Muskul kuchining eng jadal kuchayishi qiz bolalarda 10-12 yoshda, o‘g‘il bolalarda 13-14 yoshda sodir bo‘ladi.
Odamni to‘g‘ri turishini bukuvchi muskullar ta’minlaydi. Belning to‘g‘riligi, to‘g‘ri yelkalar, ochiq ko‘krak qafasi, ko‘tarilgan bosh, ya’ni yaxshi gavda tuzilishi va uni tutishi holati – bu salomatlik va go‘zallik hamda ishchanlik qobiliyati hisoblanadi.
Umurtqa pog‘onasining 3 xil qiyshayishi farq qilinadi.
Umurtqa pog‘onasining kasalligida umurtqa pog‘onasining fiziologik holatdan chiqib, old, yon va orqa tomonga qiyshayishi kuzatiladi.
QADDI-QOMATNING NUQSONLARINI DAVOLASH
— Krovatdagi ko‘rpacha tagiga fanerdan yasalgan taxtacha qo‘yish va unda
bolani orqasi yoki qorni bilan yotishga o‘rgatish;
— o‘z vaqtida ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish;
— sumkani orqaga osib yuradigani bilan almashtirish;
— bolaning ko‘rish va eshitish holatini shifokorga tekshirtirish;
— maktabda sinf rahbari va shifokor bilan tez-tez muloqotda bo‘lish;
Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egiluvchanligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig‘i gorizontal bo‘yicha kursi
suyanchig‘iga bo‘lgan masofa
o‘quvchi gavdasining diametridan
3-5 sm masofa qolishi kerak. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa,
o‘quvchi bukilib o‘tiradi, kamayib ketsa, siqilib o‘tiradi.
Partaning cheti o‘tirgichdan 3-5 sm
o‘tishi maqsadga muvofiqdir.
Partaning yozuv stoli 15-20 gradus
qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu
ko‘rishni engillashtiradi.
O‘quvchi partada to‘g‘ri o‘tirganda qorin va ko‘krak bo‘shlig‘idagi a’zolari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak- muskul apparatiga yuk kam tushadi, ko‘ziga zo‘r kelmaydi.
O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm., sinf doskasi bilan birinchi parta orasi 200 sm, yonbosh devor bilan parta orasi 50 sm va orqa devor bilan oxirgi parta orasi 65 sm bo‘lishi kerak.
Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo‘lishi kerak. Uning o‘lchami sinf sathiga bog‘liq bo‘lib, uzunligi 175 sm dan 300 sm gacha, eni 120sm bo‘lib, boshlang‘ich sinflarda poldan 75-80 sm, yuqori sinflarda 80-90 sm tepaga o‘rnatiladi.
Bolalarda sinf taxtasiga qaraganda boshni faqat bir tomonga engashtirish odati borligi tufayli har bir o‘quv choragi
o‘quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga ko‘chirish tavsiya qilinadi.
A.F.Listov bolani bo‘yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya qiladi, ya’ni bola bo‘yining oldingi
raqami o‘nligidan 5 ni ayirsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo‘yi 148 sm,14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi. Demak, 148 sm buyli bola 9 nomerli partada o‘tirishi kerak. {148cm } 14-5=9
O‘quvchilarning jismoniy mehnatini tashkil etishga doir muayyan gigiena talablari mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va mikroiqlim taalluqlidir.
8 yoshli bola uchun yuk og‘irligi 2 kg dan,
9-10 yoshli bola uchun 3 kg,
10-12 yoshli bola uchun 5 kg,
13-17 yosh oralig‘idagi bolalar uchun 12 kg dan oshmasligi
kerak.
O`quvchilar orasida qad-qomati buzilgan, umurtqa pog‘onasi qiyshaygan bolalar bo‘lsa, maxsus gimnastika mashqlari tayinlash va vrach tavsiyanomasi bo‘yicha davolash zarur.