Taqrizchi: N.E.Bozorov- ADTI Jarroxlik va urologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Kirish
Urologik kasalliklar diagnostikasi, davolash va profilaktikasi meditsina rivojlanishining muhim asoslaridan biridir. Rivojlanishi nasliy va tibbiy-ijtimoiy faktorlar bor bo‘lgani holda urologik kasalliklar go‘dakdan tortib to keksa yoshdagi kishilarda uchrab, urologiya sohasida ishlovchi mutaxasislardan keng bilim va malakalarni talab qiladi. Yuqori malakali shifokor-urologlarni tayyorlash sog‘likni saqlash muassasalarining turli sohalarini (poliklinika, gospital va markazlar) aholiga yuqori sifatda davolash-profilaktik yordam ko‘rsatadigan kadrlar bilan ta’minlash imkonini beradi.