Ishlab chiqarishni xavsiz boshqarishda riskni qonuniy asoslari



Yüklə 99 Kb.
səhifə1/6
tarix14.10.2023
ölçüsü99 Kb.
#155017
  1   2   3   4   5   6
Ishlab chiqarishni xavsiz boshqarishda riskni qonuniy asoslari


Ishlab chiqarishni xavsiz boshqarishda riskni qonuniy asoslari


Reja:



  1. Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati

  2. Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari

  3. Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish

  4. Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari



Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati
Ob'ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo rivojlanishda va harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir. Shunga binoan boshqaruv ham ikki asosiy turga bo’linadi:

Boshqarishning bu turlaridan har biri, o’z navbatida, bir necha xillarga bo’linadi. Masalan, jonli tabiatni boshqarish:

  • jamiyatni boshqarish;

  • jamoat tashkilotlarini boshqarish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish;

  • xodimlarni boshqarish kabilarga bo’linadi.

Boshqaruv ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob'ekti zaruriy unsuridir. Binobarin, har qanday nisbatan katta miqyosda amalga oshiriladigan bevosita ijtiomiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat idora qiluvchiga ma'lum darajada muhtojdir. Bu idora qiluvchi yakka ishlar o’rtasida uyg’unlik o’rnatadi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun ishlab chiqarish organizmining harakatidan kelib chiqadigan funktsiyalarni bajaradi.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi. Bunday boshqarishda ikki tomon:

  • ijtimoiy-iqtisodiy;

  • tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi. Bu har ikkala tomonlar o’zaro bog’liqdir, lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtiomiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta'sir ko’rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning mehnatini boshqarishdir.

Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko’ra boshqaruv: sanoat ishlab chiqarishini, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini, transportni, savdoni va hokazolarni boshqarishga bo’linadi.
Hududiy boshqarish darajasiga ko’ra boshqaruv: tuman viloyat, mamlakat miqyosidagi ishlab chiqarishni boshqarish turlariga bo’linadi.
Boshqarishga korxona nuqtai nazaridan quyidagicha ta'rif berish mumkin.

Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin