Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish
Ayollar salomatligini saqlashning asosiy ijtimoiy–gigienik muammolari, abort muammosi, onalar o‘limi, ko‘p bolalik, bepushtlik va ginekologik kasalliklar, bolalar salomatligini saqlashning asosiy muammolari, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining muammosi, tug‘ma patologiya, o‘tkir va surunkali kasalliklar, bolalar jarohatlanishi, bolalar yuqumli kasalliklari. Onalar va bolalar kasallanishi va o‘limdagi xavf tug‘diruvchi omillar. Onalar va bolalar o‘limining oldini olish bo‘yicha choralar. Oilani va tug‘ruqni rejalashtirish – onalar va bolalar salomatligini asosidir. Onalik va bolalikni muhofaza qilishning bosqichlari. Onalarga va bolalarga davolash-profilaktik yordamning tarkibi. Onalik va bolalikni muhofaza qilishda davolash-profilaktik muassasalari va xodimlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar. Ayollar maslahatxonasi, ularning ishini tashkil etish prinsiplari. Tug‘ruqxona kompleksi, uning tarkibi va vazifalari, tibbiy xizmat ko‘rsatish kerak bo‘lgan asosiy kontingentlar; ayollar va bolalar salomatligini o‘rganish. Bolalarni antenatal davrida salomatligini saqlashning asosiy vazifalari.
Dostları ilə paylaş: |