Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi
Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
“Tasdiqlayman ”
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
o’quv ishlari bo’yicha prorektor
professor O.R. Teshayev__________________
“____”_________________2010 yil
|
Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot
uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan
№ 20 Mavzu: Plevra bo’shlig’ida havo va suyuqlik to’planish sindromi (plevritlar, gidrotoraks, pnevmotoraks).
-
T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan
“____”_____________2010 yil
|
2010-2011 o’quv yili
№ 20 Mavzu: Plevra bo’shlig’ida havo va suyuqlik to’planish sindromi (plevritlar, gidrotoraks, pnevmotoraks).
1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, pulmonologiya bo’limi.
2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.
3. Maqsadi va vazifalari.
Plevra bushligida suyuklik va gaz tuplanish mexanizmini tushuntirish. Talabalarga pnevmotoraks va gidrotoraks bilan kasallangan bemorlarni surab surishtirishni, shuningdek kasallikning asosiy belgilari bilan tanishtirish. Talabalarga plevrit bilan kasallangan bemorlarni tekshirish usulini urgatish (kuruk va ekssudatli). Shu bilan birga laboratoriya analizi va rentgenogrammaga asoslanib taxlil kilish.
4. Motivasiya.
Plevrani yaliglanishi – plevrit juda kup kasalliklar katoriga kiradi. Asosan pnevmoniya va tuberkulezda tez-tez uchrab turadi. Shu bilan birga suyuklik plevra bushligida tuplanishiga asos buladi. Shuning uchun bu kasallikni etiolgiyasi va klinik kurinishini talabalar yaxshi bilishi zarur.
5. Fanlararo bogliqlik.
Vertikal integracia
Gorizontal integracia
Vеrtikal buyicha
Normal anatomiya
Normal fiziologiya
Gorizontal buyicha
Patologik fiziologiya
Normal anatomiya.
Bronx-upka sistеmasi kuyidagi organlardan tashkil topgan: traxеya, bronx va upka. VII buyin umurtkalari chеgarasida xikildok traxеyaga utadi. Upka juft organ bulib, kukrak kafasida joylashgan. Kеsik konus shakliga ega. Ung upka chav upkaga nisbatan kеngrok, lеkin biroz kaltarok. Upkaga upka va bronx artеriyalari, asosiy bronx va nеrv kirish joyi, upka va bronxlar vеnalari va limfa tomirlari chikish joyi, upka darvozasi dеyiladi. Upka darvozasini xosil kiluvchi barcha xosilalar upka ildizini tashkil etadi. Upka kuyidagi bulaklardan tashkil topgan: ung - uchta , chap - ikkita. Xar bir asosiy bronx upka darvozasidan kirgandan sung bulak vеnalariga bulinadi. Ung bronx uchta bulak bronxiga, chap upka ikkita bulak bronxiga bulinadi. Bulak bronxlari sеgmеnt bronxlariga bulinadi, xar bir sеgmеnt bronxi dixotomik bulinadi. Bu sistеma bronxial daraxtni tashkil etadi. Bronxiolalarni kеyingi bulinishi alvеolyar daraxtni tashkil etadi. Alvеolyar yullar alvеolyar kopchalar bilan tugaydi. Shunday kilib upka parеnximasi xavo utkazuvchi shoxlanuvchi trubkalar va shoxlanuvchi kon tomirlar, limfa tomirlari va nеrvlardan tashkil topgan.
Normal fiziologiya.
Nafas dеganda tukimalarga kislorod olib borish, mеtabolizm protsеssida uni ishlatish va organizmdan uglеrod oksidini olib chikuvchi kiyin biologik protsеss tushuniladi. Nafas protsеssida uchta asosiy etaplarni ajratish mumkin. Tashki nafas; Kon еrdamida gazlar transporti
ichki (tukima nafas). Tashki nafas bu organizm va uni urab turuvchi atmosfеra xavosi
urtasida gazlar almashinuvidir. Tashki nafasda ikkita etap ajratiladi: a)alvеolyar va atmosfеra xavosi urtasida gaz almashinuvi; b)alvеolyar xavo va upka kapillyarlari urtasida gaz almashinuvi.
Gaz transporti kon еrdamida amalga oshiriladi. Gazlarni tashki muxitdan tukimalargacha va tukimalardan tashki muxitgacha xarakati partsial bosim xisobiga amalga oshiriladi.Kislorod ikki xil kurinishda transport kilinadi:gеmoglobin bilan kimеviy boglanishda (oksigеmoglobin) va oddiy fizik erish xolida. Uglеrod oksidi gеmoglobin bilan birikkan xolda transport kilinadi (karbgеmoglobin). Ichki nafas tukimalarni kislorod ishlatib uglеrod oksidi chikarishidan iborat. Nafas olish aktiv amalga oshiriladi. Nafas olish kеtidan nafas chikarish amalga oshiriladi. U passiv bulib kuyidagi faktorlar xisobiga amalga oshadi: kukrak kafasini ogirligi, upka elastikligi, kovurga togaylari elastikligi va korin bushligi organlari bosimi xisobiga.
.
Patologik fiziologiya.
Tashki nafasni gaz almashinuvi asosini uchta bir biriga uzviy boglik bulgan protsеsslar tashkil etadi:
-vеntilyatsiya- alvеolalarda xavoni ritmik almashishi, shuning xisobiga alvеolyar xavo bir xilligi ushlanadi;
-pеrfuziya- alvеolyar kapillyarlarda tuxtamas kon aylanishi,
-diffuziya -kislorod va uglеrod oksidini alvеolyar-kapillyar mеmbranaorkali utishi.
Upkani gaz transport funktsiyasini tipik buzilishlariga kuyidagilar
kiradi:
- alvеolyar vеntilyatsiya buzilishi (gipo- va gipеrvеntilyatsiya);
- upka pеrfuziyasi buzilishi;
- vеntilyatsionn-pеrfuzion munosabatlarni buzilishi;
- diffuz protsеsslar buzilishi;
- aralash formadagi buzilishlar.
6. Darsning mazmuni.
6.1 Nazariy qism
Darsning asosiy kismga utishdan oldin talabalarning anatomiya, fiziologiya buyicha bilim saviyasini anilash zarur. Bu uchun ananaviy didaktik usulda surov utkaziladi (savol-javob):
Savollar:
-Plevraning funktsiyalari?
-Nafas olishni fazalari?
-Opkaning kanday tekshirish usullarini bilasiz?
- Plevra bushligida xavo paydo bulish mexanizmi?
- Plevra bushligida suyuklikning paydo bulish mexanizmi?
Plevra bushligida xavo va suyuklikning paydo bulish mexanizmi.
Plevra bushligida suyuklik tuplanishi (gidrotoraks) asosan plevrada yalliglanish jaraenining boshlanishi va shuningdek upka tukimasiga yakin joylashgan plevraning vistseral varagida yaliglanish jaraening boshlanishi natijasida xam yuzaga kelishi mumkin. Yalliglanish natijasida Starlingning transkapillyar almashinuv konunining buzilishidir, normada suyuklik kapillyarlardan parietal plevra orkali plevra bushligiga utib sung vistseral plevrada suriladi. Yalliglanish jaraenida esa parietal plevrada plevra suyukligining kupayishi va vistseral plevrada suyuklikning surilishi buziladi.
Plevra bushligida suyuklik tuplanishining boshka mexanizmi bu usma jaraenlarini yuzaga kelishi, biriktiruvchi tukimaning kasallanishi, boshka a'zolarning kasallanishi natijsida plevrani zaralanishi kuzatiladi va yukorigi kursatilgan mexanizm asosida boradi, bunda plevrani yalliglanishi plevraga boglik bulmaydi.
Shu bilan birga kukrak kafasining shikastlanishi natijasida kon tomirlar zaralanishi plevra bushligida suyuklik tuplanishiga olib keladi.
Plevra bushligida xavo yigilishi (pnevmotoraks) davolash tadbirlarini amalga oshirilganda sun'iy (upka tuberkulezi) travmatik- kukrak kafasini shikastlanganda, spontan- tashki muxit omillarni ishtirokisiz yuzaga kelishi mumkin. Spontan pnevmotoraks asosan plevrani erilishi plevra bushligaga xavo kirishi natijasida yuzaga keladi. Xozirgi kunda uning kuydagi klassifikatsiyasi tafovut etiladi:
1. Spontan pnevmotoraks.
1.1. Birlamchi
1.2. Ikkilamchi: upkani surunkali obstruktiv kasalligi, upkani infektsiyadan yalliglanishi, upka infarkti, upkani nurdan shikastlanishi, xomiladorlik.
1.3. Neonatal pnevmotoraks.
2. Travmatik pnevmotoraks.
2.1. Ochik shikast
2.2. Tupaya travma (epik shikast)
3. Yatrogen pnevmotoraks.
3.1. Torakotsentez
3.2. Kurak osti venasini kateterizatsiyasi
3.3. Kardiopulmonal ventilyatsiya
3.4. Bronxoskopiya
3.5. Davolovchi pnevmotoraks
Pnevmotoraksni 3 xil turi mavjud: Klapanli, ochik va epik.
Ochik pnevmotoraksda bronxlarning devori va plevra bushligida ikki fazali nafas olishda kuzatiladi, yani nafas olish va nafas chikarish, bunda plevra bushligidagi bosim atmosfera bosimiga teng bulib koladi.
Epik pnevmotoraks plevrani perforatsiya maydonini tezda epilishi, natijada plevra bushligi bilan bronxlar urtasidagi alokani tugatilishi. Bunda plevra bushligidagi bosim manfiy buladi.
Klapanli pnevmotoraksni xarakterli belgisi bu plevra bushligiga xavoni kirishi fakat nafas olish jaraenida kuzatiladi, nafas chikarish jaraenida esa plevra teshigini epilishi kuzatiladi. Bunda plevra bushligidagi bosim musbat buladi.
Umuman upka pnevmotoraks natijasida upka kollapsi shakillanadi.
Gidrotoraksda xam pnevmotoraksda xam plevra ichidagi bosim kutariladi Natijada upka tukimasidagi uzgarishlar, diafragmaning pastka tushishi, kon tomirlirning ezilishi va shuningdek kuplab faktorlar nafas olish va kon aylanishning buzilishiga olib keladi.
Plevrada xavo va suyuklik tuplanish sindromini asosiy klinik usullar bilan tekshirish.
Gidrotaraks xolatida bulganidek pnevmotaraks xolatida xam asosiy shikoyat nafas olish yullari va uning atelektazasining aralash tabiatli sikilishi natijasida paydo buladigan nafas kisish belgilari - nafas yullaridagi ogrik xisoblanadi, lekin ancha kuchlirok xolatda, ya'ni ogrikning buyin kismiga tarkalishi, epigastral kismida va bu ogrik doimiy tus olib, organizmning jismoniy zurikishi natijasida kuchayib ketishi mumkin. Ayrim vaktlarda bu ogriklarning kelib chikish sabablari noma'lum bulishi mumkin. Kup xollarda bunday bemorlarda kuruk yutal, xolsizlanish, tez charchash, bosh ogrigi, ortikcha terlash, ishtaxaning pasayib ketishi, tana xaroratining kutarilishi va boshka shunga uxshash xolatlar kuzatiladi, goxida bunday xolatlar kasallikning boshlanish boskichida namoen buladi.
Umumiy tekshirish utkazilganda, majburiy xolatda shikastlangan tomonlari bilan enboshlab etadilar, tana terisi okargan va namlangan xollari kuzatiladi (tana xarorati kutarilganda esa kuruk va issik xollari kuzatiladi- asosiy kasallikning kurinishi va xolatiga karab). Bunday bemorlarda nafas kisish, kuruk yutal, buyin venalarining kengayishi kuzatiladi.
Kukrak kafasi tekshirilganda kukrak kafasining suyuklik eki xavo yigilgan kismining shishishi natijasida paydo buladigan kukrak kafasi assimetriyasi kuzatiladi. Bu erda kovurgalararo masofa tekis, shuningdek nafas olish xarakati chegaralangan. Plevra bushligida suyuklik eki xavo yigilish sindromi kuzatilganda kukrak kafasining zararlangan tomonida uning soglom tomoniga karaganda kukrak kafasi kuyi kismlarining shishganligini va tana yigmalarining kalinligini kuzatish mumkin. (Vintrix simptomi).
Palpatsiyada plevra bushligida suyuklik eki xavo yigilish sindromi kuzatilganda ovoz berish xolatining pasayib ketishi eki uning umuman yukolishi xolati kuzatiladi, ogrik bor joylar kurinadi. Kukrak kafasi rezistentligi pasayadi. Shuningdek epigastral burchak kurinishi uzgarish extimoli yuzaga keladi.
Perkussiyada plevra bushligida suyuklik eki xavo yigilish sindromi kuzatilganda, plevra bushligida yigilgan suyuklikning mikdorini aniklash mumkin, agarda uning mikdori 300-400 ml dan kam bulmasa. Suyuklikning bir kovurgaga tulishi eki kutarilishi, plevra bushligida yigilgan suyuklikning 500 ml oshishiga olib keladi. Suyuklik tuplangan joyning yukori kismida umuman ovoz yuk.
Suyuklik tuplangan joyning yukori chegarasini aniklashda egri chizik (Damuazo chizigi) ni kuzatish mumkin, ya'ni yalliglanish (shamollash) xarakteriga ega bulgan yigilgan suyuklikni va tugri chizik- yalliglanmagan yigilgan suyuklikni kuzatish mumukin. Bu erda ovoz epilgan eki yukolgan xarakterga ega buladi. Shuningdek perkussiyada 2ta uchburchakni: Garlyand uchburchagi va Rauxfus-Grokko uchburchagini kuzatish mumkin. Garlyand uchburchagi bu bir tomondan umurtka pogonasi, ikkinchi tomondan Damuazo chizigining boshlanish joyi bulib, asosini Damuazo chizigining boshlanish nuktasidan umurtka pogonasiga tomon utkazilgan chizik tashkil kiladi. Uchburchakning bu soxasida timpanik perkurator tovush eshitiladi. Plevra bushligida suyuklik eki xavoning xaddan zied kup yigilishi sindromi kuzatilganda, kukrak kafasining soglom kismining kuyisida umurtka pogonasi (pozvonochnik) atrofida ovozning yukolish perkutorini xosil kiluvchi Rauxfus-Grokko uchburchagini kuzatish mumkin Bu uchburchak bir tomondan umurtka pogonasi(pozvonochnik) ikkinchi tomondan Damuazo chizigining davomi natijasida xosil bulib, uning boshlanishi kukrak kafasining kuyi kismidir. Bu kismda perkutor ovozning emonlashuvining ikki sababi bor:
1. Shikastlangan soxaning soglom kism bilan aralashuvi
2. Yigilgan suyuklik tomonidagi perkutor ovozning umurtka pogonasidan utishi
Plevra bushligida xavo yigilish sindromi kuzatilganda, timpanik perkutor ovoz aniklanadi. Kukrak kafasining kuyi kismi pastga tushgan. Ikkala sindromda xam upkaning pastki chegaralarida xarakat chegaralanadi. Auskultatsiyada ikala sindromda xam vezikular nafasning susayishi eki yukolishi kuzatiladi. Bronxofoniya kuzatilmaydi. Ochik eki epik pnevmotoraksda amforik bronxial nafas eshitiladi.Bronxofoniya sustlashgan eki yukolgan.
Plevrit. Kasallikni patologik va etiologik mexanizmi.
Plevrit- bu plevrani yaliglanish jaraenidir.
I. Etiologiyasi buyicha plevritlar bulinadi:
1. Infektsion plevrit.
2. Aseptik plevrit.
II. Patologik protsessi xarakteri buyicha :
1. Kuruk
2. Ekssudatli
III. Balgam tashlash xarakteri buyicha:
1. Serozli
2. Yiringli
3. Gemorragik
4. Eozonofilli
5. Xolestirinli
6. Xilezli
7. Aralash
Infektsion plevritni kuydagi kuzgatuvchilar chakiradi:
- bakteriya (pnevmokokk, stafilokokk, klebtsiella, gemofil taekchasi, kuk yiring taekchasi va x.k.)
- tuberkulez mikobakteriyasi
- riketsiyalar
- oddiy ameba
- zambruglar
- parazitlar (exinokokk)
- viruslar
Infektsion plevritlar kupincha xar – xil etiologiyali pnevmoniyada, tuberkulezda, bronxoektazlarda va upka abstsesslarda kuzatiladi.
Plevrit bilan kasallangan bemorlarni klinik usul bilan tekshirish.
(kuruk va ekssudatli)
Kuruk plevrit.
Shikoyatlari. Asosiy shikoyati bu kukrak soxasida ogrik, u oldingi va pastki soxada , diafragmali plevrani zararlanishi natijasida ogrik korin soxasining ung yarim kirgogiga tarkaladi. Chukur nafas olinganda ogrik va kuruk yutal yuzaga keladi. Yutalish va soglom tomonga egilish (Shapelmana – Degio simptomi) shuningdek kulish va aks urish natijasida ogirk kuchayishi mumkin.
1. Bemorlarda temperaturani kutarilishi (odatda subfebral), tez charchash, xolsizlik, bosh ogrigi, ishtaxaning pasayishi, xansirash va x.z, odatda bu shikoyatlar kasallik boshlanmsdan oldin paydo bulishi mumkin.
2. Utkir xarakterli ogriklar, lekin kukrak kafasidagi ogriklar bilinarsiz
3. Kuruk plevritda ogrikning asosiy sababi bu plevradagi nerv oxirlarni yaliglanishidir.
Anamnesis morbi, vitae. Anamnez orkali bemor kanday kasallik bilan kasallanganini , kasallikning ilk belgilari nimadin iborat bulganligini bilishimiz mumkin. Xaet anamnezi orkali nasliy kasallikni bor yukligi bor bulsa unga beriluvchanligi, bemorda yuz bergan allergik reaktsiyalarni aniklashimiz mumkin.
Bemorni kuzdan kechirish. Bemorlarni kuzdan kechirganda avvalo uning xolatiga e'tibor beriladi. Bunda bemorlar shikastlangan tomonlarini bosib etadilar, chunki bunda upkaninig xarakati kamayib ogrik engillashadi. Kukrak kafasi kuzdan kechirilganda nafas olish notekis.
Palpatsiya. Tovush durillashi va epigastral burchak uzgarmagan. Ba'zida plevrani ishkalanish tovushini aniklash mumkin.
Perkussiya. Perkussiyada perkurator tovush anik bugiklashmagan, topograik perkussida upkaning pastki chegaralari yukoriga kutarilgan buladi.
Auskultatsiya. Plevrani ishkalanish tovushi kuprok kurak va mushak osti soxalarida eshitiladi. Ba'zida kuruk plevrit yurakka yakin soxada kuzatiladi. Bunda plevrani ishkalanish shovkuni nafakat nafas olish jaraenida balki yurakni xar bir urishshida plevraperikardial ishkalanish tovushi eshitiladi. Upkani chukkisida plevrani ishkalanish shovkuni eshitilmaydi, chunki upka chukkisi nafas olish jaraenida uning xarakati sustrok. Plevrit bilan kasallangan bemorlarda uzok muddat plevrani ishkalanish shovkuni eshitilishi mumkin.
Ekssudativli plevrit
Shikoyatlari. Kupincha nafas kisishi, kukrak kafastda ogrik kuzatiladi. Ogrik kuprok ogirlik xissi sifatida namaen buladi, ba'zida esa intensiv tarzda, ogrik irradiatsiyasi buyin va epigastral soxaga tarkalgan buladi, fiziologik zurikishda ogrik kuchayishi mumkin, ogrikni paydo bulish sababi noma'lum. Bemorlarda kuruk yutal, kup terlash, titrash, temperaturani kutarilishi, tez charchash, xolsizlik, bosh ogrigi, ishtaxani pasayishi kuzatiladi.
Anamnesis morbi, vitae. Anamnez orkali bemor kanday kasallik bilan kasallanganini , kasallikning ilk belgilari nimadin iborat bulganligini bilishimiz mumkin. Xaet anamnezi orkali nasliy kasallikni bor yukligi bor bulsa unga beriluvchanligi, bemorda yuz bergan allergik reaktsiyalarni aniklashimiz mumkin.
Bemorni kuzdan kechirish. Umumiy kuzdan kechirilganda majburiy xolatda shikastlangan tomonlari bilan enboshlab etadilar, teri rangi okargan, kukimtir, nam ( kasallik darajasiga karab temperatura yukoriligidan kuruk va issik bulishi mumkin), nafas kisishi, kuruk yutal, buyin venalarining kengayishi kuzatiladi.
Kukrak kafasi kuzdan kechirilganda kukrak kafasini kengayganligi, suyuklik yigilgan joyning shishganligi, shuningdek shikastlangan joyda nafasni chegaralanganligi kuzatiladi. Shikastlangan kukrak kafasining pastki kismida teri burmasining borligi shikastlanmagan kukrak kafsidan ajralib turadi.
Palpatsiya. Ovoz durillashining susayishi eki umuman yukolishi, ba'zida ogrik nuktalari kuzatiladi. Kukrak kafasining rezistentligi susaygan. Shuningdek epigastral burchak uzgargan.
Perkussiya.Plevra bushligida suyuklikni aniklash uchun uning shu bushlikdagi mikdori kamida 300-400ml tashkil etishi lozim.
Suyuklikning bir kovurgaga tulishi eki kutarilishi, plevra bushligida yigilgan suyuklikning 500 ml oshishiga olib keladi. Suyuklik yigilgan soxada mutlok bugik tovush eshitiladi. Suyuklik tuplangan joyning yukori chegarasini aniklashda egri chizik (Damuazo chizigi) ni kuzatish mumkin, ya'ni yalliglanish (shamollash) xarakteriga ega bulgan yigilgan suyuklikni va tugri chizik- yalliglanmagan yigilgan suyuklikni kuzatish mumukin. Shu bilan birga bu erda tovush bugiklashgan. Shuningdek perkussiyada 2ta uchburchakni: Garlyand uchburchagi va Rauxfus-Grokko uchburchagini kuzatish mumkin. Garlyand uchburchagi bu bir tomondan umurtka pogonasi, ikkinchi tomondan Damuazo chizigining boshlanish joyi bulib, asosini Damuazo chizigining boshlanish nuktasidan umurtka pogonasiga tomon utkazilgan chizik tashkil kiladi. Uchburchakning bu soxasida timpanik perkurator tovush eshitiladi.
Plevra bushligida suyuklik eki xavoning xaddan zied kup yigilishi sindromi kuzatilganda, kukrak kafasining soglom kismining kuyisida umurtka pogonasi (pozvonochnik) atrofida ovozning yukolish perkutorini xosil kiluvchi Rauxfus-Grokko uchburchagini kuzatish mumkin Bu uchburchak bir tomondan umurtka pogonasi(pozvonochnik) ikkinchi tomondan Damuazo chizigining davomi natijasida xosil bulib, uning boshlanishi kukrak kafasining kuyi kismidir. Bu kismda perkutor ovozning emonlashuvining ikki sababi bor:
Bu soxada perkurator tovushning paydo bulishini ikki sababi bor:
1. Shikastlangan tomonning soglom tomon bilan aralashishi
2. Yigilgan suyuklik tomonidagi perkutor ovozning umurtka pogonasidan utishi
Chap ekssudativ plevritni xarakterli tomoni bu Traube soxasining yukolishidir.
Auskultatsiya.Auskultatsiyada vezikular nafas susayishi va yukolishi kuzatiladi. Bronxofaniya susaygan. Ba'zida plevrani ishkalanish shovkuni eshtiladi. Vezikulyar nafasning susayishi kukrak kafasining barcha soxalarida kuzatiladi. Nam xirillash kuzatiladi.
Plevrit (kuruk va ekssuativno'y) bilan kasallangan bemorlarning kushimcha tekshirish yullari.
Kon analizida neytrofilli leykotsitoz kuzatiladi, EChT oshgan buladi. Albuminlar soni kamayadi, globulinlar soni ortadi. Tuberkulezli plevritda limfotsitoz kuzatiladi, revmaticheskiy neytrofilezda kondagi oksillarning umumiy soni etarli buladi.
Kuruk plevritda rentgen tekshirishlari anik bir kurinishga ega emas. Ekssudativli plevritda anik kurinish bor, ya'ni kukrak kafasining yukori kismining torayishi bilan namaen buladi.
Plevra bushligidagi narsaga anik diagnoz kuyish uchun plevra punktsiyasi zarur.
Talabalarda kritik fikrlash asoslarini shakllantirish maksadida muxokamani «rotatsiya» usullida utkaziladi. Shuning uchun guruxni kichik gruppalarga (2-3 odam) bulinadi. Xar bir gruppa 5-10 dakika bitta savolga javob yozadi, va keyingi savolga utadi. Xama savollarga javob berilgandan keyin gruppalarni ichidan eng tulik va anik javob tanlanadi va shu talabalarga maksimal ball beriladi.
6.2.Analitik qism.
Bu kismda talabalarni taxlil va ma'lumotlarni interpritatsiya kilish kobiliyatini rivojlantirish maksadida testlar va vaziyatli masalalar beriladi. Keyin talabalarga kurgazma va videomaterial takdim etiladi.
TESTLAR:
1.Kuruk plevritda bemorning xolati?
A) ogrigan tomonga
B) soglom tomonda
V) utirgan
G) ortopnoe
D) turgan xolatda
2.Kuruk plevritda kukrak kafasini kuzdan kechirganda aniklanadi:
A) ogrigan tomonni nafas aktida orkada kolishi
B) kukrak kafasining shishishi
V) kukrak kafasining kichraeshi
G) shaklini uzgarishi
D) uzgarishlarsiz
3.Rauxfus-Grokko uchburchagida perkutor tovush:
A) Bugik
B) kutisimon
V) upka tovushi
G) uzgarmagan
D) timpanik
4.Ekssudativ plevritda suyuklik tuplangan soxada ovoz dirillashi:
A) aniklanmaydi
B) uzgarmagan
V) kuchaygan
G) notekis
D) keskin kuchaygan
5.Kaysi usul yordamida ekssudat xarakteri aniklanadi:
A) plevral punktsiya
B) bronxoskopiya
V) rentgenoskopiya
G) spirografiya
D) pnevmotaxometriya
6.Aksariyat xollarda plevritga sabab buladi:
A) sil
B) upka raki
V) krupoz zotiljam
G) oziklanishni buzulishi
D) chekish
7.Kuruk plevritda bemorlarning asosiy shikoyati:
A) kukrak kafasida ogrik
B) tana xaroratini kutarilishi
V) kuruk yutal
G) kon tuflash
D) xurujli bugilish
8.Kuruk plevrit auskultatsiyasida:
A) vezikulyar nafasni susayishi
B) plevrani ishkalanish shovkini
V) bronxial nafas
G) krepitatsiya
D) kuruk xirillash
9.Kuruk plevritni rentgenologik suratida:
A) upka maydoni toza
B) bronxlar uzgarmagan
V) diafragma xarakatchanligi chegaralangan
D) uchokli soyalar
10.Ekssudativ plevritda bemorlarning asosiy shikoyatlari
A) yon tomonda ogirlik va ogrik
B) tana xaroratini kutarilishi
V) xansirash
G) xurujli bugilish
D) kon tupurish
11.Ekssudativ plevritda kukrak kafasini kuzdan kechirganda aniklanadi:
A) kukrak kafasi assimetriyasi
B) ogrigan tomon shishi
V) ogrigan tomonni nafas aktida orkada kolishi
G) kukrak kafasi shakli uzgarmagan
D) emfizematoz kukrak kafasi
12.Ekssudat tuplangan soxa auskultattsiyasida:
A) vezikulyar nafas keskin susaygan
B) nafas eshitilmaydi
V) krepitattsiya
G) kuruk xirillash
D) jarangsiz nam xirillash
13.Chap tomonlama ekssudativ plevrit perkussiyasida aniklanadi:
A) Traube bushligini yukolishi
B) pastki chegaradarini aniklab bulmaydi
V) upka pastki kirasi xarakatchanligi aniklanmaydi
G) kutisimon tovush
D) metallik tovush
14.Plevritdagi kon taxlili?
A) leykotsitoz
B) EChT ni tezlashishi
V) limfotsitoz
G) liykopeniya
D) EChT uzgarmagan
15.Ekssudativ plevrit rentgenologik xaritasida:
A) bronxlarning yukolishi
B) gomogen korongilashish
V) yukori egri chizikni paydo bulishi
G) uchokli soya
D) ildizlar kengaygan
16.Plevra bushligida suyuklik kup tuplanganda perkutor tovushning uzgarishi
A) kutisimon
B) bugik
V) bugiklashgan
G) uzgarmagan
1 Bemor 42 yoshda. Kasallik utkir, ung tomonida nafas aktida kuchayadigan ogrik bilan boshlangan. Kuzdan kechirganda vaziyati majburiy, ogrigan tomonida yotadi. Auskultatsiyada plevra ishkalanish shovkini eshitiladi.
Bu kaysi kasallik bulishi mumkin?
2 Shikoyatlari xansirash, kukrak kafasi ung tomonida ogirlik. Palpatsiyada ung tomondan pastki kismda ovoz dirillashi susaygan yoki yuk. Ogrigan soxada perkutor bugik tovush. Auskultatsiyada nafas va bronxofoniya yuk.
Umumiy kuzdan kechirganda nima aniklanadi?
6.3 Amaliy qism.
Darsning bu kismi amaliy kunikmalarga bagishlangan. Ukituvchi talaba-volonterda usullarini kursatadi, va tashxis kuyishda bu usullarni axamiyatini etib utadi. Keyin talabalar kichik guruxlarga bulinib bir birida paypaslashni va tukilatishni urganishadi. Ogirida bulimda ukituvchi bilan birgalikda bemorlarni kuratsiya kilinadi.
7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.
Interaktiv usul:
8. Joriy nazoratni baxolash mezoni
№
|
O’zlashtirish (%)va ballarda
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
86-100
|
A’lo «5»
|
|
2.
|
71-85
|
Yaxshi «4»
|
|
3.
|
55-70
|
Qoniqarli «3»
|
|
4.
|
0- 54
|
Qoniqarsiz «2»
|
|
9. Joriy nazoratni baxolash mezoni
|
Mashgulot bosqichlari
|
Mashgulot ko’rinishi
|
Davomiyligi
|
1.
|
O’qituvchining kirish so’zi
|
|
5 min
|
2.
|
Mavzuning o’rgatilishi
slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash
|
Surov va tushuntirish
|
25 min
|
3.
|
Mavzu yakuni
|
|
5 min
|
4.
|
O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.
|
Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at
|
25 min
|
5.
|
Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.
|
Ogzaki surov,
testlar, vaziyatli
masalalar,
diskussiya.
|
20 min
|
6.
|
|
|
10 min
|
10. Tekshiruv savollari.
A) Plevritlar rivojlanishini sabablari.
B) Gidrotoraksda va pnevmatoraksda buladigan klinik uzgarishlar.
V) Kanday laborator-instrumental usullar bilan kuruk va eksudativ plevritlarda kullaniladi?
G) Kanday laborator-instrumental usullar bilan gidrotoraks va pnevmotoraksda kullaniladi?
D) Plevra bushligida xavo va suyuklikning tuplanish sindromini rivojlanish sabablari
11.Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy:
1. "Propedevtika vnutrennix bolezney" V.X.Vasilenko, A.L. Grebenev, Moskva, 1989.
2. "Propedevtika vnutrennix bolezney" M.V. Muxin, V.A. Moiseev, Moskva, 2002.
3. "Propedevtika vnutrennix bolezney" V.T.Ivashkin, V.K. Sultanov, S-Peterburg, 2000.
4. "Propedevtika vnutrennix bolezney" A.A. Grebenev, Moskva, 2001.
5. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" E.Y.Kosimov va b., Toshkent, 1996.
Kushimcha:
1. "Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney"
O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.
2. "Vnutrennie bolezni. Raspoznavanie.Semiotika. Diagnostika" A.L.Shishkin,
S-Peterburg, 2000.
Dostları ilə paylaş: |