113
me dial va lateral to‘piqlarning bo‘g‘im
yuzalari bilan oshiq suya-
gi g‘altagi bo‘g‘im yuzalari ishtirok etadi. O‘zaro birikkan boldir
suyaklarining pastki uchi oshiq suyak g‘altagini xuddi ayri kabi ikki
yon va ust tomondan o‘rab turadi.
U tuzilishi jihatidan murakkab,
shakl jihatidan g‘altaksimon bo‘g‘im bo‘lib, bo‘g‘im xaltasi boldir
suyaklarining oldingi yuzasida va oshiq suyakning bo‘g‘im tog‘ayi-
dan 5–8 mm oldinroqqa birikadi. Orqa va yon tomonda bo‘g‘im
tog‘ayi chizig‘i bo‘ylab birikadi. Bo‘g‘im xaltasi old va orqa to-
monda yupqa hamda bo‘sh, yon tomonda
esa qalin va mustahkam
burmalar hosil qiladi. Bo‘g‘imni mustahkamlovchi boylamlar aso-
san yon yuzalarda joy lashgan. Bo‘g‘imning me dial yuza sida joy-
lashgan qalin va pishiq medial yonlama boylam medial to‘piqdan
boshlanib, pastga tomon kengayib to‘rt bo‘lakka bo‘linadi.
Uning
qayiqsimon suyakka birikadigan katta boldir-qayiqsimon,
Dostları ilə paylaş: