Ko‘rish faoliyati buzilishlarining og‘ir turlarida birlamchi ko‘rish asablirining buzilishi shart emas. Ko‘zning perefirik bo‘limlari – muguz parda (ko‘z soqqasining eng usti tiniq pardasi), qorachiq, yorug‘likni qabul qiluvchi elementlar va h.k kasallanganda ham ko‘rish qobiliyati yo‘qolishi mumkin. Ko‘zning asab retseptorlariga yorug‘lik yetib kelmasligi oqibatida xira ko‘rish yoki umuman ko‘rmay qolish holatlari paydo bo‘ladi. Ko‘pincha neyroinfeksiya, modda almashinuvining buzilishi, ko‘z shikastlanishi, ko‘z soqqasini anomal rivojlanishi ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga sababchi bo‘ladi.
Traxoma, qorachechak kabi kasalliklar ham ko‘zning ko‘rmay qolishiga sababchi bo‘lgan davrlar ham bo‘lgan.Ammo tibbiyotdagi samarali izlanishlar tufayli bunday kasalliklarga barham berish yo‘llari topilgan.
Ko‘rish qobiliyatining pasayishi ko‘z a’zolarining, masalan ko‘zning muguz pardasi, qorachig‘i, to‘r pardasi shikastlanganda darhol seziladi. Ko‘rish qobiliyatining ko‘rish yo‘llari po‘stloq markazlari bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlar oqibatida pasayishi markaziy ko‘rish shikastlanishi deb yuritiladi.Ushbu jarohatda bemor ko‘ra oladi ammo ko‘rayotgan predmetlarini aniq anglay olmaydi. Masalan, qalam, daftar, kitob yoki soat ko‘rsatilsa ularni nimaga, nima uchun, qayerda ishlatiladi, vazifasi nima ekan degan savollarga mantiqiy javob bera olmaydi. Bunday holatlar psixik ko‘rlik yoki ko‘rish agnaziyasi deb yuritiladi. Ko‘pincha bolalarda harflar ko‘rinishini yoddan chiqarish hollari uchrab turadi, natijada biror matnni o‘qiy olmaslik yoki qiynalib ba’zi harflarni taniy olmay o‘qishdan to‘xtab qolish ham mumkin.
Ranglarni ajrata olmaslik ham ko‘rish qobiliyatining buzilganligidir. Bunday hollarda bolalar ranglarning farqlariga bormaydi, ba’zan esa har qanday rang ko‘k rang bo‘lib ko‘rinaveradi. Pedagogik amaliyotda zaif ko‘radigan bolalarni maxsus maktablarda o‘qitish va tarbiya berish uchun ikki guruhga ajratiladi: ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar.
Ko‘r bolalar.Odatda yorug‘likni umuman sezmaydiganlarni ko‘rlar toifasiga kiritadilar. Vaholanki hayotda umuman ko‘rmaydigan odamlar kamdan-kam uchraydi. Ko‘pincha yorug‘likni juda zaif sezuvchilar kecha va kunduzni seza oladilar , ularda biroz bo‘lsada ko‘rish qobiliyati saqlangan bo‘ladi .Eng yomon ko‘radiganlardagi koeffitsiyent 0,03-0,04 deb qabul qilingan.(normal ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lganlarda ushbu koeffitsiyent 1ga teng deb qabul qilingan). Ko‘rlar uchun saqlangan minimal ko‘rish qobiliyati biroz bo‘lsada atrof-muhitga moslasha olishga yordam beradi. Ammo ularni o‘qitish yoki mehnatga o‘rgatish ishlarini tahlil va eshitish analizatorlari orqaligina amalga oshirish mumkin. Shu sababli ko‘r bolalar maxsus maktablarda teri (barmoqlardagi) va eshitish analizatori orqali tiflopedagoglar yordamida ta’lim oldilar.