1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/51
tarix19.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#186596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Amaliy mashg`ulot №1

Makroiqtisodiyot - milliy iqtisodiyot va uning alohida yirik sektorlari (davlat sektori, ishlab chiqarish sektori va uy xo`jaligi sektori)
Marksizm dеb nomlangan nazariy yo‘nalish o‘zlarining nazariyasida jamiyat
taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon dеb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning
iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kеlish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida
amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.
Megaiqtisodiyot - jahon xo‘jaligi va davlatlararo hududiy tuzilmalar iqtisodiyoti(Yevropa ittifoqi, MDH va boshq.
Mezoiqtisodiyot - hududiy iqtisodiyot va yirik tarmoq hamda tarmoqlararo majmualar (Harbiy-sanoat, agrosanoat majmuasi va h.k.)
Mikroiqtisodyot - tovarlar ishlab chiqaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi va ish bajaruvchi korxona (firma)lar, oila xo`jaliklari hamda alohida bozorlar.
Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko‘rinishdagi nе’matlar vositasida qondiriluvchi
zaruratdir.
Mеrkantilizm oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan
iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo‘ladi,
ko‘payadi, savdoda band bo‘lgan mеhnat unumli mеhnat, boshqa mеhnatlar esa unumsizdir, dеb tushuntirib kеldilar.
Shaxsiy ehtiyojlar – kishilarning pirovard istе’moli uchun mo‘ljallangan mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat.
Sintеz – bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon dеb qarab umumiy xulosa chiqarishdir.
Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish.
Umumiy iqtisodiy qonunlar – kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tеjash qonuni, ehtiyojlarning tеz o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kеlishi qonuni va boshqalar.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin