Andijon Davlat Tibbiyot Instituti 228 a-guruh Talabasi



Yüklə 102,65 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.02.2023
ölçüsü102,65 Kb.
#84924
untitleddesign original



Andijon Davlat Tibbiyot 
Instituti 228 A-Guruh Talabasi 
XOLIQOV ABDUXOLIQNING 
Anatomiya Fanidan 
Tayyorlagan Mustaqil Ishi 
Mavzu: Qorin pardaning tuzilishi va 
uning qorin bo’shlig’i a’zolariga 
munosabati. Sinuslar, xaltalar, 
cho’ntaklar, ularning jarrohlik 
amaliyotidagi ahamiyati.


R E J A :
1. Qorin Pardaning Tuzilishi 
2. Qorin Pardaning Qorin boʻshligʻi Aʼzolariga Taʼsiri 
3. Qorin Sinuslari
4. Qorin Haltalari 
5. CHoʻntaklar 
6. Ularning Jarroxlik Amaliyotiga Ahamiyati 


Q o r i n P a r d a n i n g T u z i l i s h i
Qorin pardasi - odam va hayvonlar qorin boʻshligʻi devorlarini ichki tomondan qoplab, uning 
ichidagi aʼzolarni oʻrab turadigan yupqa seroz parda. Qorin pardasining tashqi qavati 
mezoteliydan hosil boʻlib, birikti-ruvchi tolali toʻqima esa uning asosini tashkil etadi. Qorin 
pardasi ichki aʼzolarni oʻrab turuvchi visseral varaq va qorin devorini oʻrab turuvchi pariye-tal 
varaqdan iborat. Normal holatda varaklar oʻrtasidagi boʻshliqda seroz suyuqlik boʻladi. Qorin 
pardasi shu suyuqlik bilan namlanib turgani uchun qorin boʻshli-gʻidagi aʼzolar birbiri bilan 
ishqalanmaydi. Qorin pardasining tashqi boʻshligʻida yogʻ toʻqimalari, buyrak, buyrak usti bezi va 
siydik yoʻli joylashgan. Qorin pardasi bu aʼzolarni faqat oldingi yuzasinigina qoplab turadi. Ichki 
aʼzolar Qorin pardasi bilan har tomonlama (intra-peritoneal), uchala tomondan 
(mezo-peritoneal) yoki bir tomonlama (ekstraperitoneal) oʻralishi mumkin. Qorin pardasi ichaklar 
uchun tutqichlar hosil qiladi; ular oraligʻida yogʻ toʻqimalari, limfa tugunlari va qon tomirlar 
joylashgan. Qorin pardasi qorin boʻshligʻidagi aʼzolar oldida yogʻ qatlami — charvint hosil qiladi. 
Qorin pardasi hujayralari himoya xususiyatiga ega boʻlib, ular baʼzi kasalliklar (appenditsit, 
meʼda yarasining yorilib ketishi va boshqalar) da hamda operatsiyalarda qorin boʻshligʻiga 
tushgan mikroblarni nobud qiladi. shikastlanishlarda, ayrim operatsiyalar (mas, appenditsit) 
kechiktirilganda Qorin pardasining yalligʻlanishi — peritonit kuzatiladi


Q o r i n S i n u s l a r i 
Qorin parda hosilalari
Qorin pardoning devor oldi varogi qorin devorlarini ichki tarafdan o’rab, bir qator burmalar, turli xil 
chuqurchalar va do’mboqliklar, visseral varog’I esa cho’ntaklar va boylamlar, duplikatorlar, charvilar, 
tutqichlar va tehiklar hosil qiladi.
Qorin pardoning devor oldi varog’I qorin devorlarini ichki tomonidan qoplab, qorin bo’shlig’ining yuqori 
devorida bir teksda diafragmani qoplaydi. Umurtqa pog’anasining yon tomonlarida qorinning orqa devorida 
ikki tarafda buyraklarni qoplab, buyrak do’ngliklarni hosil qiladi. Bundan tashqari, umurtqa pog’onasidan 
o’ngda qorin pardoning devor oldi varog’I yana bir varonkasimon ko’tarilmani beradi, bu ko’tarilma bu yerda 
joylashgan o’n ikki barmoqli ichak tushuvchi qismining joylashishiga bog’liq bo’ladi.
Qorin pardoning devor oldi varog’I qorin bo’shlig’ining orqa devorini to’liq qoplamaydi: diafragma muskul 
sohasining o’ng tarafdagi bir qismi, ya’ni jigar o’zining orqa yuzasi bilan diafragmaga o’sib birikkan joyi( pars 
nuda) qorin parda bilan qoplangan.
Qorinning oldingi devorida bir qancha burmalar ko’rinadi: qovuqning yuqori qismi va kindik o’rtasida –o’rta 
kindik burmasi (plica umbilicis mediana) va yon kindik – qovuq burmalar ham pastga, qovuqning 
yonboshiga yo’naladi, jigarning cavus sagittal egatiga yo’nalgani- jigarning yumoloq boylamidir.


Q o r i n c h o ’ n t a k l a r i
Qorin bo’shlig’ining pastki qavatida quyidagi cho’ntaklar 
vabo’rtmalar joylashgan.
1) C-simon ichak oraliq bo’rtmasi-Csimon ichak 
sirtmog’idagi chuqurcha ko’rinishida bo’ladi.
2)O’n ikki barmoqli ichak-och ichak cho’ntagi –qorin 
pardoning 2burmasi orasida joylashgan bo’lib, ichki qorin 
parda orqasi churralari yoki treys churralarining hosil 
bo’lishida kata ahamiyatga ega.
3)yuqorigi va
4)pastki yonbosh - ko’richak cho’ntagi
5)Ko’richak orqasida yoki retrosekal cho’ntak, yo’g’on 
ichak boshlanish qismining orqasida bo’lib oldindan qorin 
pardoning visseral varog’I bilan, orqadan uning pariyetal
varog’I bilan chegaralangan.


E ʼ t i b o r i n g i z u c h u n r a h m a t 

Yüklə 102,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin