MZ
DZ
Sonning tug‘ma chiqishi
41
3
Qizamiq
98
94
Maymoqlik
32
3
Parotit
82
74
Sil
67
23
Revmatizm
47
17
Qandli diabet
65
18
Shizofreniya
69
10
Epilepsiya
67
23
Pedagoglar va pediatr shifokorlar egizaklar usuli yordamida muhit va irsiyatning
intellekt, ruhiy qobiliyatlarni rivojlanishidagi rolini aniqlash mumkinligini unutmasliklari
kerak. Bolaning tabiiy tug‘ma qobiliyatlari faqat muhitning ma`lum sharoitlari mavjud
bo‘lgandagina yuzaga chiqishi mumkin. Shuningdek eng qulay muhit sharoitlari
bo‘lganida ham qobiliyatning irsiy jihatdan genotipda belgilovchi genlari bo‘lmaganida
yuzaga chiqishi mumkin emas. Shuning uchun ham avval bolada qanday qobiliyatlar bor-
ligini ma`lum testlar yordamida aniqlash, undan keyin esa uning rivojlanishi uchun zarur
sharoitni yaratish lozim. Hozirgi davrda egizaklar usuli farmakogenetikada keng
qo‘llanilmoqda. Bu egizak-sherik bo‘yicha nazorat usulidir. Usulning mohiyati shundan
iboratki, bunda kasal MZ lar guruhi ikkita kichik guruhlarga ajratiladi. Bitta kichik
guruhni yangi preparat (samaradorligi aniqlanishi lozim bo‘lgan) bilan ikkinchi kichik
guruhni esa eski qo‘llanib kelinayotgan preparat bilan davolanadi.
MZ lar bir xil genotipga ega bo‘lganligi uchun ulardan olingan ma`lumotlar
umumiy populyatsiyadagi nazorat guruhidan olingan natijalarga nisbatan shubhasiz
ishonchli bo‘ladi. Shuning uchun ham bu usul qo‘llanilganda tekshirilayotgan guruhlar
soni MZ lar uchun kam (20 juft), umumiy populyatsiya uchun esa juda ko‘p bo‘lishi lo-
zim. Bundan tashqari umumiy populyatsiya olinganda tekshirilayotgan shaxslarni
41
yoshiga, jinsiga, kasallikning og‘ir-yengilligiga qarab tanlab olish lozim. Umumiy
populyatsiya tekshirilganda davolash samarasini aniqlashda yanglishish mumkin, chunki,
har bir preparatga nisbatan turli shaxslarning individual sezuvchanligi turlicha bo‘ladi.
3.3. Sitogenetik usul.
Bu usul XX asrning 50-yillaridan boshlab qo‘llanilayotgan bo‘lib, bu usul
xromosomalarni mikroskopda tekshirishga asoslangandir. Shu yillarda leykotsitlarni
sun`iy o‘stirish usuli ishlab chiqib, ularda xromosomalarning metafaza holatini olish va
xromosomalarni mikroskopda tekshirish usullari yo‘lga qo‘yildi. Sitogenetik usulni
qo‘llashning birinchi muvaffaqiyatli natijasi 1959 yilda Lejyen tomonidan Daun
sindromida xromosomalar sonining anomaliyasini aniqlanishi bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda sitogenetik usuldan xromosomalar tuzilishi va sonining
o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni o‘rganishda, xromosomalarni
kartalashtirishda, ularning polimorfizmini o‘rganishda va boshqa irsiy muammolarni
aniqlashda keng foydalaniladi.
Faqat tsitogenetik usulgina xromosoma patologiyalarida tashxis qo‘yishga imkon
beradi, shuning uchun ham qiyosiy tashxisda bu usul juda qulaydir. Masalan, Daun
kasalligining klinik ko‘rinishi aniqlanganda faqat sitogenetik usulning yordami bilangina
trisomiya variantini (47, XX+21) translokatsiya sindromlaridan (46,XX,t(15+21))
ajratish mumkin. Buni aniqlash esa kasal bola bo‘lgan oilada avlod prognozini aniq-
lashda juda muhim ahamiyatga egadir. Sitogenetik usulni qo‘llashning asosiy bosqichlari
quyidagilardir:
1) hujayralarni ajratib olish va sun`iy o‘stirish; 2) xromosomalarning metafaza holatini
olish; 3) metafaza holatidagi xromosomalarni mikroskopda o‘rganish va kariotipni
aniqlash.
Hozirgi davrda interfaza holatida ham xromosomalarni ajratib olish usullari ishlab
chiqilgan, lekin ularning aniq tuzilishini faqat mitoz yoki meyoz metafazalaridagina
yaxshi o‘rganish mumkin.
в
а
42
Tekshirish uchun hujayralarni suyak ko’migidan, teridan, urug’donlardan olish mumkin,
lekin eng qulay ob`yekt – qonning yadro saqlovchi hujayralaridir. Periferik qoning
leykotsitlarini (a) 2-3 kun davomida FGA (fitogemagglyutinin) (b) qo‘shilgan muhitda
sun`iy o‘stiriladi. FGA hujayralarning bo‘linishini tezlashtiradi. Metafaza bosqichida
xromosomalar juda yaxshi ko‘rinadi, shuning uchun ham bo‘linayotgan hujayralari
bo‘lgan oziq muhitga kolxitsin (c) moddasini qo‘shamiz. Bu modda bo‘linish duki
iplarini parchalaydi va mitozni metafazada to‘xtatadi. Keyin yadro membranasini
parchalash uchun hujayralarga gipotonik eritma qo‘shiladi, fiksatsiyalanadi, buyum
oynachalariga
o‘tkazilgan
hujayralar
bo’yaladi va mikroskopda (d) tekshiriladi
(15-rasm).
Xromosomalarni bir-biridan ajratish uchun
avval ularning mikrotasviri tayyorlanadi,
keyin kariogramma (idiogramma)
tuziladi (16-rasm). Xromosomalarni
individual farqlash uchun Parij
nomenklaturasiga asoslangan xromosomalar
tasnifidan foydalaniladi (17-rasm).
Xromosomalar asosan uzunligiga va
sentromerasining joylanish tartibiga qarab
(metatsentrik, submetatsyentrik, akrotsyent-
rik, yo‘ldoshli va boshqa tiplar) ajratiladi.
Oddiy bo‘yash usuli qo‘llanganda
xromosomalar bir tekis bo‘yaladi, ammo bu
o‘xshash xromosomalarni ajratishga
imkon bermaydi. Bu kamchiliklarni tuzatish uchun qiyosiy bo‘yash usuli qo‘llaniladi.
Hozirgi davrda avtoradiografiya, 5 bromdezoksiuridin bilan tekshirish, fluoroxromlar
bilan (Q), Gimza bo‘yoqlari (S — disklar) bilan qiyosiy bo’yash, shu usullarning
xilma-hil o‘zgartirilgan variantlarini qo‘llash, xromosomalarni ma`lum guruhlarga (A,
15-rasm. Sitogenetik usul.
43
B, C, D, E, F, G) aniq ajratishga imkon beradi. Qiyosiy bo‘yalganda xromosomalarda
to‘q (geteroxromatin) va och (euxromatin) bo‘yalgan qismlar yaxshi ko‘rinadi.
16-расм. Sog’lom ayol (а) va erkak (b) xromosomalari to’plami
(yuqorida), kariogrammasi (pastda).
в
a) ♀
b) ♂
44
17-rasm. Xromosomalarni individual farqlash uchun Parij
nomenklaturasiga asoslangan xromosomalar tasnifi.
Shunga qarab xromosomalarni bexato farqlash mumkin. Quyidagi jadvalda
xromosomalarning o‘lchami va sentromeralarining joylashishiga qarab tuzilgan tasnifi
keltirilgan (3-jadval).
в
а
45
3-jadval
Xromosomalarnnng o’lchami va sentromerasining joylashishiga qarab
tasniflanishi.
Xromosomalar
guruhi
Kariotipdagi raqami
Hromosomalar tavsifnomasi
A (I)
1, 2, 3
1,2, 3 — yirik metasentrik
B (II)
4, 5
Yirik submetatsengrik
C (III)
6-12 va X (23)
O‘rtacha submetatsengrik
D (IV)
13-15
O‘rtacha akrotsentrik
E (V)
16-18
Mayda submetatsengrik
F (VI)
19-20
Eng mayda metasentrik
G (VII)
21-22 vaY (23)
Eng mayda akrotsentrik
Hozirgi vaqtda xromosomalarni farqlashda va idiogrammalarni tuzishda
kompyuter dasturlaridan foydalanish usuli yo‘lga qo‘yilgan (18-rasm).
18-rasm.Xromosomalarni farqlashda va idogrammalarni tuzishda kompyuter dasturlaridan
foydalanish.
Sitologik preparatlarda nuklein kislotalarini duragaylash usuli ham yaxshi natija
berishi mumkin. Sitologik preparatlarda nuklein kislotalarini duragaylash usuli ham
yaxshi natija berishi mumkin. Nishonlangan DNK va RNK yordamida xromosoma
46
DNK sining duragaylashishi, xromosomalarning nozik tuzilishi va interfaza yadrosida
genlarning joylashishini aniqlash mumkin. Bu usullarning aniq bayoni ko‘pgina
monografiyalarda keltirilgan.
Sitogenetikada keng qo‘llaniladigan usullardan biri, odam somatik hujayra larida
jinsiy xromatinni aniqlashdir (19-rasm.).
19-расм. Sog’lom ayol epitelial hujayrasi
yadrosida jinsiy xromatin.
1-kariolemma,
2- xromatin,
3- jinsiy xromatin.
Bu usulning afzalligi - uning soddaligi
va tez tekshirish o‘tkazib, xulosa olish
mumkinligidadir. Lunj shilliq pardasidan
qirib tayyorlangan va epitelial hujayralardan
tashkil topgan surtma yoki periferik qon
leykotsitlari preparati ma`lum bo‘yoqlar bilan
(atsetorsein, lakmoid) bo‘yaladi va mikroskopda ko‘riladi. Jinsiy xromatin tanachalarini
kamida 100 hujayralarda sanab, xromosoma to‘plamida X xromosoma sonini aniqlash
mumkin. Tajribada tasdiqlangan Layon gipotezasiga asosan to‘plamda 2 ta X xromosoma
bo‘lsa, ulardan biri (tasodifan) reduplikatsiyadan orqada qoladi va giperpiknoz holida
bo‘lib jinsiy xromatin tanachasini hosil qiladi. Bu holat embrional rivojlanishning 16
kunidan boshlab kuzatiladi, uning asosida 2 ta xromosomadan birini inaktivatsiyalanishi
natijasida "genlar dozasi kompensatsiyalanishi" sindromi yotadi. Yirik X xromosomada
3000 tagacha genlar mavjud, kichik Y xromosomada esa genlar 230 tagacha. Shuning
uchun ham 2 ta X xromosomasi bo‘lgani uchun ayollarda faol holatdagi genlar miqdori
erkaklardagiga nisbatan ikki baravar ortiq bo‘lmasligini ta`minlash uchun ayollarda 2 ta
X xromosomadan bittasining nofaol holatiga o‘tishini ta`minlovchi mexanizm paydo
bo‘lgan. Faqat urg‘ochi jinsiy bezlarning o‘zak hujayralaridagina 2 ta faol X xromosoma
bo‘ladi. Agar X-xromosomalar soni 2 dan ortiq bo‘lsa (ya`ni XXX yoki boshqa variantlar),
jinsiy xromatin tanachalari soni ham ortadi, chunki hamma shunday holatlarda faqat I
1
47
xromosoma faol bo‘ladi. Shunday qilib jinsiy xromatin soniga qarab X-xromosomalar
sonini aniqlash mumkin: X xromosomalar soni n+1 ga teng (bunda n-jinsiy xromatin
tanachalari soni).
Bu usul yordamida odamning jinsini genetik jihatdan tez aniqlash ( ekspress usul)
mumkin (masalan, interseksual holatidagi bola tug‘ilganda). Shuningdek bu usul
yordamida X-xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq kasalliklarga (20-rasm) (X-
trisomiyasi — 47, XXX, Klaynfelter sindromi— 47, XXY, Shereshevskiy — Terner
sindromi — 45, XO, bu sindromlarning boshqa variantlari, X-xromosoma mozaitsizmi —
46, XX /45, XO va boshqalarga tashxis qo‘yish mumkin.
Ayollarda ikkinchi X-xromosomaning tasodifiy inaktivatsiyalanishi tekshirilganda
juda qiziq natijalar aniqlandi. Ma`lumki turli hujayralarda kelib chiqishiga nisbatan har xil
bo‘lgan X-xromosomalar inaktivatsiyalanishi mumkin.
Masalan, daltonizm geniga yoki gemofiliya geniga nisbatan geterozigotali (X
D
X
d
yoki
X
H
X
h
) bo‘lgan ayollarda, ular mutant genni otasidan olgan bo‘lsa, ko‘pchilik holatlarda
onadan o‘tgan (ya`ni X
D
yoki X
H
) X xromosomalar inaktivatsiyalanadi, ota X
xromosomalari (X
d
yoki X
h
) faol holatda bo‘ladi. Bunday ayollarda dominant genlar (D yoki
H) bo‘lishiga qaramasdan daltonizm yoki gemofiliya namoyon bo‘lishi mumkin.
20-rasm. Х-xromosomalar , Lunj shilliq pardasi epitelial hujayralardagi Barr tanachalari , va
leykotsitlar yadrolaridagi ―nog’ora tayoqchalari‖, soni orasidagi bog’lanish.
48
Shunday qiziqarli hodisa ma`lumki monozigot egizak opa-singillarda har xil X-
xromosomalar inaktivatsiyalanishi natijasida ularning bittasi gemofiliya bilan og‘rigan,
ikkinchisi esa gemofiliya genining geterozigot tashuvchisi bo‘lib sog‘lom bo‘lgan.
X
D
xromosomaning inaktivatsiyalanganligini geterozigotalar (X
D
X
d
) ko‘zining to‘r
pardasini qizil rangli nur to‘plami bilan yoritib, ular rangni sezmay qolganiga qarab (nur
faol X
d
li hujayraga tushganda) aniqlash mumkin.
Sitologlar Barr va Bertram birinchi bo‘lib urg‘ochi mushukning bosh miyasi
neyronlari yadrosi membranasida bo‘yalgan tanachalarni topishdi, erkak mushuklarda esa
bunday tanalar topilmaganligi uchun ular bu tanachalarni jinsiy xromatin deb atadilar.
SHuning uchun ham bu tanachalarni Barr tanachalari deb nomlanadi.
Sitogenetik tekshirishlar tibbiy genetik kabinetlarda va tibbiy-genetik
maslahatlarda o‘tkaziladi. Sitogenetik usul ancha murakkab va ko‘p vaqt talab
qiladi. Shuning uchun uni shifokor genetik tavsiyasi bilan quydagi holatlarda
o‘tkazish maqsadga muvofiqdir:
klinik belgilariga ko‘ra xromosoma kasalliklariga gumon tug‘ilganda (tashxisni
tasdiqlash maqsadida);
bolada gen sindromlariga aloqador bo‘lmagan tug‘ma nuqsonlar aniqlanganda;
homiladorlikda spontan abortlar, o‘lik tug‘ilishlar, rivojlanish nuqsonlari ketma-
ket kuzatilganda;
reproduktiv funksiya buzilganda (birlamchi amenoreya, bepushtlik);
bolani aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi;
prenatal tashxis qo‘yishda;
leykozlarda;
mutagenezni o‘rganishda.
3.4. Immunogenetika usuli.
Immunogenetika — odam genetikasining bir sohasi bo‘lib antigenlar spetsifikligi,
irsiylanishi qonuniyatlarini, immunitet reaktsiyalarining amalga oshishida irsiyatning
rolini o‘rganadi. Bu sohadagi ilmiy ishlari uchun B.Benatsarraf, J.Dosse, D.Snel 1980
49
yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Keyingi yillarda irsiy kasalliklarning
immunitet tizim bilan bog‘liqligini o‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
To‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) sohasida olib borilgan tajribalar
natijasida XX asrning 40-yillarida to‘qimalar mosligi bosh kompleksi — MHC (Major
Histocompatibility Complex) haqida tushunchalar paydo bo‘ldi. MHC genetik tizimi
tomonidan nazorat qilinadigan antigenlar immunologik tanishda va immun javobda,
hujayralarning o‘zaro ta`sirida katta rol o‘ynashi ma`lum bo‘ldi.
Keyinchalik MHC ichida faqat to‘qimalar antigenlarining genlarigina emas, immun
javob kuchini aniqlovchi genlar va limfotsitlar yuzasidagi retseptor genlari ham
joylashishi aniqlandi. Odamda MHC tizimi HLA (Human leucocyte antigens) deb
ataladi. To‘qima antigenlari shubhasiz hamma hujayralarda bo‘ladi, lekin ularni
o‘rganish uchun eng qulay ob`yekt leykotsitlar hisoblanadi. To‘qima antigenlari oqsil va
uglevoddan tashkil topgan bo‘lib, hujayraning plazmatik membranasiga joylashadi.
Birinchi leykotsit antigeni 1958-yilda J.Dosse tomonidan aniqlangan. I sinf to‘qima
antigenlariga A, B, C guruhlari antigenlari, II sinf to‘qima antigenlariga esa D guruhi
antigenlari kiradi. Hozirda leykotsit antigenlarining har biri ko‘p izoantigenlardan
iboratligi aniqlandi, har bir antigen o‘z harfi va raqamlari bilan ifodadanadi. Masalan
HLA-Al, HLA-A2, HLA-B5, HLA-C1 va hokazolar. Yangi topilgan antigenlar xalqaro
ilmiy majlislarda unifikatsiyalanadi. Yangi topilgan antigenlar xalqaro majlislarda
tasdiqdan o‘tib, unifikatsiyalanguncha W simvoli bilan belgilanadi Wl, W2, W17 kabi
ifodalanadi. Tasdiqdan o‘tgandan keyin esa rasmiy HLA nomenklaturasi bilan
ifodalanadi. (4-jadval).
HLA antigenlarini kodlashtiruvchi genlar birikkan guruh hosil qilib 6-autosomaning kalta
yelkasiga joylashadi (21-rasm).
Odamda har xil HLA antigenlarning uchrashi turli irsiy kasalliklarning kelib chiqishi
mumkinligini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida katta amaliy ahamiyatga egadir. Hozirgi
paytda HLA tizimi bilan oilaviy surunkali virus infeksiyalari, autoimmun va
immunodefitsit holatlar orasidagi korrelyatsiyalar (assotsiatsiyalar) mavjudligi chuqur
o‘rganilmoqda (5-jadval).
50
4-jadval
HLA sistemasi antigenlari (BMT, 1980)
HLA-A
HLA-B
HLA-B
HLA-D
A1
A2
A3
A9
A 10
A11
Aw19
Aw23 (9)
Aw24
(9)
A25 (10)
A26(10)
A28
A29
Aw30
Aw31
A
W
32
AwZZ
Aw34
Aw36
Aw43
B5
B7
B8
B 12
B13
B14
B15
Bw16
B17
B18
Bw21
B
W
22
Bw27
Bw35
B 37
Bw38 (w16)
Bw39 (w16)
B40
Bw41
Bw42
Bw44(12)
Bw45(12)
Bw46
Bw47
Bw48
Bw49 (w16)
Bw50 (w16)
Bw51 (5)
Bw52
Bw53
Bw54(w22)
Bw55 (w-22)
Bw 56 (w-22)
Bw 57 (w-17)
B
W
58
(
W
-17)
Bw59
Bw60 (40)
Bw61 (40)
Bw62 (15)
Bw6Z (15)
Bw4
Bw6
HLA-C
Cwl
Cw2
C
W
Z
Cw4
Cw5
Cw 6
Cw7
Cw8
Dw.1
Dw2
DwZ
Dw4
Dw 5
Dw 6
Dw7
Dw8
Dw9
Dw10
Dw11
Dw 12
HLA-DR
Dw1/
Dw2
Dw3
Dw4
Dw5
Dw6
Dw7
Dw8
Dw9
Dw10
51
21-rasm. 6-xromosomada HLA genlarining joylashishini ifodalovchi sxema.
Hozirgi paytda immunogenetiklar ma`lum HLA izoantigenlari bo‘lganda ayrim
qasalliklar rivojlanishining nisbiy xatari foizini hisoblab chiqishdi. Masalan HLA - B37
mavjud bo‘lsa yuvenil artrit xatari 5,4% ga, HLA - B8, HLA - DKZ, HLA - DK4 mavjud
bo‘lsa, qandli diabet xatari 33,0%ga tengligi aniqlandi.
Ayrim antigenlar bo‘lganda yomon sifatli o‘sma kasalliklari xatari yuqori bo‘lishligi
to‘g‘risida talaygina ma`lumotlar to‘plandi. HLA - tizimi ba`zan protektor ahamiyatga ega
bo‘lishi to‘g‘risida qiziqarli ma`lumotlar bor. Masalan, yaponlar populyatsiyasida HLA
- B15 qandli diabetga rezistentlikka olib kelishi mumkinliga aniqlangan. Shunday qilib,
HLA tizimini o‘rganishda diagnostik maqsadlarda, har xil irsiy kasalliklar nisbiy xatari
foizini, ularning qanday kechishini aniqlashda keng foydalaniladi. Immunogenetika
usuli antropologik tekshirishlarda odam populyatsiyalarining bir xilligi va
polimorfizmini aniqlashda ham foydalaniladi. HLA tizimi to‘g‘risidagi ma`lumotlar
Yevropa mamlakatlari aholisini o‘rganish natijasida olingan bo‘lib, umuman hamma
insoniyat populyatsiyalariga ham asosan to‘g‘ri keladi. Lekin ayrim HLA-genlarning
tarqalish chastotasi har xil etnik guruhlarda, populyatsiyalarda ancha farq qilishi mumkin.
Yevropoid va mongoloidlarda har ikkita shaxsdan birida HLA-A2 antigeni mavjud, ammo
negroidlarda bu antigen 2 marta kamroq uchraydi. HLA-A3 har to‘rtta yevropoiddan
bittasida mongoloidlarda esa 100 tadan bittasida uchraydi. HLA-A23, HLA-A30, HLA-B42,
HLA-B58 faqat negroidlarda uchrashi, A24, AZZ, B52 faqat mongoloidlarda, A1-B9 —
faqat yevropoidlarda uchrashi to‘g‘risida ma`lumotlar bor (6-jadval).
5-jadval
52
Kasalliklarning HLA-genlari bilan bog’lanishi
(J.Dosse bo’yicha, 1980)
Kasalliklar
Chastota
HLA
Kasalliklar
Nazorat
Nisbiy
xatar
Xodjikin kasalligi
A1
40
32,0
1,4
Infektsion artritlar
B27
60
10,0
18,0
Buyrak usti
bezitug‘ma
giperplaziyasi
B47
9
0,6
15,4
Ankilozlashtiruvchi
spondilit
B27
90
9,4
87,4
Reyter kasalligi
B27
79
9,4
37,0
O‘tkir iridotsiklit
B27
52
9,4
10,4
Tireoidit
B35
70
14,6
13,7
Psoriaz
C w 6
87
33,1
13,3
Gerpetiform dermatit
D/DR3
85
26,3
15,4
Sik sindromi
D/DR3
78
26,3
9,7
Addison idiopatik
kasalligi
D/DR3
69
26,3
6,3
Greyves kasalligi
D/DR3
57
26,3
3,7
Insulinga bog‘liq
diabet
D/DR3
D/DR4
D/DR2
56
75
10
28,2
32,2
30,5
3,3
6,4
0,2
Gravis miasteniyasi
D/DR3
B8
50
47
28,2
24,6
2,5
2,7
Tizimli qizil
volchanka
D/DR3
70
28,2
5,8
Idiopatik membrana
nefropatiyasi
D/DR3
75
20,0
12,0
Skleroz
D/DR2
59
25,8
4,1
Ko‘rish nevriti
D/DR2
46
25,8
2,4
Gudpascher sindromi
D/DR2
88
32,0
15,9
Revmatoid artrit
D/DR4
50
19,4
4,2
Pemfigus
D/DR4
87
32,1
14,1
A nefropatiyasi
D/DR4
49
19,5
4,0
Xasimoto tireoiditi
D/DR5
19
6,9
3,2
Pernitsiozli anemiya
D/DR5
25
5,8
5,4
53
6
- jadval
Dostları ilə paylaş: |