Anatomiya fani



Yüklə 126,5 Kb.
səhifə3/10
tarix10.05.2023
ölçüsü126,5 Kb.
#110675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
анатомия-фани-тарихи

Gerofil (taxminan eramizdan oldingi 300-yilda tug’ilgan) - Aleksandriya shahrida o’qigan va saroy tabibi bo’lib ishlagan. Gerofil a'zolarning ichki tuzilishiga qiziqib, ularni birinchi marta kesib o’rgangan (anatomiya - anatomeo, ya'ni "kesaman", "yoraman") so’zi ham ana shundan kelib chiqqan. Olim ko’prok muskullarni, yurakni, qon tomirlar va periferik nerv sistemalarini o’rganib, birinchi bo’lib xarakatchan va sezuvchan nervlarni aniqlagan.
Antik davrda tibbiyot va jumladan anatomiya fani unchalik rivojlanmagan. Shunga qaramasdan qadimiy Rimda Ruf, Jolinus (Galen) kabi olimlar yetishib chiqqan, bular tarixda birinchi bo’lib anatomiyaning lotincha atamalarini tuzishgan.
Jolinus Xakim (Klavdiy Galen, 130-210) - anatomiya, fiziologiya, falsafa va biologiya fanlarini mukammal o’rgangan. Olim Aflotun va Arastuning idealistik g’oyalarini quvvatlab, organizm o’z vazifalarini uch xil rux orqali bajaradi: birinchisi - jigarda paydo bo’lib, venalar orqali, ikkinchisi - yurakda paydo bo’lib,arteriyalar vositasida organizmga tarqaladi, uchinchisi esa miyada paydo bo’lib, nervlar orqali organizmning barcha qismlarini idora qiladi, degan xulosaga kelgan. U suyaklar, muskullar, bosh va orqa miya anatomiyasini o’rgangan.
Jolinus hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o’rganib, arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini birinchi bo’lib isbotlagan. U davrda odam anatomiyasini murdalarda o’rganish mumkin bo’lmaganligi tufayli olim odam a'zolari anatomiyasini hayvonlarda o’rganishga majbur bo’lgan. Shu boisdan Jolinusning odam organizmining tuzilishi xaqidagi ma'lumotlari xatolardan xoli emas.
O’rta (V - XI) asrlarda dinning fan rivojiga to’siqinlik qilishiga qaramasdan o’rta Osiyoda bir qancha mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri buyuk alloma Abu
Ali ibn Sinodir (980-1037). U falsafa, adabiyot, matematika, kimyo, astronomiya, musiqashunoslik va tibbiyot bilan shug’ullangan. U Buxoro shaqri yaqinidagi Afshona. Qishlog’ida tug’ilgan. Dastlabki ilmni Buxoroda olgan va 17 yoshlik chog’idayoq ko’pgina fanlarni mukammal egallagan.
Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo’lib xizmat qilgan. Tibbiyotdagi misli ko’rilmagan buyuk va ajoyib xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mashxur etgan.
Ibn Sino 100 dan ortiq asar yaratgan, bulardan eng kattasi - "Tib qonunlari" 1000- yillarda yozilgan. Kitob 5 jildli bo’lib, birinchi tomi anatomiya va fiziologiyaga bag’ishlangan. Ibn Sino o’zining bu buyuk va o’lmas kitobida tibbiyot soxasidagi dunyoda bo’lgan barcha
ma'lumotlarni to’plabgina qolmasdan, o’z kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari bilan fanni
yanada boyitgan. Kitob turli tillarda qayta-qayta nashr qilingan, dunyodagi xamma mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq muddat ichida tibbiyot bilim yurtlarida asosiy o’quv qullanmasi bo’lib xizmat qilib kelgan va xanuzgacha hizmat qilmoqda.
Ibn Sino organizmni o’rganishda odam konstitusiyasiga birinchi bo’lib e'tibor berdi. "Tib qonunlari" tomlarida ichki kasalliklar, xirurgiya, farmakologiya, gigiena va
tibbiyotning boshka qismlari tug’risida batafsil ma'lumotlar berilgan. "Tib qonunlari" o’zbek tilida birinchi marta 1954-1956 yillarda Toshkentda bosilib chiqqan.

Yüklə 126,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin