81
ularning chekkasidan chiqib turadi. Uning qalinligi bo‘yin qismi-
da 5–6 mm, ko‘krak qismida 3–4 mm, bel qismida 10–12 mm.
Umurtqalar tanasining birlashuvi oldingi va orqadagi bo‘ylama
boylamlar bilan mustah kamlanadi. Oldingi bo‘ylama boylam ensa
suyagining halqum bo‘rtig‘i va atlantning oldingi do‘mboqchasi-
dan
boshlanib, dumg‘aza suyagining 2–3 ko‘ndalang chiziqlariga-
cha tortilgan bo‘lib, umurt qalar orasidagi diskka yopishgan. Orqa-
dagi bo‘ylama boylam II bo‘yin umurt qasi tanasining orqa yuza-
sidan dumg‘aza kanaligacha davom etadi va dumg‘aza umurtqala-
rining orqa yuzasida tugaydi. Bu boylam umurtqalar tanasi bilan
bo‘sh
birikkan, u umurt qalararo disk sohasida keng ayib tog‘ayga
yopi shib ketadi.
Umurtqalarning ravog‘i o‘zaro sariq
boylamlar
vositasida bi-
rikadi. U umurtqalar ravog‘i oralig‘ini to‘ldirib turadi va elastik
bo‘lgani uchun umurtqa pog‘onasini to‘g‘rilanishini ta’minlaydi.
Bir umurtqaning pastki bo‘g‘im o‘siqchasi ikkinchi umurtqa-
ning ustki bo‘g‘im o‘siqchasi bilan umurtqalararo bo‘g‘im
hosil
qiladi. Bo‘g‘im yuzalari gialin tog‘ay bilan qoplangan. U yassi,
ko‘p o‘qli, kam harakat bo‘g‘imlar turkumiga kiradi. Umurtqa-
larning birlashu vini quyidagi boylamlar mustahkamlaydi. Umurt-
qalarning o‘tkir qirrali o‘siqchalari oralig‘ida o‘tkir qirrali o‘siq-
chalar
orasidagi boylamlar
tortilgan bo‘lib, u o‘siqcha uchiga bor-
gach o‘zaro qo‘shilib ketadi va o‘tkir qirrali o‘siqchalar usti boy-
lamiga aylanadi. Bu boylam umurt qa pog‘onasi bo‘ylab cho‘zilgan
fibroz tizimcha shaklida. U bo‘yin qismida ensa suyagining tashqi
do‘ngligi bilan VII bo‘yin umurtqasining o‘tkir qirrali o‘siq chasi
o‘rtasida tortilgan uchburchak plastinka shaklidagi ensa boylami-
ni hosil qiladi. Umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqchalari o‘rtasida
ko‘ndalang o‘siqchalararo boylamlar
tortilgan bo‘ladi.
Dumg‘aza suyagi cho‘qqisi I dum umurtqasi bilan fibroz
tog‘ayli disk vositasida birlashadi. Uning o‘rtasida kichkina yoriq
bor, u 50 yoshlarda bekilib ketadi. Bu bo‘g‘imni oldingi dum-
g‘aza-dum boylami, dumg‘aza-dum lateral boylami,
Dostları ilə paylaş: