Andijon davlat chet tillari instituti



Yüklə 3,38 Mb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü3,38 Mb.
#169230
1   2   3   4   5
Uzb History theme 5 with neo

- Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyulda, hukumat majlisida nutq so‘zlab, respublikada vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ob’ektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”


!O‘zbekistonning yangi tarixida birinchi das­­tur 1990 yil oktyabr oyida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining uchinchi ses­siyasida qabul qilindi, u “O‘zbekiston xalq xo‘jaligini barqaror­lash­tirishning asosiy yo‘nalishlari va bozor iqtisodiga kirib bo­rish­ning tamoyillari”, deb nomlanadi.

“O‘zbekiston xalq xo‘jaligini barqaror­lash­tirishning asosiy yo‘nalishlari va bozor iqtisodiga kirib bo­rish­ning tamoyillari”


Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
_________________________________________________________________________________
Aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;
Respublika fuqarolarining hamjihatligini ta’minlash, millatlararo do‘stona munosabatlarni mustahkamlash;
O‘zbekistonning boshqa respublikalar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng huquqli va o‘zaro manfaatli asosda qayta qurish;
Boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtiso­diy, ya’ni manfaatni hisobga oladigan boshqarish usullariga o‘tish;
Moliya-kredit va soliq tizimini qayta ko‘rib, iqtisodiy taraq­qi­yot­­ni ta’minlovchi yangi moliyaviy vositalarni ishga solish;
Turli-tuman mulkchilik va har xil xo‘jalik yuritishga o‘tish;
Suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish;
O‘z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chi­qa­rish­ni bir yoqlama rivojlanishiga chek qo‘yib, bu ishlarning kompleks borishini ta’min­lash.

Islohot quyidagi 3 - bosqichda amalga oshirilishi kerak edi:


Birinchi bosqich – iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulotda tadbirlarni 1990-1992 yillarda amalga oshirish va is­lo­­hotlarga ilk qadam qo‘yish;
Ikkinchi bosqich – 1992-1993 yillarda bozor iqtisodining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish;
Uchinchi bosqich 1994-1996 yillarda bozor mexanizmini, ya’ni yan­gi­cha xo‘­jalik yuritish usullarini keng quloch yoydirish.
*Bu dastur yetti yil davomida O‘z­be­kis­ton­da bozor iqti­so­dini shakllantirishni nazarda tutgan bo‘lib, uni siyosiy mustaqillik yo‘lidan qaytmagan holda, sobiq ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu dastur amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat’i nazar, O‘zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan o‘z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda O‘zbekiston va respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir.

Yüklə 3,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin