Anatomiya 2014. indd


-rasm. Bo‘g‘imlarning turlari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

21-rasm. Bo‘g‘imlarning turlari:
А
–sharsimon bo‘g‘im; B–kosasimon bo‘g‘im; 
D–g‘altaksimon bo‘g‘im; E–ellipssimon 
bo‘g‘im; F–silindrsimon bo‘g‘im;
G–egarsimon bo‘g‘im.


72
Bu asosiy harakatlardan tashqari sharsimon bo‘g‘imlarda ay-
lanma harakatlar
 
ham bajariladi (yelka bo‘g‘imi).
1. Kosasimon bo‘g‘imda
 
bo‘g‘im chuqurchasi chuqur bo‘lib, 
bo‘g‘im boshchasining yarmini o‘rab oladi (21- b rasm). Shun-
ga ko‘ra kosasimon bo‘g‘im harakati biroz (chanoq-son bo‘g‘imi) 
chegaralangan.
2. Yassi bo‘g‘imning
 
bo‘g‘im yuzalari yassi, biroz bukilgan 
bo‘lib, katta shar yuzasining bir qismiga o‘xshaydi. Ularda hara-
kat uch o‘q atrofida bo‘lsa-da, bo‘g‘im yuzalari kichik bo‘lgani 
uchun chegaralangan bo‘ladi (umurtqalarning bo‘g‘im o‘siqcha-
larining birlashuvi). 
Tana suyaklari va ularning birlashuvi
Tana skeleti umurtqa pog‘onasi
 
va ko‘krak qafasidan iborat. 
Umurtqa pog‘onasi (columna vertebralis) 33–34 ta umurtqadan 
hosil bo‘ladi. Shundan 24 tasi erkin (7 ta bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 
5 ta bel) bo‘lib, 5 ta dumg‘aza umurtqalari o‘zaro birlashib, du-
mg‘aza suyagini, 3–5 ta dum umurtqalari dum suyagini hosil qi-
ladi.
Umurtqa 
(vertebra) (22-rasm) tana
 
va ravoqdan
 
iborat. 
Umurt qa tanasi oldinga qaragan bo‘lib, tayanch vazifasini baja-
radi, u past ga tomon gavdaning og‘irligiga qarab kattalashib bo-
radi. Umurtqa ravog‘i tananing orqasida joylashib, tana bilan ik-
kita umurtqa ravog‘ining oyoqchalari vositasida birikib, umurt-
qa teshigini hosil qiladi. Umurtqa teshiklari o‘zaro qo‘shilishidan 
umurtqa kanali hosil bo‘ladi.
22-rasm. Umurtqa ust tomondan
ko‘rinishi:
1–umurtqa tanasi; 2–ustki qovurg‘a chu-
qurchasi; 3–umurtqaning ustki kemti-
gi; 4–ustki bo‘g‘im yuzasi; 5–ko‘nda-
lang o‘simtaning qovurg‘a chuqurchasi; 
6–ko‘n dalang o‘siqcha; 7– umurtqa ravo-
g‘i; 8–o‘tkir qirrali o‘siqcha; 9–umurt qa 
teshigi; 10–ustki bo‘g‘im o‘siqchasi;
11–umurtqa ravog‘ining oyoqchasi.


73
Tananing ravoqqa qaragan yuzasi bukilgan bo‘lib, unda qon 
tomirlar o‘tadigan oziqlantiruvchi teshik bor. Umurtqa ravog‘ida 
mu shaklar birikadigan o‘siqchalar bor. Orqada o‘rta chiziqdan toq 
o‘tkir qirrali o‘siqcha chiqadi.
Frontal sathda yon tomonga yo‘nalgan juft ko‘ndalang o‘siq-
cha joylashgan. Umurtqa ravog‘ining tanaga yaqin qismida yuqo-
riga yo‘ nalgan ustki bo‘g‘im o‘siqchasi va pastga yo‘nalgan pastki 
bo‘g‘im o‘siqchasi joylashadi. Ularning har birida ustki va pastki 
bo‘ g‘im yuzalari bo‘lib, qo‘shni umurt qalar bilan bo‘g‘im hosil qi-
ladi. Ustki va pastki bo‘ g‘im o‘siqchalarining asosi bilan umurtqa 
tanasi o‘rtasida umurtqaning ustki va pastki kemtiklari bor.
Pastki umurtqa kemtigi nis 
batan chuqurroq. Umurt 
qalar 
o‘zaro birlashganida ustki va pastki kemtiklar o‘ng va chap to-
monda umurtqalararo teshikni hosil qiladi. Bu teshiklar orqali or-
qa miya nerv lari va qon tomirlar o‘tadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin