Amaliy mashg`ulot №2
Mavzu. Ishlab chiqarish omillari va infratuzilmasi
Reja
1. Takror ishlab chiqarish
2. Ishlab chiqarish omillari, ularning tarkibi, o‘zaro bog‘liqligi va birikish usullari.
3. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
4. Ishlab chiqarish infratuzilmasi
Bu amaliy mashg`ulotda mavzu yuzasidan bir-biri bilan uzviy bog'liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab takror ishlab chiqarish fazalari va ularning turlari o`rganiladi, shudan so`ng ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so‘ngra ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun talab etiladigan infratuzilmasi va uning ishlab chiqarishdagi roli o`rganiladi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish
natijalari bo‘yicha ma’lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o‘zaro almashish jarayoni.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish – jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.
Ishchi kuchi - insonning mеhnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisidir.
Ishchi kuchi - insonning mеhnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mеhnat esa barcha omillarning, shu jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi – asosiy ishlab chiqarish sohasiga xizmat qiluvchi, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning normal amal qilishi uchun zarur bo‘lgan umumiy shart-sharoitlarni yaratuvchi va ta’minlovchi ob’ektlar majmuini tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |