60
yo‘qotilgan to‘qimaga muvofiq keladi. Chala regeneratsiya deb
biriktiruvchi to‘qima o‘sishi hisobiga nuqsonning chandiq to‘qi-
maga aylanishiga, ya’ni nuqson o‘rnida chandiq hosil bo‘lishi-
ga aytiladi. To‘qimalarning yirik nuqsonlarida bunday chala re-
generatsiya to‘liq regeneratsiyaga nisbatan ko‘proq kuzatiladi.
Ko‘pchilik yaralar ana shunday bo‘ladi. Chala regeneratsiyada
hosil bo‘ladigan yosh biriktiruvchi to‘qima granulyatsion to‘qima
deb ataladi. Bu nom shunga bog‘liqki, granulyatsion to‘qima yu-
zaga bo‘rtib turuvchi mayda qon tomirlarining juda ko‘p to‘rlari
mavjudligi tufayli mayda donachali sathga egadir. Granulyatsion
to‘qima ko‘pgina yosh biriktiruvchi to‘qima hujayralarining mas-
sasidan iborat bo‘ladi. Granulyatsion to‘qima asta-sekin yetilib
boradi. Unda ochroq bo‘yaluvchi birmuncha cho‘zinchoq shakl-
ga ega va epitelial hujayralarga o‘xshash hujayralar paydo bo‘ladi.
Bunday hujayralar epiteliod hujayralar deb ataladi. Keyinchalik
ular yanada cho‘ziq shaklga kirib fibroblastlarga aylanadi.
Tiklanayotgan to‘qima innavatsiyasini ta’minlash muhim
shart – sharoit hisoblanadi. Mahalliy ham markaziy innovatsiya-
ning buzilishi regeneratsiyaga keskin ravishda to‘sqinlik qilishi
mumkin. Regeneratsiya jarayonining mo‘tadil kechishi uchun or-
ganizmdagi endokrin bezlarining mo‘tadil fiziologik funksiyasi
lozimdir. Ba’zan regeneratsiya natijasida to‘qimalar ortiqcha ri-
vojlanadi. Granulyatsion to‘qimaning ortiqcha hosil bo‘lishi yov-
voyi go‘sht deb ataladi. Suyak siniqlari bitayotganda yosh to‘qi-
maning o‘sib ketishi suyakning keskin yo‘g‘onlashishiga olib ke-
lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: