Muammoli vaziyat:
Iqtisodiy resurlar deganda qanday resurslar tushuniladi?
Cheklanmagan ehtiyojlarni qondirish maqsadida iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishning qanday usullari ommalashgan?
Genetik modifikasiyalashgan (Transgen) mahsulotlar qanday mahsulot turiga kiradi?
Transgen mahsulotlarni iste’mol qilishning qanday salbiy tomonlari mavjud?
O‘zbekistonda transgen mahsulotlarga ehtiyoj bormi?
Fikrlaringizni asoslang
Topshiriq 10. Rasmga nom bering.
Ko’pchiligimiz muzeylarda yoki qadimiy dunyo tarixiga oid kitoblarda ibtidoiy tuzim paytida yashagan odamlar tarafidan qoya va g’orlar ichiga tushurilgan turli suratlarni ko’rganmiz. O’zbekistonimizning turli qismlarida olib borilgan arxeologik qidiruvlar natijasida ham olimlarimiz bu kabi suratlarga ko’p marta duch kelganlar. Surat aynan shunday qoyalarga tushirilgan suratlarga ishora qiladi, lekin qadimiy suratlardan farqli tarafi – ovchi faqat bitta, qolgan odamlar esa do’konlarda ishlatiladigan aravachalar bilan ovchining ortidan ergashib bormoqda. Yuqoridagi sur`atga qanday ta`rif berish mumkin?
Topshiriq 11. Masala.
Aliyevning oilasi bir oy davomida 3200000 so`mlik oziq-ovqat, 2900000 so`mlik nooziq – ovqat mahsulotlarni xarid qilib va 4100000 so`mlik xizmatdan foydalangan. Agar Aliyevning oilasining bir oyda oziq – ovqat mahsulotlariga 3300000 so`mlik, nooziq – ovqat mahsulotlariga 3100000 so`mlik va xizmatlarga 4300000 so`mlik ehtiyojlari bo`lsa, oilaning mahsulot turlari bo`yicha hamda umumiy oilaning ehtiyojni qndirilish darajasini aniqlang.
Topshiriq 12. Masala.
Shokirovning oilasi bir oy davomida 3400000 so`mlik oziq – ovqat mahsulotlarini iste`mol qilishgan. Ushbu oilaning bir oy davomida nooziq – ovqat mahsulotlarini xaridi oziq – ovqat iste`molini 70 % ni tashkil qiladi. Bu oilaning xizmatdan foydalanish hajmi esa sotib olingan tovarlarning 80 % ga teng. Agar Shokirovlar oilasining ehtiyojlarning qondirilish darajasi 95 % ga yetgan bo`lsa, bir oy ichida oila iste`mol uchun qancha mablag` sarflagan?
Topshiriq 13. Masala.
Nazarovning oilasini ehtiyojlarini qondirish darajasi 92 % tashkil qiladi. Agar bu oila ma`lum bir muddatda iste`mol uchun 12000000 so`m sarflagan bo`lsa ehtiyojlarning umumiy darajasi nimaga teng. Iste`mol strukturasi oziq – ovqat mahsulotlariga 52 % nooziq – ovqat masulotlariga 28 % va xizmatlar 20% tashkil qilsa, har bir xarajat elementi bo`yicha sarflangan pul miqdorini hisoblang.
Topshiriq 14. Testlar
Dostları ilə paylaş: |