123
zasi burun bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lsa,
tashqi yuzasi chakka osti
chuqurchasiga qaragan.
Qanotsimon o‘simtaning asosida oldindan orqaga yo‘nalgan
qanotsimon kanal,
uning oldingi chekkasida yuqoridan pastga to-
mon qanotsimon-tanglay egati
o‘tadi. Qanotsimon o‘simta ikki:
medial va lateral plastinkadan
iborat.
Old tomonda plastinkalar
birikkan. O‘sim ta plastinkalari orqa tomonda bir-biridan uzoq-
lashadi va ularning o‘rtasida qanotsimon chuqurcha
hosil bo‘la-
di. Pastga tomon ikkala plastinka o‘zaro qanotsimon kemtik
bi-
lan ajralgan. Qanotsimon o‘simtaning
medial plastinkasi nisbatan
ingichka va uzunroq bo‘lib, uchida ilmoqsimon o‘simtasi bor.
Chakka suyagi
(os temporale) bir juft bo‘lib (65-, 66-rasm),
murakkab tuzilgan. U kallaning yon devori va asosini hosil qilish-
da ish tirok etadi, ichida eshituv va muvozanat a’zosi joylashgan.
Chakka suyagi ensa, tepa suyakka
qaragan va ponasimon suyak-
ka qaragan qirralar vositasida qo‘shni suyaklar bilan birlashadi.
U old tomondan ponasimon, yuqoridan tepa va orqadan ensa
suyaklari o‘rtasida joylashib, pastki jag‘ suyagi bilan bo‘g‘im
hosil
qiladi. Chakka suyagi to‘rt: palla, nog‘ora, piramida yoki toshsi-
mon qism va so‘rg‘ichsimon o‘simtadan iborat. Bular o‘zaro biri-
kib tashqi eshituv yo‘lagini hosil qiladi.
Chakka suyagining palla qismi
tashqariga qavargan plastinka
bo‘lib, yuqori chekkasi tepa suyagi
va ponasimon suyakning kat-
ta qanoti bilan tangasimon chok hosil qilib birikadi. Uning tash-
qi yuza si
Dostları ilə paylaş: