O’zbek modulini yillar davomida bosqichma – bosqich amalga oshirilishi:
To‘rtinchi bosqich – 1995-1999 yillar. Bu davrda aholi tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini, olib borilayotgan islohotlar real yo‘nalish va shaklga ega ekanligini anglab etdi. CHunki o‘zbek modeli islohot o‘tkazish usullari hamda dasturlarni amalga oshirish mexanizmlari talab darajasida ekanligini ko‘rsatdi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab chet el ekspertlari O‘zbekiston tanlagan yo‘lni Janubi-SHarqiy Osiyoning industrial mamlakatlarida olib borilgan islohotlar yo‘nalishiga o‘xshata boshladilar. YAngi tovarlar va texnologik taraqqiyotga ehtiyojning o‘sishi iqtisodiyotda yuqori texnologik tarmoqlar ulushining o‘sishiga olib keldi. Bu davrda ayniqsa kimyo va neftkimyo, farmatsevtika sanoatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi ko‘zga tashlandi. Qator strategik sohalarning, xususan don va energetika mustaqilligi ta’minlandi. Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllandi.
Beshinchi bosqich – 1999 yildan boshlanib 2010 yilgacha davom etdi. Import o‘rnini bosuvchi va ommaviy eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizimni to‘la hajmda shakllantirish, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning faollashuvi bu davr amalga oshirilgan islohotlarning asosiy belgisi bo‘ldi. Avvalgi bosqichlar doirasida mamlakat iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarning barpo etilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarining amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlar o‘z natijasini berdi. Ayniqsa mamlakat qishloq xo‘jaligida to‘liq fermerlik tizimiga o‘tish g‘oyasi aynan shu bosqichda amalga oshdi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy asoslari, strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, muammolari va ularning hal etilish yo‘llari haqida Prezidenti Islom Karimovning ushbu asarlarida ifodasini topdi:
“O‘zbekistonning o‘z istiklol va taraqqiyot yo‘li”
“O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat”
“O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”
“O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”