Andijon Davlat Tibbiyot
Instituti 228 A-Guruh Talabasi
XOLIQOV ABDUXOLIQNING
Anatomiya Fanidan
Tayyorlagan Mustaqil Ishi
Mavzu: Qorin pardaning tuzilishi va
uning qorin bo’shlig’i a’zolariga
munosabati. Sinuslar, xaltalar,
cho’ntaklar, ularning jarrohlik
amaliyotidagi ahamiyati.
R E J A :
1. Qorin Pardaning Tuzilishi
2. Qorin Pardaning Qorin boʻshligʻi Aʼzolariga Taʼsiri
3. Qorin Sinuslari
4. Qorin Haltalari
5. CHoʻntaklar
6. Ularning Jarroxlik Amaliyotiga Ahamiyati
Q o r i n P a r d a n i n g T u z i l i s h i
Qorin pardasi - odam va hayvonlar qorin boʻshligʻi devorlarini ichki tomondan qoplab, uning
ichidagi aʼzolarni oʻrab turadigan yupqa seroz parda. Qorin pardasining tashqi qavati
mezoteliydan hosil boʻlib, birikti-ruvchi tolali toʻqima esa uning asosini tashkil etadi. Qorin
pardasi ichki aʼzolarni oʻrab turuvchi visseral varaq va qorin devorini oʻrab turuvchi pariye-tal
varaqdan iborat. Normal holatda varaklar oʻrtasidagi boʻshliqda seroz suyuqlik boʻladi. Qorin
pardasi shu suyuqlik bilan namlanib turgani uchun qorin boʻshli-gʻidagi aʼzolar birbiri bilan
ishqalanmaydi. Qorin pardasining tashqi boʻshligʻida yogʻ toʻqimalari, buyrak, buyrak usti bezi va
siydik yoʻli joylashgan. Qorin pardasi bu aʼzolarni faqat oldingi yuzasinigina qoplab turadi. Ichki
aʼzolar Qorin pardasi bilan har tomonlama (intra-peritoneal), uchala tomondan
(mezo-peritoneal) yoki bir tomonlama (ekstraperitoneal) oʻralishi mumkin. Qorin pardasi ichaklar
uchun tutqichlar hosil qiladi; ular oraligʻida yogʻ toʻqimalari, limfa tugunlari va qon tomirlar
joylashgan. Qorin pardasi qorin boʻshligʻidagi aʼzolar oldida yogʻ qatlami — charvint hosil qiladi.
Qorin pardasi hujayralari himoya xususiyatiga ega boʻlib, ular baʼzi kasalliklar (appenditsit,
meʼda yarasining yorilib ketishi va boshqalar) da hamda operatsiyalarda qorin boʻshligʻiga
tushgan mikroblarni nobud qiladi. shikastlanishlarda, ayrim operatsiyalar (mas, appenditsit)
kechiktirilganda Qorin pardasining yalligʻlanishi — peritonit kuzatiladi
Q o r i n S i n u s l a r i
Qorin parda hosilalari
Qorin pardoning devor oldi varogi qorin devorlarini ichki tarafdan o’rab, bir qator burmalar, turli xil
chuqurchalar va do’mboqliklar, visseral varog’I esa cho’ntaklar va boylamlar, duplikatorlar, charvilar,
tutqichlar va tehiklar hosil qiladi.
Qorin pardoning devor oldi varog’I qorin devorlarini ichki tomonidan qoplab, qorin bo’shlig’ining yuqori
devorida bir teksda diafragmani qoplaydi. Umurtqa pog’anasining yon tomonlarida qorinning orqa devorida
ikki tarafda buyraklarni qoplab, buyrak do’ngliklarni hosil qiladi. Bundan tashqari, umurtqa pog’onasidan
o’ngda qorin pardoning devor oldi varog’I yana bir varonkasimon ko’tarilmani beradi, bu ko’tarilma bu yerda
joylashgan o’n ikki barmoqli ichak tushuvchi qismining joylashishiga bog’liq bo’ladi.
Qorin pardoning devor oldi varog’I qorin bo’shlig’ining orqa devorini to’liq qoplamaydi: diafragma muskul
sohasining o’ng tarafdagi bir qismi, ya’ni jigar o’zining orqa yuzasi bilan diafragmaga o’sib birikkan joyi( pars
nuda) qorin parda bilan qoplangan.
Qorinning oldingi devorida bir qancha burmalar ko’rinadi: qovuqning yuqori qismi va kindik o’rtasida –o’rta
kindik burmasi (plica umbilicis mediana) va yon kindik – qovuq burmalar ham pastga, qovuqning
yonboshiga yo’naladi, jigarning cavus sagittal egatiga yo’nalgani- jigarning yumoloq boylamidir.
Q o r i n c h o ’ n t a k l a r i
Qorin bo’shlig’ining pastki qavatida quyidagi cho’ntaklar
vabo’rtmalar joylashgan.
1) C-simon ichak oraliq bo’rtmasi-Csimon ichak
sirtmog’idagi chuqurcha ko’rinishida bo’ladi.
2)O’n ikki barmoqli ichak-och ichak cho’ntagi –qorin
pardoning 2burmasi orasida joylashgan bo’lib, ichki qorin
parda orqasi churralari yoki treys churralarining hosil
bo’lishida kata ahamiyatga ega.
3)yuqorigi va
4)pastki yonbosh - ko’richak cho’ntagi
5)Ko’richak orqasida yoki retrosekal cho’ntak, yo’g’on
ichak boshlanish qismining orqasida bo’lib oldindan qorin
pardoning visseral varog’I bilan, orqadan uning pariyetal
varog’I bilan chegaralangan.
E ʼ t i b o r i n g i z u c h u n r a h m a t
Dostları ilə paylaş: |