan eng oxirgi ko‘rinishidir. Inson va boshqa 
jonivorlarning nerv tizimi zamonaviy texnologiyalar yorda-mida yaratish mumkin 
bo‘lgan qurilmalardan ancha murakkabdir. Shunday bo‘lsa-da, nerv tizimlarining 
umumiy tamoyillaridan foydalanib ko‘pgina amaliy masalalarni muvaffaqiyatli 
echishga erishilmoqda.
Sun’iy neyron to‘rlari (SNT) –  sun’iy neyronlar birlashuvi bilan yuzaga kelgan, biologik 
nerv to‘rini juda ham soddalashtirilgan ko‘rinishidir. Bu o‘rinda soddalashtirish darajasi 
neyronlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarning beqiyos murakkabligi bilan belgilanadi. Biologik 
nerv tizimlarida har bir neyron xossalar va funksiyalar to‘plamiga ega bo‘lib, ular ichida 
miyaning kommunikatsion tizimini tashkil qiluvchi nerv tolalari bo‘yicha elektroximik 
signallarni qabul qilish, ishlov berish va uzatish funksiyalari noyob hisoblanadi. 
Sun’iy neyron to‘rlari o‘z arxitekturasi bilan ajralib turadi: neyron-lar o‘rtasidagi 
bog‘lanishlar tuzilmasi, qatlamlar soni, neyronlarni faollashtirish funksiyalari, o‘rganish 
algoritmlari. Bu nuqtayi nazardan mashhur SNT ichidan statistik, dinamik to‘rlar va fuzzy-
tuzilmalar; bir yoki ko‘p qatlamli to‘rlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.


To‘rlardagi hisoblash jarayonlarning farqlanishi, qisman neyron-larning o‘zaro bog‘lanish 
usullaridan kelib chiqadi, shu sababli to‘rlarning quyidagi turlarini ajratishadi: 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin