Qo‘shimcha adabiyotlar:
Акопов В.И. – Медицинское право в вопросах и ответах. М., 2000.
Иванюшкин А.Д. – Профессиональная этика в медицине. М., 1990.
Яровинский М.Я. – Лекции по курсу «Медицинская этика», М., 2001.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish Davlat dasturi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi № VII-2107 sonli Farmoni.
5A510132 TIBBIY RADIOLOGIYA
Tuzuvchi: Sh.O‘.Rashidova - ADTI onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi katta
o‘qituvchisi.
Taqrizchi: D.Z.Mamarasulova - ADTI onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri, t.f.d, dotsent.
Kirish
Tibbiy radiologiya tibbiyotning eng yosh va xozirgi vaqtda dinamik rivojlanayotgan fanlaridan biri. Agar yaqin vaqt ilgari shifokorlar asosan rentgenologik usullardan foydalangan bo‘lsa, xozir ular extiyojida turli kompyuter texnologiyalariga asoslangan radiologik usullar bor, shu jumladan, sonografiya, kompyuter tomografiya, magnit-rezonans tomografiya, emission tomografiya va boshqalar. Bunday zamonaviy asbob-uskunalarsiz zamonaviy tibbiyotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu o‘zgarishlar, o‘z navbatida, yuqori malakali radiologlar tayyorlashda o‘z vazifa va talablarini qo‘yadilar. Shuning uchun o‘qitishning maqsadi tibbiy radiologiyaning kelajakdagi extiyojini qondira oladigan, bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarni kerakli xajmda egallagan, tibbiy radiologiya yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlashdir.
Tibiiy radiologiya fanini o‘rganishda quyidagi fan bilimlari kullaniladi: anatomiya, patanatomiya, xirurgiya, ichki kasalliklar, onkologiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, asab kasalliklari, neyroxirurgiya va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |