Siydik yo‘llari infeksiyasi (SYI) tushunchasi, tarqalganligi, kechishi va oqibatlari. Siydik yo‘llariga infeksiya tushishi yo‘llari va etiologik faktorlari. Bakteriuriya (yashirin, ahamiyatga ega bo‘lgan va kontaminatsiya). SYI diagnostikasi (umumiy asoslari): laborator, bakteriologik usullar va lokalizatsion sinamalar (Meares-Stamey sinamasi).
Gospital infeksiya: gospitalizm, qo‘zg‘atuvchilar rezistentligi turlari, gospitalizm profilaktikasi va unga qarshi kurashish.
Pielonefrit (asoratlangan va asoratlanmagan). O‘tkir pielonefrit (pielit, yiringli nefrit) va uning asoratlari (buyrak karbunkuli va abssessi va paranefrit). Pielonefrit diagnsotikasi – rutin usullar; buyrak ingichka ninali aspiratsion biopsiyasining ahamiyati. Pielonefrit va uning asortalarining davosi; antibakterial terapiya va jarrohlik amaliyotlarining (an’anaviy va perkutan amaliyotlar) o‘ziga xos xususiyatlari.
Sistit – epidemiologiya va patogenez. Asoratlangan va asoratlanmagan sistitlar (tez-tez qaytalanuvchi, xomiladorlarda, keksalarda va qovuqni kateterlash bilan bog‘lik bulgan). Sil etiologiyali sistit. sistit turlari: virusli, zamburug‘li, malokoplakiya, siklofosfamidli, radiatsion, gemorragik, eozinofilli, emfizematoz va interstitsial. Diagnostika va davolash xususiyatlari (medikamentoz va jarrohlik).
Uretritlar – nospesifik va spesifik (gonoreyadan keyingi, trixomonadadan keyingi, xlamidiyali, upeaplazmali, mikotik, parazitar va xokazo). Uretritlarning asoratlari (prostatit, vezikulit, epididimit va orxit). Ularni davolashning o‘ziga xos xususiyatlari.
Genital yaralar. Venerik limfagranulema. Genital so‘gallar (o‘tkir uchli kondiloma). Etilogiyasi, namoyon bo‘lishi va davolash usullari (endoskopik).