Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati Reja


Ko‘ruv agnoziyasi yoki optik agnoziya



Yüklə 26,66 Kb.
səhifə7/9
tarix19.12.2023
ölçüsü26,66 Kb.
#185262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati Reja-fayllar.org

Ko‘ruv agnoziyasi yoki optik agnoziya. Optik agnoziyada bemor atrofdagi narsalarni ko‘radi, lekin tanimaydi, qayta ko‘rganda ham taniy olmaydi. Optik agnoziyaga chexrani tanish agnoziyasi ham kiradi. Chexrani tanish agnoziyasida bemor eng yakin odamining (otasi, onasi, xotini va bolasining) chexrasini ham taniy olmaydi, lekin uning qoshi, ko‘zi qanaqa rangdaligini to‘g‘ri aytib bera oladn. Bu holat bosh miyada analiz jarayoni saqlanib qolganiga qaramasdan, sintez jarayoni buzilganligi belgisidir. Chehrani tanish agnoziyasida bemor buyumlar va harflarni bemalol taniydi, yozish va o‘qish qobiliyatlari ham saqlanib qoladi. Кo‘ruv agnoziyasi bosh miya po‘stlog‘i ensa qismining tashqi tomoni zararlanishi natijasida kelib chiqadi.
Hid va ta’m bilish agnoziyasi. Hidni va tamni ajrata bilish qobiliyatiniig buzilishiga yoki yo‘qolishiga hid va ta’m bilish agnoziyasi deyiladi.
Yozish qobiliyati, uning buzilishi va tekshirish usullari. Yozish qobiliyati so‘zlash faoliyatining murakkab turiga kiradi. Bolaning so‘zlash qobiliyati avtomatik ravishda rivojlana boradi, yozish qobiliyati esa, ancha keyinroq o‘rganish natijasida taraqqiy etadi. Bola boshlang‘ich sinflarda yozayotgan so‘zlariniig harflarini fikrlab, ongli ravishda artikulyatsiyalaydi va analiz qiladi. Lekin kishi ulg‘aya borgan sari, yozish qobiliyati ham avtomatlashib boradi.
Yozish qobiliyatiniig saqlanishi bir necha asoslarga bog‘liq, masalan, harflarni artikulyatsiya qilish, fonemalarni eshitish, eshitilgan tovushlarni analiz qilish, fonemalarni ko‘ruv va qo‘l harakatlari vositasida harflarga aylantirish shular jumlasiga kiradi. Shu kompleksning bironta zvenosi chiqsa, darhol yozish qobiliyati buziladi. Yozish qobiliyatiniig buzilishi agrafiya deb ataladi.
Yozish faoliyatining buzilishi topik diagnostika uchun katta ahamiyatga ega, chunki u bosh miya chap yarim sharlarining qaysi qismi zararlanganligiga qarab har xil ko‘rinishda ro‘y beradi.
Tekshirish usullari:
a) birinchi usulda bemordan ayrim harflarni ko‘chirnb yozish iltimos qilinadi. Agar bemorda ko‘rish gnoziyasi yoki uning o‘ng qo‘lida erkin harakat buzilgan bo‘lsa, bu ishni bajara olmaydi;
b) ikkinchi usulda bemordan aytilgan so‘zlar yoki gaplarni yozish suraladi. Sensor afaziyaga yoki akustiko mnestik afaziyaga uchragan bemor bu topshiriqni bajara olmaydi. Uning analiz va sintez qilish qobiliyati buzilganligi sababli bemorning yozuvida ikki xil – verbal va literal parafaziya uchraydi, ya’ni u yo so‘zlarda harflarni tashlab ketadi yoki harflarni almashtirib yuboradi;
v) uchinchi usul avtomatik yozish qobiliyatini tekshirish kiradi. Bunda bemordan uiga juda tanish bo‘lgan so‘zlarni yozish so‘raladi, masalan, «olma», «koptok», «paxta» va xokazo. Kinetik, ya’ni efferent afaziyaga uchragan bemor bu topshiriqni bajara olmaydi. Uning xatida ortiqcha chiziqlar uchraydi yoki bitta harfni bir necha martalab qaytaraveradi (perseveratsiya) yoki xatning oxirgi bug‘imlarini juda maydalashtirib yuboradi (mikrografiya);.

Yüklə 26,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin