1
O'zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
K.N.Nishonboеv, O.E.Eshonqulov, M.Sh.Bosimov
Tibbiyot gеnеtikasi
O'zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirligi tibbiyot institutlarining talabalari uchun darslik
sifatida tasdiqlangan
Toshkеnt - 2011 y.
2
Mualliflar:
K.N.Nishonboеv - ToshPMI Tibbiy biologiya va gеnеtika kafеdrasi
profеssori, biologiya fanlari doktori.
O.E.Eshonqulov - ToshPMI Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va
tibbiy gеnеtika kafеdrasi profеssori, biologiya fanlari doktori.
M.Sh.Bosimov - ToshPMI Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va
tibbiy gеnеtika kafеdrasi assistеnti.
Taqrizchilar:
J.H. Hamidov - O'zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi Akadеmigi.
S.A.Rahimov - ToshPMI 2-Pеdiatriya kafеdrasi mudiri, tibbiyot fanlari
doktori, profеssor.
P.X. Holiqov - Toshkеnt Mеditsina Akadеmiyasi Tibbiy biologiya va gеnеtika
kafеdrasi profеssori, biologiya fanlari doktori.
Darslik O'zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va
sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida
yozilgan.
Darslik gеnеtika fani, uning odam gеnеtikasi va tibbiyot gеnеtikasiga taalluqli
bo'limlarining rivojlanish tarixi va hozirgi davrdagi asosiy muammolarini o'rganish
usullari, irsiyat va o'zgaruvchanlikning molеkulyar va hujayraviy asoslari, irsiy
kasalliklar tasnifi, irsiy kasalliklar sеmiotikasi, xromosoma va gеn kasalliklarining
etiologiyasi, patogеnеzi, klinikasi, diagnostiksi, davolash va profilaktikasi, tibbiy
gеnеtikaning etikaviy muammolari kabi boblardan tashkil topgan.
Darslik tibbiyot institutlari talabalari uchun mo'ljallangan. Undan
o'qituvchilar va amaliyot shifokorlari ham foydalanishi mumkin.
3
Mohir pedagog va ajoyib inson
Nishonboyeva Masturaning yorqin
xotirasiga bag’ishlanadi.
MUQADDIMA
Tibbiyot genetikasi odam genetikasi fanining bir bo‘limi bo‘lib, odamning
irsiyati va o‘zgaruvchanligini patologik nuqtai nazaridan o‘rganadi. Tibbiyot
genetikasi irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablarini, irsiylanish tiplarini,
populyatsiyada tarqalishini, molekula va hujayra darajasida sodir bo‘ladigan
jarayonlarni o‘rganadi.
Tibbiyot genetikasining asosiy qismi klinik genetika bo‘lib, u irsiy
kasalliklarning etiologiyasini, patogenezini, klinikasini, diagnostikasini, davolash va
profilaktikasi yo‘llarini o‘rganadi.
Irsiyatning asosiy qonuniyatlarini puxta o‘zlashtirish shifokorlik amaliyotida
juda katta ahamiyatga ega. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, irsiy omillar irsiyatga
aloqasi yo‘qday tuyuladigan ko‘pgina irsiymas kasalliklar patogeneziga katta ta`sir
ko‘rsatishi aniqlanmoqda. Hatto sil, bezgak, qora chechak, o‘lat kabi yuqumli
kasalliklarning populyatsiyalarda tarqalishi, irsiyatga aloqador ekanligi aniqlandi.
Tibbiyot genetikasi juda tez rivojlanib borayotgan fanlar qatoriga kiradi. 1978
yilda Moskva shahrida o‘tkazilgan XIV Xalqaro genetika kongressida 2500ga yaqin
irsiy kasalliklar mavjudligi, 4,5-5% ga yaqin chaqaloqlarning irsiy jihatdan har xil
o‘zgarishlar bilan tug‘ilishi ta`kidlangan edi. Hozirga kelib irsiy kasalliklarning soni
yanada ko‘payganligi, ular sonini 7000 ga yaqinlashgani aniqlandi. Har yili 100 ga
yaqin irsiy kasalliklar aniqlanmoqda. Buning sabablaridan biri odam genetikasi,
fiziologiyasi va biokimyosining tobora chuqur o‘rganilishi, diagnostika usullarining
yanada takomillashishi bo‘lsa, ikkinchi asosiy sabab yashash muhitining tobora
ifloslanib borishi, odam irsiyatiga zararli ta`sirlarning tobora ortib borishidir.
Tibbiyot genetikasiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan
ularning aksariyati rus va boshqa xorijiy tillarda chop etilgan.
4
O‘zbek tilida birinchi tibbiyot genetikasiga bag‘ishlangan oliy o‘quv yurti
talabalari uchun darslik K.N.Nishonboyev va hammualiflar tomonidan 2000- yilda
yaratildi. Sizning e`tiboringizga havola etilayotgan ushbu darslik avvalgisiga
nisbatan to‘liq qayta ishlandi, birinchi nashrda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tuzatildi,
yangi ma`lumotlar bilan to‘ldirildi. Bu darslik O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozildi, shuningdek Rossiya
Federatsiyasi tibbiyot institutlari dasturlaridan ham foydalanildi.
Darslikning birinchi bobida genetika fanining, uning odam genetikasi va
tibbiyot genetikasiga taalluqli bo‘limlarining rivojlanish tarixi va hozirgi davrdagi
asosiy muammolari bayon etilgan.
Ikkinchi bobda irsiyat va o‘zgaruvchanlikning molyekulyar va hujayraviy
asoslari berilgan. Bu bobda irsiy modda tuzilishining gen, xromosoma va genom
darajalari, genetik kod, irsiyatga muhit omillarining ta`siri, mutagenez,
mutatsiyalarning mexanizmlari yoritilgan.
Darslikning uchinchi bobida hozirgi davrda qo‘llanilayotgan tibbiyot
genetikasining
usullari
keltirildi.
Genealogiya,
egizaklar,
sitogenetika,
immunogenetika, somatik hujayralar genetikasi, biokimyo, molekulyar genetika
(DNK-zondi, polimeraza zanjir reaksiyasi, genotiposkopiya), statistik-populyatsiya,
modellashtirish, dermatoglifika usullari batafsil bayon etildi.
To‘rtinchi bobda irsiy kasalliklar tasnifining asosiy prinsiplari, irsiy kasalliklar
semiotikasi va klinik diagnostikasi bayon etilgan. Klinik diagnostikada
mikroanomaliyalar (stigmalar) katta ahamiyatga ega ekanligini e`tiborga olib, ular
to‘g‘risidagi ma`lumotlarni ilova sifatida emas, balki shu bobda berishni ma`qul deb
hisobladik va asosiy stigmalarning rasmlarini ham keltirdik. Beshinchi bobda
xromosoma kasalliklarining etiologiyasi va patogenezining umumiy xususiyatlari,
ko‘p uchraydigan xromosoma kasalliklarining (Daun, Patau, Edvards,
Shereshevskiy-Terner,
X-trisomiyasi,
Klaynfelter,
Lejen,
Volf-Xirshxorn
sindromlari) klinik-sitogenetik xususiyatlari to‘g‘risida ma`lumotlar berildi.
5
Oltinchi bobda gen kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinik
kechishining umumiy xususiyatlari, ko‘p uchraydigan gen kasalliklarining klinikasi
va diagnostikasi, epidemiologiyasi bayon etildi.
Yettinchi bobda multifaktorial kasalliklar to‘g‘risida ma`lumotlar keltirildi.
Sakkizinchi bobda ekologik genetika, farmakogenetika, genogeografiya,
rivojlanish nuqsonlari to‘g‘risida ma`lumotlar, to‘qqizinchi bobda irsiy kasalliklarni
davolash prinsiplari (simptomatik, patogenetik, etiologik) to‘g‘risida ma`lumotlar,
o‘ninchi bobda irsiy kasalliklar profilaktikasining asosiy yo‘nalishlari haqida
umumiy tushunchalar, o‘n birinchi bobda tibbiy- genetik maslahat batafsil bayon
etildi. Irsiy kasalliklarning erta diagnostikasi, skrining usullar prenatal va neonatal
diagnostika usullari to‘g‘risida ma`lumotlar o‘n ikkinchi bobda keltirildi.
Darslik oxirida test topshiriqlari, masalalar va genetik atamalar lug‘ati berildi.
Mazkur darslik lotin alifbosida birinchi marta yaratilganligi sababli tabiiyki ayrim
kamchiliklardan holi emas. Darslikning sifatini oshirish maqsadida fikr va
mulohazalarni bayon etajak kitobxonlarga oldindan chuqur minnatdorchiligimizni
izhor etamiz. Darslikni nashrga tayyorlashga yordam bergan ToshPTI, o‘zbek tili
kafedrasi katta o‘qituvchisi Egamberdiyev Azamat Rapiyevichga, ToshPMI
talabalari Rixsiboyev Jamshidga va Seytimbetov Jo‘rabyeklarga, taqrizchilar
sifatida o‘zlarining qimmatli maslahatlarini ayamagan akademik J.X.Hamidov va
profyessor S.A. Rahimovlarga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.
6
1. GENETIKA VA TIBBIYOT GENETIKASINING QISQACHA
RIVOJLANISH TARIXI.
Genetika termini 1906-yilda U. Betson tomonidan taklif qilingan bo‘lib,
yunoncha «genetikos» so‘zidan olingan va kelib chiqishiga taalluqli degan ma`noni
anglatadi. Genetika fani tirik organizmlarning ikki asosiy xususiyatlari – irsiyat va
o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganadi.
G.Mendel o‘zining no‘xotlar ustida o‘tkazilgan klassik tajribalari bilan irsiyat
va o‘zgaruvchanlik hodisalarini ilmiy o‘rganishni boshlab berdi (1865). Lekin
Mendel kashf qilgan irsiyat qonuniyatlari 35 yilgacha zamondoshlarning e`tiborini
jalb etmadi, faqat 1900-yildan boshlab, irsiyat qonuniyatlari qayta kashf qilingandan
keyin, Mendel qonunlari hamma olimlar tomonidan e`tirof etildi va genetika alohida
fan sifatida rivojlana boshladi. O‘sha vaqtdan boshlab genetika fani uzoq va
murakkab yo‘lni bosib o‘tdi va ko‘p sonli mustaqil bo‘limlarga ajratildi. Bu
bo‘limlar alohida fan sifatida rivojlanmoqda, ular genetika fanining yangi
kashfiyotlari – matematika, fizika, kimyo, evolyutsion ta`limot, sitologiya, tibbiyot
va boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalanish natijasida tashkil topdi.
Genetika fundamental (poydevor) va amaliy fan hisoblanadi. Uning
fundamentalligi – tiriklikning asosiy xususiyatlari – irsiyat va o‘zgaruvchanlikni
o‘rganishi, boshqa fanlarga katta ta`sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir. Genetikaning
amaliy xarakteri uning yutuqlarining amaliy maqsadlarda, seleksiyada, sog‘liqni
saqlashda foydalanishiga bog‘liqdir.
Hozirgi zamon genetikasining asosiy tushunchalaridan biri gen hisoblanadi.
Gen irsiy informatsiyaning saqlanishi, uzatilishi va amalga oshirilishi birligidir. XIX
asrning ikkinchi yarmigacha irsiyat hodisasi ilmiy jihatdan umuman o‘rganilmagan
edi. Ammo o‘sha davrdayoq bolalarning hamma vaqt ham ota-onalarga
o‘xshayvermasligi, ba`zi kasalliklarning ayrim oilalarda uchrashi aniqlangan,
tibbiyot sohasida ayrim empirik qonunlar keltirib chiqarilgan edi. Masalan,
gemofiliya bilan faqat o‘g‘il bolalar kasallanishi, kasallik onalardan o‘tishi (Nasse
qonuni) aniqlangan edi. Lekin odam genetikasining rivojlanishiga ijtimoiy va
7
siyosiy munosabatlar hamma vaqt ta‘sir ko‘rsatib keldi. Shuning uchun ham
antropogenetikaning «sof fan» bo‘lib qolishi qiyin edi.
Hatto hozirgi davrda ham IK (intellekt koeffitsienti) irsiylanishi, xulqning
tug‘ma shakllarining mavjudligi muammolari jamiyatda har xil bahsning kelib
chiqishiga sabab bo‘lib kelmoqda. Irsiyat to‘g‘risida dastlabki tushunchalarni antik
davrdagi qadimgi Yunon faylasuflarining asarlaridan topish mumkin. Masalan,
Gippokrat shunday yozgan edi: «urug‘ butun tanani hosil qiladi, sog‘lom urug‘dan
tananing sog‘lom qismlari, kasal urug‘laridan esa kasal qismlar hosil bo‘ladi.
Kaldan kal bola, ko‘k ko‘zlidan ko‘k ko‘zli bola, g‘ilaydan g‘ilay, tuxumsimon
kallalidan tuxumsimon kallali farzandlar dunyoga keladi». Anaksagor va
Aristotelning ham irsiyat va jins shakllanishi to‘g‘risidagi dunyoqarashlari diqqatga
sazovordir. Platon o‘zining «Siyosat» degan asarida jismoniy va ma`naviy sog‘lom
bolalar tug‘ilishi uchun er-xotinlarni qanday tanlashni, bolalarni qanday
tarbiyalashni tushuntiradi. Sharq va Osiyo olimlarining asarlarida ham bu sohada
ancha qimmatli ma‘lumotlarni topish mumkin. Buyuk Ibn Sino tibbiyot fanining
rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi, uning asarlari Yevropa universitetlarida tibbiyot
sohasida asosiy qo‘llanma sifatida keng qo‘llanildi.
Ibn Sino asarlarida odam tabiatining shakllanishida uning belgilari (hozirgi
zamon tushunchasida - fenotipi), ichki mohiyati (organizmning irsiy axboroti -
genotipi) va elementlarining (genlarning) o‘zaro munosabatlarining ahamiyati
to‘g‘risida qimmatli fikrlar mavjud.
Uyg‘onish davrida tabiat to‘g‘risidagi bilimlar keng rivojlanib, har xil ilmiy
ma`lumotlar to‘plandi, tajribalar o‘tkazildi. O‘sha davrda Ispaniyalik shifokor
Merkado «Irsiy kasalliklar» degan asarni yaratdi, keyinroq esa Moperti, Adams va
Nassellarning irsiyat sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlari natijalari chop etildi.
Moperti polidaktiliyaning oilada tarqalishini aniqladi (1752y). Adams irsiy
patologiyasi bo‘lgan bolalarni hisobga olish, kasallikka irsiy moyillik, inbriding va
muhitning ahamiyati, irsiy kasalliklarning geterogenligini (xilma-xilligi) ko‘rsatdi.
8
Nasse gemofiliyaning irsiylanish prinsiplarini tasvirlab, uning to‘liq avlodlar
shajarasini (genealogiyasini) tuzib chiqdi.
Ammo bu davr hali genetikaning haqiqiy ilmiy davri emas, o‘sha davr
tadqiqotchilarning asarlarida haqiqiy, aniq ma`lumotlar tomomila noto‘g‘ri
tushunchalar bilan aralashib ketgan, chunki hali odam genetikasining nazariy
asoslari yaratilmagan edi.
Faqat 1900-yilda G.Mendelning irsiyat qonuniyatlari qayta kashf qilinganidan
keyin, genetika fani ilmiy yo‘ldan rivojlana boshladi. 1865-yilda F.Galton o‘zining
«Talantning va xarakterning irsiylanishi» monografiyasida mashhur shaxslarning
avlodlar shajarasini (biografiyasini) o‘rganish asosida bu xususiyatlarning
rivojlanishida irsiyatning ahamiyati borligini aniqladi.
F.Galton va uning shogirdi K.Pirson biometrik genetikaga asos soldilar.
F.Galtondan boshlab odam genetikasi yevgenika yo‘nalishida taraqqiy eta boshladi.
Yevropada natsizmning rivojlanishi natijasida yevgenikaning mohiyati tamomila
buzilib «irqiy gigiyena»ga aylanib qoldi. 1931-yilda nemis irqiy gigiyena jamiyati
o‘zining nomiga yevgenika so‘zini ham qo‘shib olganidan keyin yevgenika natsizm
bilan bir ma`noda tushunila boshlandi.
Genetikaning
rivojlanishida
irsiyatning
xromosomalar nazariyasining
yaratilishi juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu nazariyaning asoschisi T.G. Morgan
Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Xromosoma nazariyasi sitologiya va genetika
yutuqlaridan foydalanish natijasida yaratildi va uning yaratilishida Boveri, E.Vilson,
V.Setton va boshqa mashhur olimlarning tadqiqotlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Darvinizm va genetika g‘oyalarining bir-biriga qo‘shilishi natijasida
populyatsiyalar genetikasi rivojlandi. Populyatsion genetika S. S.Chyetverikovning
1926-yilda yozgan klassik ahamiyatga ega bo‘lib qolgan «Hozirgi zamon genetikasi
nuqtai nazaridan evolyutsion ta`limotning ba`zi bir tomonlari» degan maqolasidan
keyin tez rivojlana boshladi.
Bundan ham oldinroq G.Xardi va V.Vaynberg (1908 y.) populyatsiyalarda
allellar, fenotiplar, genotiplar chastotasini aniqlash formulalarini taklif etgan edi. Bu
9
mashhur ilmiy ishlar irsiy kasalliklar epidemiologiyasi va genogeografiyasini
o‘rganishga sabab bo‘ldi.
1902-yilda tibbiy genetika sohasida yaratilgan ishlardan biri A.Gerrodning
«Alkaptonuriyaning tarqalishida kimyoviy jarayonlarni o‘rganish» asaridir.
Metabolizmning tug‘ma holatlarini o‘rganish misolida biokimyoviy genetikaga asos
solindi.
XX
asrning
boshlarida
irsiy
moddaning
barqarorligi
to‘g‘risida
dunyoqarashlar hukmron edi. Lekin G. De Friz, G.A.Nadson, G.S.Filipchenko,
G.Meller va I.L. Stadlerlarning tadqiqotlari natijasida genning o‘zgaruvchanligi,
mutatsiyalarni sun`iy yo‘l bilan hosil qilish mumkinligi aniqlandi. Genning
tuzilishini o‘rganish oqsilning matritsali sintezi g‘oyasining kelib chiqishiga, gen
nazariyasining yaratilishiga olib keldi. Natijada D.Uotson va F.Krik DNK ning
tuzilish modelini aniqladilar va bu mashhur kashfiyot uchun Nobel mukofotiga
sazovor bo‘ldilar, DNK tuzilmasining aniqlanishida D.U.Bidl, E.Tatum, K.Mak-
Leod, O.Everi, M.Milkens, R.Franklin va M.Mak-Karti hamda boshqa olimlarning
ilmiy tadqiqotlari ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Irsiyatning molekulyar mexanizmlarini o‘rganish natijasida irsiy kod,
transkriptsiya, translyatsiya va ma`lum genlar tomonidan kodlanadigan oqsillarning
funksiyalanish mexanizmlari kashf qilindi.
N.I.Vavilov tomonidan yaratilgan irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori
qonuni irsiyat haqidagi fanga qo‘shilgan bebaho hissadir. Bu qonun tibbiyot
genetikasida irsiy kasalliklarni modellashtirishda juda katta ahamiyatga egadir. XX
asrning 30-40 yillarida tibbiyot genetikasi sohasida ancha yutuqlarga erishildi.
S.G.Levit, S.N.Davidenkov, S.N.Ardashnikov, A.P.Prokofeva-Belgovskaya, V.P.
Efroimson,
A.A.Malinovskiylar
odam
genetikasi
va
tibbiyot
genetikasi
rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdilar.
Irsiyatni molyekulyar darajada o‘rganish tekshirish ob`yekti sifatida
mikroorganizmlardan foydalanish natijasida keng rivojlandi. Bu esa o‘z navbatida
genetik injeneriyaning kelib chiqishiga olib keladi.
10
Genetik injeneriya oldindan belgilangan maqsad asosida irsiy axborotni gen,
hujayra va organizm darajalarida qayta tuzish, o‘zgartirish muammolari bilan
shug‘ullanadi.
Hozirgi
vaqtda
DNK
zondi,
somatik
hujayralarni
duragaylash,
immunogenetika, polimeraza zanjir reaktsyalari (PZR) usullarining qo‘llanilishi
odam genetikasining yanada muvafaqqiyatli rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda.
Genetika faninning keyingi vaqtlarda qo‘lga kiritgan yutuqlari asosida, fan va
texnika usullarining hamkorligi natijasida yangi soha – biotexnologiya yuzaga keldi.
Genetik injeneriya va biotexnologiya usullarining keng qo‘llanilishi, odam
irsiy kasalliklariga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olishda juda katta istiqbollarni
ochib bermoqda.
Hozirgi davrda genetika fanida genlar nafis tuzilishini o‘rganish, genomika
shaxsning individual rivojlanishi jarayonida genlar faoliyatining boshqarilishi?
genoterapiya kabi murakab muammolar ustida ilmiy izlanishlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonda
genetik
tadqiqotlarning
rivojlanishiga
mashhur
olimlar
Yo.X.To‘raqulov, J.H.Hamidov, J.A.Musayevlar katta hissa qo‘shdilar, jumladan
Yo.X.To‘raqulov rahbarligida irsiy kasalliklar rivojlanishining biokimyoviy
mexanizmlari o‘rganildi. Akademik J.H.Hamidov o‘z shogirdi A.A.Abdukarimov
bilan tiryeoid gormonlar ta`sirining genetik mexanizmlari haqida muhim
ma`lumotlar oldilar. Atoqli olimlarimiz N.M.Majidov, Sh.Sh.Shomansurovlar asab
kasalliklari patogenezida irsiy omillar rolini o‘rgandilar.
1971-yilda Toshkent tibbiyot institutida O‘rta Osiyo Respublikalarida birinchi
marta J.H.Hamidov va A.T.Oqilovlar rahbarligida tibbiyot genetikasi bo‘limi
ochilib, irsiy kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan ancha ishlar qilindi.
Hozirgi davrda tibbiyot institutlarida tibbiyot genetikasi kafedralari yoki kurslari
ochilgan bo‘lib, bo‘lajak shifokorlarning tibbiy genetikaga oid bilimlarini oshirishga
xizmat qilmoqda. 1999-yilda ―Sog‘lom avlod‖ xayriya jamg‘armasi tashabbusi va
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Toshkent shahrida Respublika skrining
markazi va viloyatlarda uning filiallari tashkil qilinib ommaviy neonatal va prenatal
11
skrining tekshiruvlari o‘tkazilmoqda. Toshkentda akusherlik va ginekologiya,
endokrinologiya ilmiy – tekshirish institutlarida, shahar bolalar diagnostika markazi
qoshida tibbiyot genetikasi laboratoriyalari ochilgan bo‘lib, ular aholiga tibbiy
genetika sohasida amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Tayanch so’zlar:
Genetika
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik
Antik davrda genetika
Uyg‘onish davri genetikasi
Xromosomalar nazariyasi
Irsiy moddaning barqarorligi
Gen nazariyasi
Odam genetikasi
O‘zbekistonda genetikaning rivojlanishi
Toshkentda genetik markazlar
2.IRSIYATNING MOLEKULYAR ASOSLARI. IRSIYATGA MUHIT
OMILLARINING TA`SIRI.
12
Hujayra – eukariot organizmlarning strukturaviy va funksional elementar
birligi hisoblanadi (eukariot organizmlarga odam ham kiradi). Eukariotlar - haqiqiy
yadroga ega bo‘lgan hujayralar. Hujayra o‘z-o‘zini hosil qiluvchi, yangilovchi va
idora qiluvchi tirik elementar tizim hisoblanadi, ya`ni «tiriklik» tushunchasiga javob
bera oladigan eng kichik birlik hisoblanadi. Eukariot hujayralarda yadro bilan
sitoplazmani membrana ajratib turadi (1-rasm).
Yadro. Irsiyatning molyekulyar asoslarini o‘rganish uchun yadroning strukturasi va
funksiyalari bilan tanishamiz. Hujayraning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib
vegetativ (hujayra faoliyatini boshqaradi) va generativ (irsiy informatsiyani saqlaydi
va qizlik hujayralariga uzatadi) funksiyalarni bajaradi. Eukariotning yadrolari
quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) yadro qobig‘i; 2) yadro shirasi; 3)
yadrocha; 4) xromatin (2-rasm).
Yadro qobig’i 2 biomembranadan hosil bo‘ladi, bu membranalar orasida
membranalar oraliq bo‘shlig‘i joylashgan. Tashqi yadro membranasi boshqa
hujayra membranalari bilan dinamik bog‘langan. Shu sababli uning funksiyasi faqat
shakllantirish bilangina cheklanib qolmasdan, sintez jarayonlarida ham faol ishtirok
etadi. Tashqi va ichki membranalar birikkan joylarda porasomalar – yadro
teshikchalari shakllanadi. Teshikchalar soniga qarab yadroning funksional faolligi
Dostları ilə paylaş: |