MAVZU:“Qadimgi Sharqda asotiriy va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi”
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi.
Sharq falsafasi va uyg’onish davri.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida falsafiy tafakkur.
‹Falsafa» atamasining kelib chiqishi va ushbu fanningmazmun-mohiyati. «Falsafa» tushunchasining asoslari bayon qilin- gan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi
«filosofiya» so‘zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglati- shi ta’kidlanadi.
Shu ma’noda, falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‘llarini belgilab beradigan umuminsoniy va uni- versal ilm sohasidir. U qadim zamonlardayoq ‹barcha ilmlar- ning otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘liq mos ekani, jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira oli- shiga bog‘liq.
‹Falsafa» atamasi ‹filosofiya» so‘zining Sharq ijtimoiy tafak- kuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosorya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida ‹do- nishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o‘tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o‘zi va o‘zgarar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko‘zga tashla- nadi. Ammo, Forobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdan- ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.