Anatomiya 2014. indd


-rasm. Uzluksiz birlashmalarning turlari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

19-rasm. Uzluksiz birlashmalarning turlari:
А
–sindesmoz; 1–suyak usti pardasi; 2–suyak; 3–tolali biriktiruvchi to‘qima.
B–sinxondroz; 1–suyak usti pardasi; 2–suyak; 3–tog‘ay.
D–simfiz; 1–suyak usti pardasi; 2–suyak; 3–qov suyaklariaro disk;
4–qov suyaklariaro diskdagi yoriq.


68
2. Choklar fibroz birlashmalarning bir turi, ular yordamida 
kalla suyak lari birikadi. Choklar chekkasining tuzilishiga qarab 
uch turga ajratiladi:
a) tishli chokda
 
bir suyakning tishli chekkasi ikkinchi suyak 
tish lari orasiga kiradi. Ularning o‘rtasida biriktiruvchi to‘qima 
qatlami yotadi (tepa suyaklarining o‘zaro birlashuvi);
b) tangasimon chokda
 
bir suyakning chekkasi baliq tangasi ga 
o‘xshab ikkinchi suyak ustiga chiqib turadi (chakka suyagi pal-
lasining tepa suyagi bilan birlashuvi).
d) silliq chokda
 
ikki suyakning tekis chekkalari yonma-yon 
yup qa biriktiruvchi to‘qimali qatlam vositasida birikadi (yuz 
suyak larining o‘zaro birlashuvi).
3. Fibroz birlashmalarning turi gomphosisda
 
bir suyak ikkin-
chi suyakka xuddi mix qoqqandek birikadi (tishlarni jag‘ga birla-
shuvi), bunda tishlar bilan jag‘ o‘rtasida yupqa biriktiruvchi to‘qi-
ma qatlami periodont bor.
II.
 
Sinxondrozda
 
suyaklar o‘zaro tog‘aylar vositasida birlasha-
di (19- b rasm). Bu birlashmalar pishiq, kamharakat va sodda tu-
zilishga ega. Unda elastik tog‘ay bo‘ladi. Bu birlashma tog‘ay bu-
tun hayot davomida qolsa doimiy bo‘ladi. Agar tog‘ay suyaklanib 
birlashib ketsa, suyaklanib birlashish (synos tos)
 
hosil bo‘ladi (du-
mg‘aza umurtqalarining birlashuvi).
Harakatchan birlashmalar yoki bo‘g‘imlar
Harakatchan birlashmalar yoki bo‘g‘imlar
 
nafaqat tuzilishi-
ning murakkabligi, balki vazifasi bilan ham farq qiladi. Bo‘g‘im 
bu a’zo, uning hosil bo‘lishida suyak, tog‘ay va xususiy birikti-
ruvchi to‘qima ishtirok etadi (20-rasm). Bo‘g‘imning tuzilishi-
da asosiy va yordamchi elementlar bor. Aso siy elementlar ham-
ma bo‘g‘im 
larda bo‘ 
lib, ularga suyaklarning bo‘g‘im yuzalari, 
bo‘g‘im tog‘ayi, bo‘g‘im bo‘shlig‘i, bo‘ g‘im xaltasi va sinovial 
suyuq lik kiradi.
Bo‘g‘im yuzalari bo‘g‘im hosil qilish 
da ishtirok qiladigan 
suyaklarda bo‘ladi. 
На
r bir bo‘g‘im eng kamida ikkita bo‘g‘im yu-
zasidan hosil bo‘ladi, ulardan biri turtib chiqqan bo‘lib, bo‘g‘im 
boshchasini, ikkinchisi esa botiq holda bo‘lib, bo‘g‘im chuqur-
chasini hosil qiladi. Turtib chiqqan yuzasi har doim keng bo‘la-
di. Agar suyaklarning bo‘g‘im yuzalari bir-biriga mos kelsa kon-


69
gruentli, shakli yoki kattaligi jihatidan 
mos kelmasa inkongruentli deyiladi.
Bo‘g‘im tog‘ayi
 
0,2–1,5 mm ga-
cha qalinlikda bo‘ladi. Ular asosan gialin 
tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, faqat ba’zi 
bo‘g‘imlarda (chakka-pastki jag‘, to‘sh-
o‘mrov) tolali tog‘ay uchraydi.
Bo‘g‘im tog‘ayining tashqi yuzasi sil-
liq bo‘lib, bo‘g‘im yuzalarini bir-biri-
da sirpanishiga yordam beradi. Bo‘g‘im 
tog‘ayi elastik bo‘lib, harakat qilgan va-
qtda suyaklarni uchlarining lat yeyishdan 
saqlaydi.
Bo‘g‘im xaltasi
 
suyaklarning bo‘g‘im 
hosil qiluvchi uchlari va ular o‘rtasida-
gi bo‘shliqni atrofidan o‘raydi. Bo‘g‘im 
xaltasi bo‘g‘im yuzasining chekkasiga yo-
ki bir oz chetroqqa yopishib bo‘g‘im-
ni germetik yopib turadi. U ikki: fibroz 
to‘qimadan tuzilgan tashqi qavat va ich-
ki sinovial membranadan iborat. Tashqi fibroz qavat
 
tolali birikti-
ruvchi to‘qimadan iborat, unda kollagen tolalari ko‘p bo‘ladi. U 
bo‘g‘im xaltasining mustahkamligini ta’minlaydi. 
Bo‘g‘im xaltasining ichki qavati sinovial parda
 
bo‘g‘im ichida-
gi bo‘g‘im tog‘ayidan boshqa hamma narsani o‘rab turadi. Uning 
tarkibida kollagen va elastik tolalari bor. Ba’zi bir bo‘g‘imlarda 
sinovial parda burmalar hosil qiladi; ular ichidagi yog‘ to‘qima-
si bo‘g‘im bo‘shlig‘i ichidagi bo‘sh joylarini to‘latib turadi. Sino-
vial parda qon, limfa tomir lari va nervlarga boy va juda sezuv-
chan. Sinovial parda bo‘g‘im ichiga sarg‘ish rangli tiniq (sinovial) 
suyuqlik chiqaradi. Suyuqlik bo‘g‘im tog‘aylari yuzasini namlab, 
ishqalanishni kamaytiradi va bo‘g‘imlar harakatini yengillashti-
radi.
Bo‘g‘im bo‘shlig‘i
 
sinovial parda bilan suyaklarning bo‘g‘im 
yuzalari o‘rtasida tor yoriq shaklida bo‘ladi. Uning shakli suyaklar-
ning bo‘g‘im yuzalari hamda bo‘g‘im ichidagi yordamchi element-
larga bog‘liq.
Bo‘g‘imlarning yordamchi elementlariga bo‘g‘im diski, menisk-
lar bo‘g‘im labi va boylamlar kiradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin