Ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy sug‘o‘rta va ish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha vrachlik ekspertizasi
Sog‘liqni saqlash muassasalarini va tibbiy xodimlarni ijtimoiy sug‘o‘rta va ijtimoiy ta’minotdagi o‘rni. Tibbiyot sug‘o‘rtasi. Tibbiyot sug‘o‘rtasining asosiy tamoyillari. Majburiy va ixtiyoriy tibbiyot sug‘o‘rtasi. Tibbiyot muassasalarini tibbiyot sug‘o‘rtasi sharoitida ishlashga tayyorlash. Mehnatkashlarni moddiy ta’minlashda va mehnat bilan ta’minlashda vrachlik mehnat ekspertizasining vazifasi; vaqtinchalik va turg‘un mehnat qobiliyatini yo‘qotishning ekspertizasi. Mehnat ekspertizasida shifokorlarning vazifalari, vrachlik konsultativ komissiya ishini tashkil etish. VMEKning tuzilishi va asosiy vazifalari; nogironlik, nogironlik guruhi va uni aniqlash prinsiplari, nogironlarni mehnat bilan ta’minlashda shifokorlarning huquq va burchlari.
Sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilishning ilmiy asoslari (sog‘liqni saqlashda menejment va menedjer xizmati)
Boshqarishning asosiy tushunchasini zamonaviy talqin etish. Boshqaruv faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar. Boshqaruv ob’ekti va sub’ekti. Vakolatlarni yuklash. Menejment ijtimoiy ruhiy qirralari; boshqaruv tizimida menedjer va jamoa. Xodimlarni boshqarish, mohiyati, boshqaruv jarayonining asosiy bosqichlari. Rahbar va xodimlar. Rahbarning xususiyatlari va ish uslubi, boshqaruv texnologiyalari.
Dostları ilə paylaş: |