Topshiriq 2. Iqtisodiyot, ehtiyoj, resurs iqtisodiy kategoriyalariga klaster tuzing
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
1. Nimaniki o`ylagan bo`lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning sifati to`g`risida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to`xtamang. Agar ma‘lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ulguncha davom ettiring.
3. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e‘tibor bermang.
4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikni, bog`liqlikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang
Klaster metodining 4 ta bosqichi boʼlib, u quyidagi algoritm asosida dars jarayonida qoʼllaniladi:
1-bochqich – Doskaga yoki oq varaqqa dars mavzusining o’zak so’zi (tushunchasi) yoki g’oyasi yoziladi;
2-bosqich – Talabalar mazkur so’z (tushuncha) haqida bilgan va yodlariga kelgan barcha narsalarni yozib chiqishadi. Natijada markazdan har tomonga qarab ketgan, shu mavzu bilan bog’liq bo'lgan turli tushuncha, g’oya va faktlarni tasvirlovchi so’z yoki so’z birikmlari hosil bo'ladi. Talabalar aytgan barcha ma’lumotlar tashlab yuborilmasdan doskaga (qog’ozga) yoziladi;
3-bosqich – Doskaga (qog’ozga) yozilganlar bir tizimga keltiriladi. O’qituvchi tomonidan tushuntirilgan o’quv materiali asosida yozilganlar tahlil qilinadi va bir tizimga keltirishga harakat qilinadi. Tarqoq jumlalar birlashtiriladi, xato yozilganlari esa o’chirib tashlanadi;
4-bosqich – Yozilgan tushunchalar o’zaro bog’liqligiga qarab o’zak so’z (tushuncha) bilan tutashtiriladi. Ular birinchi darajali bog’liq yozuvlar bo’ladi. O’z navbatida bu yozuvlar bilan bog’liq ikkinchi darajali yozuvlar ham bo’lishi mumkin. Ular o’zak so’z bilan emas, yozilgan qaysi tushuncha bilan o’zaro aloqadorlikda bo’lsa, o’sha bilan tutashtiriladi va hokazo. Natijada mavzuga oid tushuncha va faktlarning o’zaro bog’liqligini aniqlovchi sxema paydo bo’ladi. Bu sxema mavzu mazmunini sxematik tasvirlab, uni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Topshiriq 4. Toifalash jadvalidan foydalanib quyidagi resurlarni guruhlarga ajrating.
a) tractor
b) ketmon
c) iqtisodiyotni o`rganish
d) etikdo‘zlik ustaxonasi
e) oltin koni
f) o‘rmondagi dorivor o‘simliklar
g) paxtazor
h) poyezd
i) ishchi va dehqon
j) duradgor
k) dastgoh
Topshiriq 5. Ro‘yxatdagi narsalarning qay biri shaxsiy, qay biri ishlab chiqarish ehtiyojlari
turkumiga kiradi:
a) suv havzasi
b) stadion
c) avtobus to‘xtash joyi
d) futbol to‘pi
e) tennis raketkasi
f) kitob
g) paxta hosili
h) qo‘y terisi
i) metal
j) avtomashina
k) uyali telefon
l) bloknot