Mavzu: Pedagogik texnologiyaning ta’lim darajalari
MUNDARIJA:
Muqaddima
Asosiy qism
1§. Pedagogik texnologiya haqida ma’lumot
2§. Pedagogik texnologiya turlari
3§. Pedagogik texnologiya darajalari
4§. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar
MUQADDIMA
Ta’lim–tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ulardan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so`nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan, va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega bo`lgan keng ko`lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o`quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib, ularga o`qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta’sirlar o`tkaziladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida AQSHda paydo bo`lib, 1940-50 yillar o`rtasigacha «Ta’lim texnologiyasi» deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o`qitishga nisbatan qo`llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan, 70- yillarda «pedagogik texnologiya» iborasi qo`llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Dostları ilə paylaş: |