Anatomiya fani



Yüklə 126,5 Kb.
səhifə2/10
tarix10.05.2023
ölçüsü126,5 Kb.
#110675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
анатомия-фани-тарихи

Topografik anatomiya esa a'zolarning tuzilishi, shaklidan tashqari ularning o’zaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o’rganadi.
Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyusion rivojlanish asoslariga bog’lab, atrof-muhit ta'sirida shakllanish qonuniyatlari bilan birgalikda o’rganadi. Ularning yoshga, yashash sharoitiga va vazifalariga qarab rivojlanishini esa dialektik qonuniyatlarga asoslangan holda o’rganadi.
Bulardan tashqari, anatomiya mayib-majruh bo’lib tug’ilgan bolalar organizmining tuzilishini (teratologiya yunoncha - teraios), bola tug’ilgandan boshlab qarilik davrigacha bulgan vaqtdagi organizmdagi morfologik o’zgarishlarni ham (yoshga qarab) o’rganadi. Organizmning kasallik davridagi anatomiyasini esa patologik anatomiya (patos - xastalik, azob chekish), shu bilan birga muskullarning qisqarishini (dinamikasini) dinamik anatomiya yoki
sport anatomiyasi o’rganadi.

ANATOMIYANI O”RGANISh USULLARI


Asosiy o’rganish usullarini bilmay turib anatomiyani bilish va u haqda yetarli ma'lumot olish mumkin emas.


Odam anatomiyasini murda ustida o’rganish lozim. Lekin ayni vaktda tibbiyot xodimlarining tirik odam bilan munosabatda bulishini ham e'tiborga olmoqlik darkor. Odam organizmi va a'zolarining tuzilishi, topografiyasi murda ustida o’rganilganda turli usullardan foydalaniladi, Tirik odamlarda esa mavjud bo’lgan texnika vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo’llanib o’rganiladi.
Bular quyidagilar:
1 Antropometrik usulda gavdaning uzunligi, kengligi va og’irligi o’lchanadi, olingan ma'lumotlar organizmning ayrim bulaklariga taqoslanib, o’sishi yoki o‘zgarishi kuzatib boriladi.
2. Kesib ochish yuli bilan preparatlar (preparate) yasash usuli.
3. Arralash usulini birinchi marta N.I. Pirogov qo’llagan. U dastlab murdani qattiq, muzlatib, sungra o’rganish kerak bulgan organizm bulagini qavatma-qavat qilib arralagan. Bu usulda a'zolar topografiyasini aniqrog’ o’rganish mumkin
4 In'eksiya usuli (injectio - lotincha quyaman) - ichi kavak a'zolarga, qon tomirlarga turli xil kimyoviy buyoklar yuborib o’rganiladi.
5. . Yoritish, ravshanlashtirish usuli. Buning uchun a'zoni birorta kislota yoki ishqor suyuqligiga solib kuzatiladi. Vaqt o’tishi bilan har xil to’qimalar nurlarning turlicha sinishi natijasida bir-biridan ajralib ko’rinadi
6. . Korroziya yoki yemirish usuli - ichi bo’sh a'zolar ichi tez qotadigan modda bilan to’ldirilib, so’ngra uni turli kislota yoki ishkorlar suyuqligiga solinsa, a'zo to’qimalari yemiriladi va bo’shlig’iga yuborilgan modda a'zolar shaklini saqlab qoladi
7. Rentgen nuri yordamida o’rganish usuli. K. Rentgen nuri kashf etilgandan buyon (1895) qo’llaniladi. Bu usul tirik odam tuzilishini o’rganishga keng imkon beradi. Rentgen nurlari yordamida suyaklar tuzilishini, ayniqsa uning taraqiy etishini kuzatish mumkin. Ichi kavak a'zolar rentgen nurlarini ushlab qololmaydi. Shuning uchun ularga rentgen nurini tutib qoluvchi kimyoviy moddalar yuborib, ekranda ko’rish (rentgenoskopiya) yoki rasmini
olish (rentgenografiya) yuli bilan o’rganiladi.
8. Paypaslab (palpatio) o’ganish usulu .
9. Perkussiya (percussio - barmoq yoki bolg’acha bilan urib aniqlash usuli .
Bu ikki usul kasalni kurish paytida qo’llanilib, a'zo chegaralarini urganishda keng foydalaniladi.

10. Auskul'tasiya (auscultatio - eshitib k¢rish) usuli - maxsus eshituv asboblari yordamida a'zolar (yurak va o’pka)ning ishlab turgan paytidagi tovushi eshitiladi. Bu usul a'zolarning normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yordam beradi.


1. Mikroskopda ko’rib urganish usuli. Bu usulda a'zolarning nozik tuzilishlari maxsus buyoklar bilan buyalib, mikroskoplar yordamida o’rganiladi.

ANATOMIYA FANINING QISQAChA TARIXI


Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Ammo qadim zamonlarda hukm surgan diniy aqidalarga ko’ra, murdalarni kesib o’rganish gunox hisoblangan. Shuning uchun murdalarni kesib o’rganishga intilganlar xatto o’lim jazosiga ham


xukm etilgan. Binobarin, odam organizmini yorib o’rganish ilmiy tibbiyot davridan ancha keyinroq boshlangan. Lekin qadimiy Misrda va Vavilonda eramizdan III - II ming yil oldin ko’zga kuringan shaxslarning murdalarini mumiyolash odat bulganligi sababli, ba'zi bir a'zolarning tuzilishi tug’risida yuzaki bulsa ham ma'lumotlar bo’lgan. Jumladan, xind tabibi Bxaskara Bxatshe eramizdan avvalgi X asrga mansub bo’lgan. "Anatomiya targ’iboti" asarida a'zolar, muskullar, qon tomirlar va nervlar tug’risida yuzaki ma'lumotlarni to’plagan.
Anatomiyaning haqiqiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlakatidan boshlangan. Yunonistonda ruxoniylar hukmron bulganligi tufayli kupgina fanlar qatori tibbiyot fani ham yaxshi rivojlangan: jumladan, Kos va Knidos maktablari tashkil etilgan. Bu maktablarda boshqa
olimlar bilan bir qatorda Gippokrat, Pifagor, Arastu (Aristotel) kabi allomalar ham tarbiya topganlar.
Buqrot (Gippokrat) (eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan) - tibbiyot sohasida o’zigacha bo’lgan ma'lumotlarni to’plagan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta asar yozgan. Tibbiyot fanida bu qo’llanmalardan 2000 yil mobaynida foydalanib kelindi. Buqrot yurak va qon tomirlar tuzilishi tug’risida ham ma'lumotlar bergan, ammo nervlarni paylardan ajrata olmagan.
Arastu (Aristotel) (eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan) Yunonistonning atoqli olimi, faylasufi va anatomi. U nervlarning paylardan farqi borligini isbotlagan. Qon tomirlar yurakdan boshlanishini va "aorta"ni birinchi marta aniqlagan.

Yüklə 126,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin