Aholiga statsionar kasalxona xizmatini tashkil etish
Bemorlarga xizmat ko‘rsatishda poliklinika va kasalxona orasidagi izchillik shakllari. Kasalxona (statsionar) tarkibi. Bemorlarni kasalxonaga tushishi va chiqarilishi tartibi. Qabul bo‘limining vazifalari va tarkibi. O‘rin fondidan foydalanish choralari. Kasalxona ichki infeksiyasiga qarshi kurashish choralari. Kasalxona va poliklinikaning tibbiy qayd – hisobot hujjatlari.
Sog‘liqni saqlash: asosiy tushunchalar, tamoyillar. Davolash profilaktika muassasalarining turlari. Sog‘liqni saqlash muassasalarining nomenklaturasi
Sog‘liqni saqlash, salomatlikni muxofazalash tushunchalari. Sog‘liqni saqlash tizimi turlari. “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi” qonunining mohiyati. Sog‘liqni saqlash boshqaruv organlarining asosiy vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari. Sog‘liqni saqlash muassasalarining turlari, nomenklaturasi. Sog‘liqni saqlashni tashkil etishning asosiy prinsiplari.
Aholiga davolash - profilaktika yordamini tashkil etish. Birlamchi tibbiy sanitariya yordami
Aholiga davolash – profilaktika yordamini tashkil etishning asosiy prinsiplari. Ambulatoriya, poliklinika xizmatini tashkil etish. Oilaviy poliklinika ishini tashkil etish. Vrach qabul xonasi. Umumiy amaliyot shifokorining funksional vazifalari va majburiyatlari. Dispanserizatsiyaning maqsadi va bosqichlari. Birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inidagi shahar poliklinikalar tarmog‘ini bosqichma – bosqich umumiy amaliyot shifokorining ish prinsipiga o‘tkazish konsepsiyasi. Poliklinikada sanitar – profilaktik ishlar. Poliklinikadagi yuqumli kasalliklar kabinetining roli va uning DSNEM bilan aloqasi. BTSYo shahar modeli va uni tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: |