Anatomiya 2014. indd


uning yuqori chekkasida qovurg‘a  bo‘yinchasining qirrasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
uning yuqori chekkasida qovurg‘a 
bo‘yinchasining qirrasi
 
bor. Bo‘yinchaning tanaga o‘tish joyida 
qovurg‘a do‘mboqchasi bo‘lib, uning bo‘g‘im yuzasi umurtqaning 
ko‘ndalang o‘siqchasidagi qovurg‘a chuqurchasi bilan bo‘g‘im 
hosil qiladi. XI, XII qovurg‘alarning do‘mboqchasi va bo‘g‘im 
yuza si bo‘lmaydi. Qovurg‘a bo‘yinchasi va do‘mboqchasi uning 
eng uzun qismi, qovurg‘a tanasiga davom etadi. Qovurg‘a tana-
si biroz bukilib qovurg‘a burchagini hosil qiladi. Birinchi 2 ta qo-
vurg‘ada burchak qovurg‘a do‘mbog‘iga to‘g‘ri kelsa, keyingi qo-
vurg‘alarda burchak bilan qovurg‘a do‘mbog‘i orasidagi masofa 
uzoqlasha boradi. Qovurg‘a tanasi yassi bo‘lib, tashqi va ichki yu-
zasi, ustki va pastki qirralari tafovut qilinadi. Ichki yuza ning pas-
tki qirrasi bo‘ylab, qovurg‘alararo qon tomirlar va nerv yotadi-
gan qovurg‘a egati joylashgan. I qovurg‘ada ustki va pastki yuza-
lari, ichki va tashqi qirralari tafovut qilinadi. Uning yuqori yuza-
sida oldingi narvonsimon mushak do‘mboqchasi bor. Uning or-
qasida o‘mrov osti arteriyasi egati,
 
oldida esa o‘mrov osti venasi-
ning egati
 
bor.
To‘sh suyagi
(sternum)
 
frontal sathda joylash-
gan yassi suyak (32-rasm). Unda 1) yuqorigi qismi – 
to‘sh suyagi das tasi, 2) o‘rta qismi – to‘sh suyagi ta-
nasi; 3) pastki qismi – xanjarsimon o‘siqcha tafovut 
qilinadi.
To‘sh suyagining dastasi
 
uning kengaygan va 
qalin qismi bo‘lib, yuqo ri qismida uncha chuqur 
bo‘lmagan bo‘yinturuq kemtigi,
 
uning yon tomon-
32-rasm. To‘sh suyagi:
1–bo‘yinturuq kemtigi; 2–o‘mrov o‘ymasi; 3–to‘sh
suyagi dastasi; 4, 7–qovur g‘alar o‘ymasi; 5–to‘sh suyagi
tanasi; 6–xanjarsimon o‘siqcha.


80
larida o‘mrov suyagi birikadigan o‘mrov o‘ymasi
 
joylashgan. Un-
dan pastda to‘sh suyagi dastasining yon tomon la ri da I qovurg‘a 
tog‘ayi birikadigan o‘yma bor. Dastaning pastki chekkasida II qo-
vurg‘a uchun yarim o‘yma bo‘lib, to‘sh tanasidagi yarim o‘yma 
bilan qo‘shilib II qovurg‘a o‘ymasini hosil qiladi. Dasta bilan tana 
qo‘shilgan joyda to‘sh suyagi burchagi

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin