«Ra’noning ismi jismiga yohud husniga juda muvofiq tushgan
edi… bu go’zal qiz och ra’no gulining tusida yoki oq-sariq tusida
yaratilgan edi…sochi gungurt – qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora
ko’rinsa ham, quyoshda bir oz sarg’ish bo’lib ko’rinar edi… jodu
ko’zi kishiga qattiq qaraganda, qoralikdan boshqacha yana bir turli
qizg’ish nur sochar edi. Kipriklari ostida nafis bir surma doirasi bor
edi. Qoshi tutashgan kabi ko’rinsa ham, ko’ndalang yotgan ikki
qilich orasini nafis bir quyilib ko’tarilish ajratib turar edi. Burni
hech bir munaqqidga berishmaslik mutanosib, har zamon uyalish
tabassumiga hozir turgan nafis erinlarining yuqorigi qismida sezilar
sezilmas tuklar ko’kargan edi. Yuzi cho’ziq emas, oykulcha deb
ham bo’lmas; kishiga kulib qaraganda qizil olma ostlarida ikkita
zamma ravishlik shakl hosil bo’ladi, go’yo bizga chin ra’no guli
ochilgan holatda ko’rinar edi. Sochlari juda quyuq, sanoqsiz
kokillari orqa-o’ngini tutib yotar, qaddi uzunlik bilan qisqalikning
o’rtasi, do’ndiq barmoqlarining jimjilog’ida xina gullari; har holda,
bu qiz yolg’iz Qo’qondagina emas, umuman Farg’onaning
kuylariga qo’shilib maqtalaturgan edi».
Ra’no maktabda Alisher Navoiy, Amiriy, Fazliy, Sa’diy, Xo’ja
Hofiz, Mirzo Bedil asarlarini, «Devoni Fuzuliy», «Layli va
Majnun» dostonlarini, arab tili gammatikasini o’qib, o’rgandi. U
o’zi yaxshi ko’rgan shoirlar she’laridan to’plam tuzadi, o’zi ham
she’rlar yozib mashq qiladi.
Ra’no otasi maxdum ziqnaligi, xasisligidan qattiq ranjiydi,
otasining yaramas xislatlari unda norozilik, g’azab uyg’otadi.
"Mehrobdan chayon"ni o'qib tugatdim. Menga juda yoqdi👏👏👏. Aytganingizdek, Anvar va Ra'noning bir-biriga bo'lgan chin sevgisiga amin bo'ldim. Ikkisi ham jasoratli, mard, o'z sevgisi uchun hayotini qurbon qilishga tayyor yoshlar. Anvarning halolligi, xushmuomala ekanligiga, ayniqsa, har bir gapini chuqur mulohaza bilan o'ylab gapirishiga qoyil qoldim(hozirgi yigitlar og'zidan qanday gap chiqqanini o'ylab ko'rishmaydi, qizlar bilan qanday muomala qilishni bilishmaydi😏). Ra'no haqiqiy jasorat egasi. Agar shu jasoratga qo'l urmaganida balki sevgilisi bilan birga bo'la olmasmidi deb o'ylab qoldim. Hozirgi qizlar ibo, hayoni, andishani, Ra'nodan o'rgansa naqadar ajoyib bo'lur edi. Ha mayli, inson kezi kelganda tavakkalga ham qo'l urib turishi kerak ekan, gohida tavakkaliga qilingan ish ham insonning bir umrlik baxtiga sababchi bo'lar ekan.❤️Ikki sevishgan birga bo'lishi uchun faqat bir tomon harakat qilishi kerak emas, har ikkalasi baravariga harakat qilishi kerak. Asarda Ra'no yig'lab o'tirib achchiq qismatiga rozi bo'lib ketishi ham mumkin edi, lekin qarab o'tirmadi, tavakkaliga o'z sevgilisi bilan birga bo'lish uchun buyuk bir jasoratga qo'l urdi. O'rnak olsak arziydi.Tóg'ri aytasiz: Ra'no qismatiga shu davrning zulm-zòravoni, taqdirim shunday bòlishi kerak ekan, deya kònib ketaverishi mumkin edi . Lekin u juda uzoq davom etgan qora tundan keyin porlab chiqqan quyosh bòldi, ehtimol , savodli qiz bòlgani, kòp mutolaa qilgani ham sababchidir. Ammo baribir ular tòģri ish qilishdi. Xonni deb o'z umrlarini, sevgisini🥰🥰🥰 xazon qilishmadi. Asar asosida suratga olingan filmni ham tomosha qilishingizni maslahat beraman, ya'nikim óqigan Anvar va Ra'noyingizni aniq filmda kórasiz. Bu aniq 🤗🤗🤗🤗
Dostları ilə paylaş: |