Sud-tibbiy travmatologiya
Tan jarohati tushunchasi va tasnifi. Travmatizm va uning turlari. Mexanik jarohatlar va ularning morfologik tavsifi. Sud tibbiyoti amaliyotida jarohatlarni tekshirish uslublari. O‘tmas jismlardan jarohatlanish. O‘tmas jismlarning turlari, ta’sir mexanizmi va yetkazilgan jarohatlar xarakteri. Odam tanasi qismlari va xayvonlardan yetkazilgan jarohatlar. Jarohat xususiyatlariga qarab o‘tmas jismning turi va uning ta’sir mexanizmini aniqlash imkoniyatlari. Balandlikdan yiqilish natijasidagi travmalar. Og‘ir jismlar bosib qolishi natijasida jarohatlanish. O‘tkir jismlar ta’siridan jarohatlanish. Kesuvchi, chopuvchi, sanchuvchi, kesuvchi-sanchuvchi va arralovchi jismlardan jarohatlanish.
Zamonaviy transport travmalarining umumiy xarakteristikasi, ularning turlari. Avtomobil travmalari. Tushunchasi va tasnifi. Avtomobil travmalarida spesifik, xos va xos bo‘lmagan va imitatsiyalovchi jarohatlar. Avtomobil travmalarining turlari va xosil bo‘lish mexanizmlari. Harakatlanayotgan avtomobil to‘qnashishi natijasidagi jarohatlar. Bamper-jarohatlarning morfologik xususiyatlari. Avtomobil g‘ildiragi bosib o‘tishi natijasidagi jarohatlar. Protektor izi suratining ahamiyati. Harakatdagi avtomobildan tushib ketish natijasida jarohatlanish. Avtomobil salonida jarohatlanish. Avtomobil va boshqa jism orasida tananing siqilish natijasida jarohatlanish. Motosikl, traktor va temir yo‘l travmalari, ularning turlari. Aviatsion travma.
O‘k otar qurollar va ularning turlari. Qurol-yaroqlar. O‘q otishning jarohatlovchi omillari. O‘q otish masofasi va distansiyasi haqida tushuncha. Taqab otish. Yaqin masofadan o‘q otishdan jarohatlanish. Yaqin masofadan o‘q otish zonalari. Yaqin bo‘lmagan masofadan o‘q otishdan jarohatlanish. O‘q otish snaryadining kiyimlarga, to‘qimalarga va a’zolarga ta’siri. O‘q otar jarohatining kirish va chiqish teshiklarini aniqlash. Yara kanali. Qo‘lbola va atipik o‘qotar kurollardan shikastlanish. Gazli, pnevmatik va maxsus o‘qotar qurollardan shikastlanish. Jarohat xususiyatlariga qarab kurol turini aniqlash imkoniyatlari. O‘qotar jarohatlar sud-tibbiy ekspertizasining xususiyatlari. Portlash travmasi. Portlashning shikastlovchi omillari.
Dostları ilə paylaş: |