71
g‘altakning o‘ymasi burama shaklda bo‘ladi. Bir suyakning bo‘g‘im
yuzasida suyak qirra bo‘lsa, ikkinchi suyakning bo‘g‘im chuqur-
chasida yo‘naltiruvchi egat (yelka-tirsak bo‘g‘imi) bo‘ladi. Bu
bo‘g‘imda ham harakat g‘altaksimon bo‘g‘imga o‘xshab ko‘nda-
lang o‘q atrofida bukish va yozish bo‘ladi.
Ikki o‘qli bo‘g‘imlar suyak uchlarining shakliga qarab uch tur-
ga bo‘linadi:
1. Ellipssimon bo‘g‘imda
suyaklardan birining uchi ellips
shaklidagi bo‘g‘im boshchasini hosil qilsa, ikkinchisi shunga mos
chuqurcha hosil qiladi (21- e rasm). Bunday bo‘g‘imda harakat
ikki: frontal va sagittal o‘q atrofida bo‘ladi. Frontal o‘q atrofida
bukish va yozish, sagittal o‘q atrofida yaqinlash tirish va uzoqlash-
tirish (bilak-kaft usti bo‘g‘imi) harakatlari bajariladi.
2. Egarsimon bo‘g‘imda
suyaklarning uchlari bir-biriga min-
gashib turuvchi egar shaklida bo‘ladi (21- g rasm). Bunday bo‘-
g‘im birinchi kaft suyagi va trapetsiyasimon suyak o‘rtasida
uchraydi. Bu bo‘g‘imda harakat xuddi ellipssimon bo‘g‘imdagi-
dek ikki o‘q atrofida kechadi.
3. Do‘ngli bo‘g‘imda
bir suyakning bo‘g‘im yuzasi do‘ng,
ikkinchisida esa shunga mos o‘yiq (tizza bo‘g‘imi) bo‘ladi. Bu
bo‘g‘imda harakat frontal o‘q atrofida bukish va yozish bo‘lsa,
bo‘y lama o‘q atrofida burish bo‘ladi.
Ko‘p o‘qli bo‘g‘imlar unda ishtirok etadigan suyaklarning
uchlari shakliga va bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab uch
turga bo‘li nadi:
1. Sharsimon bo‘g‘imda
suyaklardan bittasining uchi sharsi-
mon, ik kinchisining uchi esa shunga mos chuqurchadan iborat
(21- a rasm). Bo‘g‘im chuqurchasi, odat-
da, kichikroq, shuning uchun bunday bo‘-
g‘imda harakat erkinroq va uch o‘q atrofi-
da: frontal o‘q atrofida bukish va yozish;
sagittal o‘q atrofida tanaga yaqinlashti rish
va uzoqlashtirish; bo‘y lama o‘q atro fida
burish sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: