Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Dum umurtqalari
(vertebra coccygeae)
 
4–5 ta bo‘lib, odamda 
qoldiq
 
umurtqalar hisoblanadi; ular katta odamda suyaklanib 
uchburchak shaklidagi dum suyagini vujudga keltiradi. U oldin-
ga qarab bukilgan bo‘lib, asosi yuqoriga, uchi esa pastga qara-
gan. I dum umurt qasida dum g‘aza suyagi bilan bo‘g‘im hosil qi-
ladigan uncha katta bo‘lmagan tanadan tashqari dum suyagining 
shoxi ham bor.
Ko‘krak qafasi suyaklari 12 juft qovurg‘a va to‘sh suyagidan 
iborat.
Qovurg‘alar
(costae)
 
12 juft bo‘lib, orqa tomondan ko‘krak 
umurt qalarining tanasiga birikadi (31-rasm). Har qaysi qovurg‘a 
ikki qismdan iborat. Uning orqa uzun qismi suyakdan,
 
oldingi 
qisqa qismi tog‘aydan
 
tuzilgan. Yetti juft (I–VII) yuqoridagi qo-
vurg‘alar tog‘ay qismlari bilan to‘sh suyagiga birikadi va chin qo-
vurg‘alar deb ataladi.
VIII–X juft qovurg‘alar tog‘ayi to‘sh suyagiga yetib bormay, 
yettinchi qovurg‘a tog‘ayiga birikkani uchun soxta qovurg‘alar
 
deyi ladi.
XI–XII juft qovurg‘alar tog‘ayi qisqa bo‘lib, hech qayerga bi-
rikmay qorin mushaklari orasida erkin joylashadi va yetim qo-
vurg‘alar deb ataladi. Har bir qovurg‘aning orqa uchida qovurg‘a 
31-rasm. Qovurg‘a:
1–qovurg‘a burchagi;
2–qovurg‘a do‘mboqchasi; 3–qovurg‘a 
bo‘yinchasi; 4–qovurg‘a boshchasi; 
5–qovurg‘a boshchasining bo‘g‘im
yuzasi; 6–qovurg‘a boshchasining 
qirrasi; 7–qovurg‘a do‘mbog‘ida-
gi bo‘g‘im yuzasi; 8–qovurg‘a tanasi; 
9–qovurg‘a egati.


79
boshchasi bo‘lib, unda ko‘krak umurtqalari tanasidagi qovurg‘a 
chuqurchasi bilan bo‘g‘im hosil qiladigan qovurg‘a boshchasining 
bo‘g‘im yuza si bor. II

X qovurg‘alarning boshchasi ikkita qo‘shni 
umurtqalar bilan birikkani uchun bo‘g‘im yuzasini qovurg‘a bosh-
chasining qirrasi ikkiga ajratib turadi. Bu qirradan qovurg‘a bosh-
chasini ko‘krak umurtqasiga mustahkamlovchi boylam boshlana-
di. I, XI, XII qovurg‘a boshchalari faqat bitta umurt qa bilan bi-
rikkani uchun ularda bu qirra bo‘lmaydi. Boshchadan keyin to-
raygan qovurg‘a bo‘yinchasi,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin