Amaliy mashg`ulot №1 Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari
Reja
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi 3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari 4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) 5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari Mazkur amaliy mashg`ulot insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishi bo`yicha bilimlarni shakllantiradi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy xususiyatlari to`g`risida tasavvurga ega bo`ladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini o`rganishga urg`u beriladi.
Bu mavzuda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib berishga alohida e'tibor qaratiladi.
Asosiy tayanch so`z va iboralar
Amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi chеklangan rеsurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat.
Bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamеntal ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kеngaytiradi.
Birlamchi ehtiyoj –bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan va, shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj.