66
qichni (parda, suyak) o‘tadi. Bular
birlamchi suyaklar deb ata-
ladi. Boshqa suyaklar uch bosqichni (parda, tog‘ay, suyak) o‘tib
ikkilamchi suyaklar deyiladi. Suyaklanish jarayoni quyidagi to‘rt
turga bo‘linadi:
1. Endesmal suyaklanishda birlamchi suyaklar vujudga keladi.
Bunda bo‘lajak suyakni biriktiruvchi to‘qimasining ma’lum nuq-
tasida os teoblastlar zo‘r berib ko‘payadi va suyaklanish nuqtasini
hosil qiladi. Bu nuqta har tomonga qarab nur shaklida qator-qa-
tor bo‘lib tarqaydi. Biriktiruv chi to‘qimani
yuza qavati periostga
aylanadi va yosh suyakni ustini qoplaydi. Periost hisobiga suyak
qalinlashadi.
2. Perixondral suyaklanish homila hayotining 8-haftasida
me zenximadan hosil bo‘ladigan suyakning tog‘ay shakli paydo
bo‘ladi. Tog‘ayni tashqi tomondan qoplagan tog‘ay
usti parda-
sining ichki qavati yosh suyak hujayralari (osteoblastlarni) ho-
sil qiladi va gialin tog‘ayga aylanadi. Bu osteoblastlar
ko‘payib,
suyak qatlamini hosil qiladi va asta-sekin tog‘ay to‘qimaning
o‘rnini egallab, suyakning zich (kompakt) moddasiga aylanadi.
3. Tog‘ay suyaklanib bo‘lgandan keyin tog‘ay usti pardasi suyak
usti pardaga
aylanadi. Keyingi davrlarda suyaklarni eniga o‘sishi
(yo‘g‘onlashishi) ana shu suyak usti pardasi hisobiga bo‘ladi va
suyaklanishning bu
turi periostal suyaklanish
deb ataladi.
4. Endoxondral suyaklanish tog‘aylar ichida tog‘ay usti parda-
si ishtirokida vujudga keladi. Tog‘ay usti pardasidan tog‘ay ichi-
ga qon tomirlar o‘sib kiradi va tog‘ay yemirila boshlaydi. Qon to-
mirlar bilan birga kirgan biriktiruvchi to‘qimadan osteoblastlar
hosil bo‘ladi. Bu osteoblastlardan paydo bo‘lgan
suyak nuqtasi
tashqariga qarab o‘sib suyakni g‘ovak moddasini hosil qiladi. Bu
xildagi suyaklanishda tog‘aylar to‘g‘ridan to‘g‘ri suyak moddasiga
aylanmaydi, balki ular yemirilgan tog‘ay o‘rnida vu judga keladi.
Dostları ilə paylaş: