Travmatologik bemorlarni tekshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘lchash, deformatsiyalarni aniqlash, oyoq suyaklari anatomo – fiziologiyasi, yelka kamari va qo‘l chiqish va sinishlari, pay va boylam apparati jarohatlari, muskul va periferik nerv tolalari jarohatlari mexanogenezi, tasnifi, klinikasi, diagnostikasi, davolash usullari, chiqishlarni to‘g‘rilash, suyak bulaklarini repozitsiya qilish, oyoq sinishlarida tana tortimi sistemasini o‘rnatish, gipsli bog‘lam qo‘yish, boylamlarga choklar qo‘yish, siniq va chiqishlarda operativ davo metodlari, operatsiyadan keyingi bemorlarni olib borish va reabilitatsiyasi.
Qari yoshdagi bemorlarda sinishning o‘ziga xosligi. Qari yoshda suyak – muskul apparati anatomiyasi, osteoporozning klinik – rentgenologik belgilari, qari yoshda sinishlarning mexanogenezi, klinika va diagnostikasi, sinishlarda gipodinamik va gipostatik asoratlar, erta aktivlashtirish va avaylovchi osteosintez usullari. Ko‘p uchraydigan siniqlar, operativ va konservativ davoga ko‘rsatmalar, asoratlar profilaktikasi.